Dars etaplari
|
Ajratilgan vaqt
|
1
|
Tashkiliy qism
|
5
|
2
|
Takrorlash
|
10
|
3
|
Yangi mavzu bayoni
|
8
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
17
|
5
|
O`quvchilarni baholash
|
3
|
6
|
Uyga vazifa
|
2
|
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism
1) salomlashish; 4) yangiliklar;
2) davomat; 5) uyga vazifa.
3) navbatchi hisoboti;
Dars shiori: Kitobdan yaxshiroq do’st yo’q jahonda,
G’amxo’ring bo’lgay u g’amli zamonda.
Sinf uch guruhga bo’lingan 1.Kitobxonlar2.Adabiyotshunoslar3.Bilimdonlar
(Guruhlar nomlari hamda shiorlarini aytib izohlaydilar)
Har bir guruh nomi daraxtlarda berilgan va guruhlar O’zbekiston iqlimida yetishuvchi foydali xususiyatga ega bo’lgan mevalar olma ,anor, nok bilan baholanadi, har bir o’quvchi esa 1 balli kartochkalar bilan baholanadi.
O`tilgаn mаvzu so’raladi va mustаhkаmlаnаdi
X. To’xtaboyevning”Sariq devni minib “asari matni va timsollari ustida ishlash.
Uyga vazifa: Asar bo’yicha sahna ko’rinishi tayyorlash-
Har bir guruh o’z sahna asarini namoyish qiladi.
2.5daqiqadan oshmasiligi kerak.
Ungacha har bir guruh o’zi tayyorlagan krosswordni boshqa guruhlar bilab almashtirib ishlaydi va birgalikda tekshiriladilar.
O’tilgan mavzuni xulosalash ”Aqliy hujum” ya’ni tezkor savol –javob orqali mustahkamlanadi.
Yangi mаvzu slayd asosida
Mashhur italyan bolalar yozuvchisi Janni Rodari (1920-1980) ijodi, mana, yarim asrdirki, jahon bolalariga quvonch ulashib kelmoqda. Ularni hayotni sevishga, ardoqlashga da'vat etmoqda, halol, komil inson bo‘lib yetishish yo‘lida tarbiyachi vazifasini o‘tamoqda. Janni Rodarining ertaklari o‘zbek tiliga ham o‘girilgan, uning g‘aroyib ijod olamidan bizning bir necha avlod bolalari ham bahramand bo‘lishgan. "Quvnoq she'rlar kitobi", "Chipollinoning boshidan kechirganlari" "Moviy o‘q sarguzashtlari", "Jelsomino Yolg‘onchilar mamlakatida", "Telefonda aytilgan ertaklar" kabi kitoblar allaqachon jahon bolalar adabiyoti durdonalariga aylangan. Janni Rodari nafaqat shoir, yozuvchigina emas, balki ajoyib pedagog, katta harflar bilan yoziluvchi USTOZ ham edi. U jahon adabiyoti muxlislari tomonidan e'tirof etilgan, faxrli xalqaro Xans Xristian Andersen mukofoti sohibi ham bo‘lgan.
Janni Rodari ijodiyotning o‘ziga xos qoida-yu qonuniyatlarini, "xayolot grammatikasi"ni ishlab chiqishni orzu qilgan ediki, bu usul yordamida o‘zida ijodiy imkoniyatlarni his qilgan har qanday kishi rassom, yozuvchi, san'atkor, ijodkor bo‘lishi mumkin edi. Janni Rodari atoqli bolalar yozuvchisi, shoiri bo‘libgina qolmasdan, balki katta jurnalist, olim, jamoat arbobi ham edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |