2.2.Bolalar nutqiga sifaddosh shakillarni kiritish.
Bu yoshdagi bolalarga nutqda sifatdoshlarni qo’llashni o’rgatish ular nutqini rivojlantirishga doir ishlarning ikkinchi yo’nalishi bo’lishi mumkin.
Bolalar nutqiga sifatdosh shakllarni kiritish uchun bolalar, kattalar, xayvonlar, qushlarning turli harakatlarini tasvirlovchi suratlardan foydalanish mumkin (o’qiyotgan bola, raqs tushayotgan qiz, yugurayotgan quyon va x.k.).
Bolalar surat asosida gap tuzadilar: «Bola o’qiyapti». Tarbiyachi o’qiyotgan bola so’z birikmasini tuzishga yordam beradi. Tarbiyachi so’z birikmasidagi sifatdoshni aytadi, so’ngra bolalardan so’raydi: «Qaysi bola?» - «O’qiyotgan bola».Mashg’ulot uchun eng ko’p qo’llaniladigan fe’llami olish va ulardan xozirgi zamondagi xaqiqiy sifatdoshlarni hosil qilish darker. Bolalarga hech qanday atamalar ma’lum qilinmasligi kerak, bunda ularning ayrim sifatdoshlarni esda saklab qolishlari va zarur bo’lganda ularni o’z nutqiga qo’sha olishlari juda muhimdir.
Klaster metodi:
Mashg’ulotlarida, badiiy adabiyotni o’qish jarayonida o’tkazilishi mumkin. Bunda quyidagi usullardan foydalanish mumkin:
Predmetni, uning belgilarini ko’rsatish va nomini aytishni ularning mohiyatini ochib beradigan izoxlar bilan birgalikda amalga oshirish lozim. Masalan, tushayotgan barg so’z birikmasida - bu tushayotgan bargdir. Bolalarga tanishtiriladigan sifatdoshlarni yaxshisi, oldin alohida-alohida, keyin jo’r bo’lib aytgan ma’qul.Muayyan so’zning hosil bo’lishini tushuntirib berish: «chizayotgan» so’zi chizmoq so’zidan, «raqsga tushayotgan» so’zi raqsga tushmoq so’zidan.Sifatdoshga savollar qo’yish: «Dala qanday, sarg’ayayaptimi?» - «Sarg’ayayapti».Ot va sifatdoshdan iborat bo’lgan so’z birikmasi asosida gap tuzish: sarg’ayayotgan barglar - «Olmaning sarg’ayayotgan barglari ko’rinib turibdi»; g’irillayotgan samolyot - «g’irillayotgan samolyot shahar ustidan uchib o’tdi» va x.k.
Agarda o’qilayotgan asar matnida sifatdosh uchrasa, bolalarning uni hikoya qilib berishida mazkur sifatdoshni unga taalluqli bo’lgan otlar bilan birgalikda qo’llashlariga, tarbiyachi savol berganida esa ushbu sifatdosh hosil bo’lgan fe’l nomini ayta olishlariga e’tibor berish juda muhimdir.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalarga mustaqil hikoya-tavsiflar (o’yinlar, narsalar bo’yicha) yoki syujetli suratlar turkumi asosida hikoyalar tuzishni o’rgatish maqsadida nutqni rivojlantirishga doir maxsus ishlarni o’tkazishda tarbiyachi bolalarning o’zlariga ma’lum bo’lgan barcha grammatik shakllarni qo’llashlariga erishishi lozim: otlarning kelishik shakli va sifatlar, sifatlar to’liq va qisqa shaklda, sifatlarni taqqoslash darajalari (yuqori, baland, eng baland); fe’llarning tuslanadigan shakllari; eng keng tarqalgan ravishlar (o’ngga, chapga, oldinga, orqaga, bu yerda, anavi yerda, yuqorida, pastda, yaxshi, tez), xozirgi zamon xaqiqiy sifatdoshlari; old ko’makchilar va bog’lovchilar.
Bolalar nutqining sintaktik qatorini rivojlantirar ekan, tarbiyachi bolalarning oddiy gaplarni, bir xil a’zoli, gaplarni tuzish, qo’shma gaplarni to’g’ri tuzishlariga e’tiborni qaratishi lozim. Faqat yuqorida ko’rsatib o’tilgan barcha grammatik shakllarni o’zlashtirgan takdirdagina bola maktabda o’qishga yaxshi tayyorlangan bo’ladi.
XULOSALAR:
Bolalarning so’z ijodkorligi - qoidalar, umumlashtirmalar, obrazli munosabatlar harakatlarini shakllantirish jarayonining yaqqol ko’rinishidir.
Grammatik elementlarni egallash jarayoni ko’rgazmali tasavvurni shakllantirish asosida ro’y beradi va u bir nechta bosqichlarga ega.
Bugungi kun lingvistikasining asosiy vazifalaridan biri - son-sanoqsiz gaplarni tuzish hamda ularni tushunish qobiliyatini rivojlantirish tabiati va mexanizmini tushunishdan iboratdir.Bola kattalar tilining kategoriyalar tizimiga amal qilmaydi, aksincha u o’zining «individual» til tizimining ichidagi vazifaviy xususiyatlariga asoslangan o’z so’zlari kategoriyasini yaratadi.
Tilni rivojlantirishning mohiyati (lug’at to’plash bilan parallel ravishda) shundan iboratki, toki o’rganayotgan bola ko’p sonli yangi fikrlar talqinini yaratish uchun qoidalar tizimini egallab olsin.Ona tilining grammatik ahamiyatlari ma’nosini tushunish - o’sib borayotgan insonning aqli shakllanayotgani va rivojlanayotganidan dalolat beradi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqidagi grammatik xatoliklar grammatik ahamiyatni o’zlashtirish jarayoni normal holatda davom etayotganligidan, bolaning o’z ona tilida grammatik ahamiyat mavjudligi haqidagi g’oyani o’zlashtirib olganidan va mazkur ahamiyatni u atrofdagi kattalarning pedagogik qobiliyatidan kelib chiqqan holda egallab olayotganidan dalolat beradi.Nutqni rivojlantirishga doir mashqlar - ya’ni, nutqiy grammatik modellarni mustahkamlashga doir mashqlar boshqa ishlar (kitob o’qish, rasm chizish, o’yin o’ynash va boshq.) bilan birgalikda bajarilishi lozim.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalarga syujetli suratlar asosida mustaqil ravishda hikoyalar tuzishni o’rgatish maqsadida nutqni rivojlantirishga doir maxsus ishlarni o’tkazishda tarbiyachi bolalarning o’zlariga ma’lum bo’lgan barcha grammatik shakllarni qo’llashlariga erishishi lozim.
Faqat barcha grammatik shakllami o’zlashtirgan taqdirdagina bola maktabda o’qishga yaxshi tayyorlangan bo’ladi.Bolalarning so’z ijodkorligi - qoidalar, umumlashtirmalar, obrazli munosabatlar harakatlarini shakllantirish jarayonining yaqqol ko’rinishidir.Grammatik elementlarni egallash jarayoni ko’rgazmali tasavvurni shakllantirish asosida ro’y beradi va u bir nechta bosqichlarga ega.Bugungi kun lingvistikasining asosiy vazifalaridan biri - son-sanoqsiz gaplarni tuzish hamda ularni tushunish qobiliyatini rivojlantirish tabiati va mexanizmini tushunishdan iboratdir.Bola kattalar tilining kategoriyalar tizimiga amal qilmaydi, aksincha u o’zining «individual» til tizimining ichidagi vazifaviy xususiyatlariga asoslangan o’z so’zlari kategoriyasini yaratadi.Tilni rivojlantirishning mohiyati (lug’at to’plash bilan parallel ravishda) shundan iboratki, toki o’rganayotgan bola ko’p sonli yangi fikrlar talqinini yaratish uchun qoidalar tizimini egallab olsin.
Ona tilining grammatik ahamiyatlari ma’nosini tushunish - o’sib borayotgan insonning aqli shakllanayotgani va rivojlanayotganidan dalolat beradi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqidagi grammatik xatoliklar grammatik ahamiyatni o’zlashtirish jarayoni normal holatda davom etayotganligidan, bolaning o’z ona tilida grammatik ahamiyat mavjudligi haqidagi g’oyani o’zlashtirib olganidan va mazkur ahamiyatni u atrofdagi kattalarning pedagogik qobiliyatidan kelib chiqqan holda egallab olayotganidan dalolat beradi.Nutqni rivojlantirishga doir mashqlar - ya’ni, nutqiy grammatik modellarni mustahkamlashga doir mashqlar boshqa ishlar (kitob o’qish, rasm chizish, o’yin o’ynash va boshq.) bilan birgalikda bajarilishi lozim.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalarga syujetli suratlar asosida mustaqil ravishda hikoyalar tuzishni o’rgatish maqsadida nutqni rivojlantirishga doir maxsus ishlarni o’tkazishda tarbiyachi bolalarning o’zlariga ma’lum bo’lgan barcha grammatik shakllarni qo’llashlariga erishishi lozim.
Faqat barcha grammatik shakllami o’zlashtirgan taqdirdagina bola maktabda o’qishga yaxshi tayyorlangan bo’ladi.
NAZORAT SAVOLLARI:
Boladagi mavjud qoidalarning shakllanganligi va barqarorligini qanday qilib tekshirish mumkin?
Bolalar so’z ijodkorligi nimani bildiradi?
So’z ijodkorligining psixofiziologik negizini nima tashkil qiladi?
Bolaning ona tili sintaksisini egallash jarayoni qanday amalga oshadi?
Bolalar nutqida qanday fikr bildirish turlari ajratilgan?
Bolaning til tizimini egallash, til qobiliyatlariga ega bo’lish jarayonining asosini nima tashkil qiladi?
Maktabgacha ta’lim muassasasida pedagog oldida grammatika sohasida qanday vazifalar turibdi?
Ularning har birini tavsiflab bering.Maktabgacha yoshdagi bolaning grammatik xatoliklari nimadan dalolat beradi?
Bolalar nutqidagi Grammatik xatoliklarning asosiy xususiyatlari nimalardan iborat?
Bolalarning suffikslar, prefikslar, so’z qo’shimchalarining Grammatik ahamiyatini qay darajada tushunishlaridan dalolat beruvchi grammatik xatoliklariga misollar keltiring. Tarbiyachi bolalar nutqidagi grammatik xatoliklarni qanday qilib tuzatishi mumkin?
Uch-to’rt yoshli bolalar nutqining asosiy grammatik belgilarini aytib bering.
Uch-to’rt yoshli bolalar nutqining grammatik qatori ustidagi ishlarni nimalardan boshlash zarur?
Besh-olti yoshli bolalar nutqini grammatika nuqtai-nazaridan tavsiflang.
Besh-olti yoshli bolalar o’z nutqida qaysi asosiy sintaktik munosabatlarni aks ettirishlari mumkin?
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati
Edited by N.F. McGinn and E.H.Epstein Comparative Perspectives on the Role of Education in Democratization Frankfurt am Main; Berlin; Nev York; Lang, 1999
R.M.Qodirova. O’zbekiston bolalar bog'chalari va maktablarida bolalarga 5-6 yoshdan boshlab rus tilida dialogik nutqni o’rgatish. T., “O’qituvchi”1993.
F.R.Qodirova. Maktabgacha yoshdagi rusiyzabon bolalarni o'zbekcha so'zlashishga o'rgatish. T., “O'qituvchi” 1993
R.M.Qodirova. Maktabgacha yoshdagi bolalarda dialogik nutqni rivojlantirishning ruhiy omillari. Qoz.,Sariog’och, 1998.
F.R.Qodirova. R.M Qodirova. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ikkinchi tilni o'rgatish metodikasi. T., “Sano-standart”, 2004.
F.R.Qodirova. R.M Qodirova. “Bolalar nutqini rivojlantirish nazariyasi va metodikasi”. T., “Istiqlol”, 2006.
Babayeva D.R. “Nutq o'stirish metodikasi” T.: TDPU 2016-yil. O'quv qo'llanma
Do'stlaringiz bilan baham: |