Кодиров Валижон Абдураҳманович 16.09.1963
Mahliyo Ismoilova
Bugungi kun yoshlari davr bilan hamnafas shakllanib bormoqda. ULAR romantik emas, hayotga reallik bilan yondashadilar. Ularga vaqtida hisob- kitob, aniqlik kerak va yana har bir qilgan harakatlari uchun ulushlarini olib borishni istaydilar. O‘quvchilarning mana shunday jihatlarini hisobga olgan holda o‘zim uchun izlanib " Kavrid" deb nomlangan bir usulni o‘ylab topdim. USHBU usulnj darsda qo‘llashdan oldin har bir jihatini o‘quvchilar shaxsida tahlil qildim. O‘quvchilarning har bir harakati uchun imtiyoz bersam, ular keyinchalik faqat imtiyoz uchun harakat qilib ilm olish ikkinchi darajagai o‘tib qolmasligini inobatga olib 5 ta shart bilan "o‘rab" qo‘ydim(kavrid- inglizcha o‘ralgan ma‘nosida). O‘quvchi bu imtiyozga bilsa, harakat qilsagina erisha oladi. Mazkur usulni 2014-2015 o‘quv yilida darsga tadbiq etdim. O‘z ish tajribamdan kelib chiqqan holda bu usul sezilarli nafija berganga o‘xshadi.Avvalo, meni quvontirgan narsa shu bo‘ldiki, o‘quvchilarning qalbida ona tili va adabiyot faniga e‘tibor kuchaydi, qiziqisha boshladi.Ularning ko‘zida porlab turgan uyg‘oqlik meni ham darsga ruhlantirdi. Ularni e‘tiborsizlik kasaliga chalinib qolmasliklari uchun o‘z vaqtida mukofotlab bordim.Shu bois, sinf o‘quvchilarj ichidan eng zukko, epchil shu bilan birga sinfdoshlari ishonchinj qozona olgan o‘quvchi tanlab olinadi. BU o‘quvchi alohida katta daftar tutganj holda o‘quvchilarning ismi familiyasini sinf jurnali asosida yozib oladi. O‘quvchilar 5 ta yo‘nalish bo‘yicha ushbu daftarga baholanib boriladi:
1. Uy vazifasi uchun 1baldan 2balgacha
2.Yangi she‘r aytgani uchun 1 ball
3. Savol bergani uchun 1 ball
4. Jvob bergani uchun 1 ball
5. Qo‘shimcha topshiriq bajargani uchun 1 ball.
Yuqoridagilardan uy vazifasi shartida hamma o‘quvchi qamrab olinadi.Qolgan shartlarda o‘quvchi faolligi inobatga olinadi.
2 shart bo‘yicha har bir darsda aytilgan yangi she‘r ularning izlanuvchanligini oshirib badiiy ifodaviy o‘stiradi. O‘quvchi uchun yana bir qulay tomoni ilmiy jihatdan passiv o‘quvchi ham 2 yo‘nalish bo‘yicha ball olishi mumkin.
Dars davomida o‘quvchi o‘zini necha ball to‘plaganini bilib boradi. Har bir o‘quvchini 5 yo‘nalishga qatnashuvi ekspert o‘quvchi tomonidan o‘zining jurnaliga qo‘yib boriladi. Dars so‘nggida ekspert o‘quvchi bilan o‘quvchining shaxsiy jamg‘armasi solishtiriladi va o‘sha ball kundalikka qo‘yiladi.Natija shuni ko‘rsatdiki, o‘quvchilar o‘rtasida sog‘lom raqobat kuchaydi va uy vazifasini qilish mas‘uliyati ortib bordi.Eng muhim tomoni o‘quvchining har bir harakati zoya ketmaydi.
Har bir darsda to‘plangan ballar haftalik tarzida haftaning shanba kuni e‘lon qilinadi. Bunda 5 imtiyozli o‘rin mavjud bo‘lib , eng yuqori baldan quyiga qarab tushib boriladi. Misol uchun eng yuqori ball 26 bo‘lsa bunaqa baldan 3 kishi to‘plagan
Do'stlaringiz bilan baham: |