3.5, 4.1-4.5
20 Planimetriya
2.1
1.1-1.9, 2.1-2.5, 3.2-
3.5, 4.1-4.5, 5.1-5.4
2
21 Planimetriya
2.1
1.1-1.9, 2.1-2.5, 3.2-
3.5, 4.1-4.5, 5.1-6.4
3
22 Stereometriya
2.2
1.1-1.9, 2.1-2.5, 3.1-
3.5, 4.1-4.5, 5.1-5.4
2
23 Stereometriya
2.2
1.1-1.9, 2.1-2.5, 3.1-
3.5, 4.1-4.5, 5.1-6.4
3
24 Koordinatalar va vektorlar
2.3
1.1-1.9, 2.1-2.5, 3.1-
3.5, 4.1-4.5, 5.1-5.4
2
25 To‘plam, mantiqiy amallar,
kombinatorika va ehtimollar
nazariyasi
3.1
1.1-1.10, 2.1-2.5,
5.1-5.4
2
2019-yilda oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul test sinovini o‘tkazish
uchun informatika va axborot texnologiyalari fani mazmuni tarkibi va
abituriyentlar tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar kodifikatori
Oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga kiruvchilar uchun (umumiy o‘rta
ta’limning informatika hamda o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limining informatika va
axborot texnologiyalari fanlarini o‘z ichiga olgan, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil
6-apreldagi 187-sonli qaroriga ko‘ra fan informatika va axborot texnologiyalari deb
nomlangan) informatika va axborot texnologiyalari fani bo‘yicha qabul test
sinovlarini o‘tkazish uchun fan mazmuni tarkibi va abituriyentlar tayyorgarligi
darajasiga qo‘yiladigan talablar kodifikatori (keyingi o‘rinlarda kodifikator) qabul
test savollari tuzilmasi va mazmunini belgilovchi hujjatlardan biridir. U umumiy o‘rta
ta’lim va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limining Davlat ta’lim standartlari va
informatika va axborot texnologiyalari fani bo‘yicha o‘quv dasturlari asosida
tuzilgan.
Kodifikatorga test topshiriqlari doirasida o‘quvchilarning ko‘nikma va
malakalarini sinovdan o‘tkazish imkoniyati bo‘lmagan mazmunning qismlari
qo‘shilmagan: bevosita kompyuter orqali sinaladigan ko‘nikma va malakalar.
Bo‘lim
kodi
Nazorat
qilinayotgan
bo‘lim
qismlari
kodi
Test sinovlarida tekshiriladigan fan mazmuni tarkibi
1
Kompyuterning arifmetik va mantiqiy asosi.
1
Kompyuterning arifmetik va mantiqiy asosi.
1.1
Sanoq sistemalari haqida: tarixiy ma’lumotlar, sanoq
sistemalari turlari, sanoq sistemasi asosi, raqam va son
tushunchalari; pozitsiyali va pozitsiyali bo‘lmagan sanoq
sistemalari; pozitsiyali sanoq sistemasida sonning ixcham
va yoyiq ko‘rinishi, Al-Xorazmiy haqida qisqacha
ma’lumot; triada, tetrada haqida tushuncha.
1.2
Pozitsiyali sanoq sistemasida arifmetik amallar: qo‘shish,
ayirish va ko‘paytirish amallari; arifmetik ifodalar qiymatini
hisoblash.
1.3
Bir sanoq sistemasidagi sonlarni boshqa sanoq sistemasida
tasvirlash: bir sanoq sistemasidagi butun sonni o‘nlik sanoq
sistemasida tasvirlash; o‘nlik sanoq sistemasidagi butun
sonni boshqa sanoq sistemasida tasvirlash; triada, tetrada
kodlash jadvallaridan foydalanish.
1.4
Mantiqiy amallar: mantiq, mantiq faninig obyekti; sodda
mulohazalar; mantiqiy ko‘paytirish, mantiqiy qo‘shish,
mantiqiy inkor amali.
1.5
Mantiqiy elementlar: signal, mantiqiy sxemalar: mos
tushish, yig‘uvchi, invertor.