Geometrik shakllar, koordinatalar va vektorlar ustida amallarni bajarishni
bilish va tushunish.
4.1
Geometrik miqdor (uzunlik, burchak, yuza) larni topishga doir planimetriya
masalalarini yecha oladi. Eng sodda geometrik shakllarni tushuna oladi va ularga
doir misollarni yecha oladi. Uchburchaklarning turlari, elementlari, xossalarini biladi
va tegishli misollar yecha oladi. Uchburchakning tomonlari, perpendikularlari, bis-
sektrisalari, balandliklari, medianalari va ularning xossalariga doir misollarni yecha
oladi. Tekislikda ikkita to‘g‘ri chiziqlarni o‘zaro joylashish vaziyatlarini tushuna
oladi va ularga doir misollarni yecha oladi.
Ko‘pburchaklar, qavariq ko‘pburchaklar, uchburchak, parallelogram, to‘g‘ri
to‘rtburchak, romb, kvadrat, trapetsiyalarning xossalarini biladi va ularga doir misol-
larni yecha oladi, yuzasini hisoblay oladi. Fales teoremasining tatbiqlariga doir ma-
salalarni yecha oladi. Pifagor teoremasi, sinuslar teoremasi, kosinuslar teoremalarini
misollarda qo‘llay oladi. Ko‘pburchaklarning o‘xshashligini biladi va unga doir mi-
sollarni yecha oladi. O‘xshash uchburchaklar va ularning xossalarini biladi.
O‘xshashlik alomatlarining masalalarga tatbiq qila oladi.
4.2
Aylana va yoyi uzunligini hisoblay oladi. Doira va doira bo‘laklarining yuzini
hisoblay oladi. Aylanadagi metrik munosabatlar, aylanadagi ichki chizilgan burchak-
lar, to‘g‘ri chiziq va aylananing o‘zaro joylashishlari, ikkita aylananing o‘zaro joy-
lashishlari xossalarini biladi va ularga doir misollarni yecha oladi. Aylanaga ichki va
tashqi chizilgan to‘rtburchaklar, aylanaga tashqi va ichki chizilgan ko‘pburchaklar,
aylanaga tashqi va ichki chizilgan uchburchaklar xossalarini biladi va ularga doir
masallarni yecha oladi.
4.3
Stereometriya masalalarini yechishda planimetriya usullaridan foydalana oladi
va geometrik miqdor (uzunlik, burchak, yuza, hajm) larni topishga doir
stereometriya masalalarini yecha oladi.
4.4
Fazodagi to‘g‘ri chiziqlar va tekisliklar doir misollarni yecha oladi. Ko‘pyoqlar va
ularning sodda kesimlariga mos misollarni yecha oladi. Fazoda tekislik va to‘g‘ri
chiziqning o‘zaro joylashuviga doir misollarni yecha oladi. Fazoda ikki tekislikning
o‘zaro joylashuviga doir misollarni yecha oladi. Fazoda perpendikular, og‘ma va
proyeksiyaga doir misollarni yecha oladi. Fazoda tekisliklarning perpendikularligiga
doir misollarni yecha oladi. Fazoviy geometrik shakllar: ko‘pyoqlar, prizma, piramida
va ularning elementlariga doir misollarni yecha oladi. Ikkiyoqli burchaklar, ko‘pyoqli
burchaklarga doir misollarni yecha oladi. Qavariq ko‘pyoqlarga doir misollarni yecha
oladi. Qavariq ko‘pyoqlar uchun Eyler teoremasi va uning natijalariga doir misollarni
yecha oladi. Muntazam ko‘pyoqlarga doir misollarni yecha oladi. To‘g‘ri va og‘ma
prizmalar doir misollarni yecha oladi. Qavariq ko‘pyoqning diagonallari soni
tomonlari soniga bog’liqligiga doir misollarni yecha oladi.
Prizma, uning turlari va kesimlarini biladi. prizmaning yon sirti, to‘la sirti va
hajmini hisoblaydi. Prizma yoyilmasi va unga doir masalalarni yecha oladi. Silindr,
uning elementlari va kesimlarini biladi. Silindrning yon sirti va to‘la sirtini hisoblay
oladi. Silindr yoyilmasi va uni yasashga doir masalalarni yecha oladi. prizmaga ichki
va tashqi chizilgan silindrlarni tasavvur qiladi va ularga doir masalalarni yechadi.
Silindrning hajmini hisoblaydi.
Piramida, uning turlari va kesimlari, muntazam piramidaning xossalaridan
foydalana oladi. Piramidaning yon sirti, to‘la sirti va hajmini hisoblay oladi. Piramida
yoyilmasi va unga doir masalalarni yecha oladi. Piramidaga ichki va tashqi chizilgan
sferalarga doir masalalarni yecha oladi.
Konus, kesik konus, ularning elementlari va kesimlarini biladi. Konus va kesik
konusning yon sirti va to‘la sirti yuzasini topa oladi. Konus yoyilmasi va uni yasashni
bajara oladi. Piramidaga ichki va tashqi chizilgan konuslarni tasavvur qila oladi va
ularga doir masalalarni yecha oladi, konusning hajmini topa oladi. Konusga ichki va
tashqi chizilgan sferalarga doir masalalarni yecha oladi.
Sfera, uning elementlari va kesimlari biladi. Sferaning sirti, sferik segment va
kamarning sirtini topa oladi. Shar, uning elementlari va kesimlarini tasavvur qiladi va
ularga doir masalalarni yecha oladi. Sharga ichki va tashqi chizilgan ko‘pyoqliklar,
konuslar va silindrlarga doir bilimlarga ega bo’lib, ularga doir masalalarni yecha
oladi. Sharning hajmi, shar sigmenti, sektori va qatlamining hajmini topadi.
Muntazam ko‘pyoqliklar va ularning turlarini biladi. Sharga tashqi chizilgan
ko‘pyoqlikning hajmini hisoblaydi. Muntazam ko‘pyoqliklarning yoyilmalari,
kesimlari va ularga doir masalalarni yechadi.
O‘zlashtirilgan bilim va ko‘nikmalar asosida amaliy masalarni yecha oladi.
Fazoviy geometrik shakllar (jismlar), ikki yoqli va ko‘pyoqli burchaklar, ko‘p
yoqliklar, prizma, parallelepiped, to‘g‘ri burchakli parallelepiped, piramida va
ularning elementlari, ba’zi ko‘p yoqliklarning yon sirti va to‘la sirtini hisoblash
formulalaridan foydalana oladi.
Kesishuvchi, parallel va ayqash to‘g‘ri chiziqlar, kesishuvchi va parallel
tekisliklar, fazodagi to‘g‘ri chiziq va tekisliklarning xossalarini biladi va masalarni
yecha oladi. Ko‘pyoqliklarning kesimlarini va yoyilmalarini biladi, ularga doir
masalalarni yecha oladi.
Fazoda ikki to‘g‘ri chiziqning o‘zaro joylashuvi, fazoda tekislik va to‘g‘ri
chiziqning o‘zaro joylashuvi, fazoda ikki tekislikning o‘zaro joylashuvlarini biladi.
Parallel to‘g‘ri chiziq va tekisliklarning xossalari, fazoviy jismlarni tekislikda
tasvirlay oladi va ularga doir masalalarni yecha oladi.
Fazoda to‘g‘ri chiziq va tekislikning perpendikularligi tushunchalari, perpendiku-
lar to‘g‘ri chiziq va tekisliklarning xossalarini biladi. Perpendikular va og‘maga doir
misolarni yecha oladi. Fazoda masofalarni aniqlash, nuqtadan to‘g‘ri chiziqqacha va
tekislikkacha bo‘lgan masofalarni hisoblay oladi, fazoda ortogonal proyeksiyani
tushunadi va ularga doir masalalarni yecha oladi.
4.5
Nuqtaning koordinatalarini aniqlash, vektorlar ustida amallarni bajarish,
vektorning koordinatalari va uzunligini, vektorlar orasidagi burchakni topishga doir
masalalarni yechadi. Fazoda dekart koordinatalari, ikki nuqta orasidagi masofa,
kesma o‘rtasining koordinatalariga doir masalalarni yechadi.
Fazoda simmetrik almashtirishlar: markaziy va o‘q simmetriya, tabiatda va
texnikada simmetriya, fazoda harakat va parallel ko‘chish, fazoviy jismlarning
o‘xshashligi, ikki to‘g‘ri chiziq, to‘g‘ri chiziq va tekislik, ikki tekislik orasidagi
burchaklarni biladi va ularga doir masalalarni yecha oladi. Ko‘pburchak ortogonal
proyeksiyasini biladi va ularga doir masalalarni yecha oladi. Fazoda vektorlar va ular
ustida amallarni bajaradi, vektorlarning skalyar ko‘paytmasi, vektor uzunligi va ikki
vektor orasidagi burchakni topadi.
5
Do'stlaringiz bilan baham: |