Qabul test sinovlarida tekshiriladigan bilim, ko‘nikma va malakalar
1
Hisoblash va almashtirishlar bajarishni bilish va tushunish.
1.1
Natural sonlar ustida arifmetik amallarni bajara oladi, qoldiqli bo‘lishga doir
misollarni yecha oladi, tub va murakkab sonlarni biladi va unga doir misollarni
yecha oladi.
Natural ko‘rsatkichli darajaning xossalarini biladi. Sonlarning bo‘linish belgilarini
biladi. Sonning bo‘luvchilari va karralilarini topadi. Natural sonlarni tub
ko‘paytuvchilarga ajrata oladi. Eng katta umumiy bo‘luvchini, o‘zaro tub sonlarni,
eng kichik umumiy karrali (bo‘linuvchi)ni topa oladi va ularga doir misollarni yecha
oladi. O‘rganilgan matematik tushunchalarni va qoidalarni tushungan holda tegishli
misollarni yecha oladi.
1.2
Ulushlarni biladi va unga doir misollarni yecha oladi. Kasrlarni taqqoslashni
biladi va unga doir misollarni yecha oladi. To‘g‘ri va noto‘g‘ri kasrlarni biladi va
unga doir misollarni yecha oladi. Kasrlarni umumiy maxrajga keltira oladi. Kasrlarni
qo‘shish va ayirishga doir misollarni yecha oladi. Aralash sonlarni qo‘shish va
ayirishga doir misollarni yecha oladi. Kasrlarni ko‘paytirish va bo‘lishga doir misol-
larni yecha oladi. Kasrning asosiy xossalarini biladi va unga doir misollarni yecha
oladi. Kasrlarni qisqartirishga doir misollarni yecha oladi. Sonning qismini topa
oladi. O‘zaro teskari sonlarni topa oladi. Qismiga ko‘ra sonning o‘zini topa oladi.
O‘nli kasrlarni biladi va unga doir misollarni yecha oladi. O‘nli kasrlarni
taqqoslay oladi. O‘nli kasrlar ustida amallarga doir misollarni yecha oladi. Sonning
taqribiy qiymatini berilgan aniqlikda hisoblay oladi. Sonlarni yaxlitlay oladi. O‘nli
kasrni
10
k
a
(bu yerda
1
10
a
,
k
– butun son) standart shaklda yoza oladi,
standart shakldagi sonlar ustida amallarni bajara oladi. Sonlarning o‘rta arifmetigini
topa oladi.
Musbat va manfiy sonlarga doir misollarni yecha oladi. Musbat va manfiy sonlarni
son o‘qida tasvirlashni biladi. Qarama-qarshi sonlarni topa oladi. Sonning modulini
topa oladi va unga doir misollarni yecha oladi. Sonlarni taqqoslay oladi. Butun sonlar
ustida amallarni bajara oladi. Miqdorlarning o‘zgarishini tushuna oladi.
Ratsional sonlar ustida amallarni bajara oladi. Davriy kasr, irratsional sonlar,
haqiqiy sonlar va ular ustida amallarni bajara oladi. O‘rganilgan matematik
tushunchalarni va qoidalarni bilgan holda tegishli misollarni yecha oladi.
1.3
Foizni tushunadi. Sodda foizlar, murakkab foizlarga oid masalalarni yecha oladi.
Amaliy vaziyatlarda ro‘y beradigan ayrim hodisalar va jarayonlarning modellarini
qura oladi va tahlil qila oladi.
Harakatga doir masalalarni yecha oladi. Matnli masalalarni yechishda turli
usullardan foydalana oladi. Proporsiyaning asosiy xossasilarini tatbiq qiladi. O‘zaro
teng nisbatlarni aniqlay oladi, sonni berilgan nisbatda bo‘la oladi, proporsiyalarni va
kasrlarni bir-biriga o‘tkaza oladi, proporsiyalarga oid amaliy va o‘quv masalalarni
yecha oladi. Nisbat va proporsiyani turli ko‘rinishlarda va modellarda tasvirlay oladi.
To‘g‘ri va teskari proporsional miqdorlar va uning xossasiga oid masalalarni yecha
oladi.
Masshtabga doir masalalarni yecha oladi. Jadvallar, diagrammalar bilan ishlay
oladi. O‘rganilgan matematik tushunchalarni va qoidalarni tushungan holda tegishli
misollarni yecha oladi.
1.4
Darajalar, ildiz(radikal)lar, ifodalarning yig‘indisi, ko‘paytmasi, butun
ko‘rsatkichli darajalar, ildizlarni o‘z ichiga olgan ifodalarni formulalar bo‘yicha aniq
va taqribiy arifmetik hisob-kitoblar hamda ayniy almashtirishlarni bajarib, amalda
qo‘llay oladi. Formulalar bo‘yicha aniq va taqribiy arifmetik hisob-kitoblarni va
ayniy almashtirishlarni bajara oladi. O‘rganilgan matematik tushunchalarni va
qoidalarni tushuna oladi, tegishli misollar keltira oladi. Sonlarning o‘rta arifmetik va
o‘rta geometrigini topa oladi.
Arfimetik kvadrat ildiz xossalarini bilish va ularga doir misollarni yecha oladi.
Butun ko‘rsatkichli daraja va uning xossalarini biladi. Arifmetik ildizning xosalarini
biladi va ularga doir misollarni yecha oladi. Ratsional va irratsional ko‘rsatkichli da-
rajalarni tushunadi, ularga doir misollarni yecha oladi. Sonni standart shaklga keltira
oladi.
10
Do'stlaringiz bilan baham: |