3.Uy-joy fondlari bo’yicha marketing tahlilni amalga oshirish.
Keyingi yillarda asosiy vazifasi barcha sohada mulkdorlar sinfini kengaytirish, xususiy korxonalar faoliyatini rag'batlantirish, investitsiyalarni hamda zamonaviy texnologiyalarni jalb qilgan holda ishlab chiqarishni rivojlantirish, ayniqsa raqobatbardosh mahsulotlarni ko'paytirishga qaratilgan xususiylashtirish jarayoni iqtisodiy taraqqiyotni ta'minlashning muhim yo'nalishlaridan biri sifatida saqlanib qolmoqda. Birgina o'tgan yilning o'zida bu borada ahamiyatga molik ko'plab ishlar amalga oshirildi.
Xususan, iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish, xususiy mulkning ulushi va ahamiyatini esa yanada kengaytirish maqsadida muayyan ishlar amalga oshirildi. Davlat mulki ob'ektlarini sotish, shu jumladan “nol” xarid qiymatida investitsiya majburiyati asosida berish, davlat ulushlarini aksiyadorlik jamiyatlari va xo'jalik boshqaruvi organlari ustav fondiga o'tkazish bo'yicha mamlakatimiz Prezidenti va hukumatining bir necha qarorlari qabul qilindi. Sohaga oid barcha hujjatlarning ijrosini ta'minlash maqsadida ko'rilgan choralar natijasida o'tgan yili 848 ta davlat aktivi 166.9 mlrd. so'mga 990,4 mlrd. so'm va 50,94 mln. dollarlik investitsiya majburiyati hamda 24 mingdan ziyod ish o'rni yaratish sharti bilan xususiy sektorga sotildi.
Masalan, Toshkent viloyatida 128 ta, Namangan viloyatida 108 ta, Farg'ona viloyatida 100 ta davlat aktivining sotilishiga erishildi. Bunday investitsion faollik ushbu hududlarga katta hajmdagi sarmoyalarni jalb qilish imkoniyatini bermoqda. Jumladan, Toshkent viloyatida sotilgan ob'ektlar negizida yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish uchun majburiyatni o'z zimmasiga olgan tadbirkorlar tomonidan 101,2 mlrd. so'm va 6,6 mln. dollarlik mablag' sarflanishi kutilmoqda.
570 ta davlat aktivi investorlarga “nol” xarid qiymatida va jami 971,5 mlrd. so'm va 49,34 mln. dollarlik investitsiya kiritish, shuningdek 23 mingdan ortiq yangi ish o'rni ochish majburiyati asosida berildi. Misol uchun, Buxoro viloyatida o'tgan yili tanlov asosida 15 ta yirik majmua 83,4 mlrd. so'mdan ziyod investitsiya kiritish va 6 ming 200 taga yaqin ish o'rni ochish sharti bilan tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan xususiylashtirib olindi. Mazkur ob'ektlarga ayniqsa, yangi texnologiyalarning olib kirilishi viloyat sanoat salohiyatini va yuqori qo'shimcha qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirishga xizmat qiladi.
Qo'mitaning Davlat aktivlarini sotishdan oldin tayyorlash va sotishni nazorat qilish boshqarmasi tomonidan olib borilgan monitoringga ko'ra, 2016 yilning 1 yanvar holati bo'yicha 794 ta davlat aktivi, jumladan, “nol” qiymatda sotiladigan 89 ta ob'ekt savdoda turibdi.
Ma'lumki, davlat ob'ektlarini xususiylashtirishni jadallashtirish maqsadida xususiy sektor uchun yaratilgan qulay sharoit va berilgan imtiyozlardan biri bu to'lov qiymatidagi ob'ektlarni boshlang'ich bahosini qadamba-qadam pasaytirish mexanizmining joriy qilingani hisoblanadi. Boshlangan yilning 1 yanvar holatiga qaraganda 320 ta davlat aktivi xuddi shu imkoniyatdan foydalanilgan holda sotilgan.
Shu o'rinda ta'kidlash joizki, xususiylashtirish bilan bog'liq har bir qabul qilingan hujjat bu yo'nalishdagi ishlarni yangi va o'ziga xos bosqichga ko'tarish ma'nosida dasturilamal bo'lib xizmat qilmoqda. Chunonchi, 2015 yil 28 apreldagi “Iqtisodiyotda xususiy mulkning ulushi va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarorida xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish, korxonalarning ustav kapitalidagi davlat ulushi va aktivlarini xususiy investorlarga, birinchi navbatda, xorijiy investorlarga sotish orqali xususiy mulkning darajasi va rolini tubdan oshirish va shu asosda ishlab chiqarishni modernizatsiyalash hamda texnologik yangilashni ta'minlash choralari belgilangan. Hisobot davrida mazkur qaror bilan tasdiqlangan keng qamrovli xususiylashtirish dasturining ijrosiga muhim e'tibor qaratildi. Strategik xorijiy investorlarga sotilishi ko'zda tutilgan 27 ta aksiyadorlik kompaniyasidan 25 tasining aksiya paketlari ommaviy savdolarga chiqarildi. Albatta bunda mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida targ'ibot ishlari kuchaytirildi. Qarorning ishlab chiqarishni yanada modernizatsiyalash, texnik qayta jihozlash, raqobatdosh mahsulotlar chiqarishni tashkillashtirish maqsadida oshkora savdolarda xususiy mulk egaligi sharti bilan xo'jalik boshqaruvi organlarining davlat aktivlari va ulushlarini, birinchi navbatda xorijiy investorlarga sotish yuzasidan muayyan ishlar amalga oshirildi. Ro'yxatga kirgan korxonalar bo'yicha 52 ta davlat aktivini sotishga erishildi. 149 ta korxona ustav fondidagi davlat aktivi va ulushi ommaviy savdolarda turibdi.
Ushbu qarorning alohida yo'nalishi bo'yicha 512 ta davlat mulki ob'ektlari, shu jumladan qurilishi tugallanmagan ob'ektlarini investitsiya majburiyatlarini qabul qilish sharti bilan “nol” xarid qiymatida tanlov asosida sotilishi yuzasidan tegishli ishlar olib borildi. Eng avvalo, ommaviy axborot vositalarida tender shartlari e'lon qilindi. O'tkazilgan tender savdolari natijasida 501 ta ob'ekt 921,27 mlrd. so'm va 36,72 mln. dollar hajmidagi investitsiya kiritish hamda 21 mingdan ziyod ish o'rni yaratish majburiyati bilan sotildi. Qolgan ob'ektlar bo'yicha tegishli choralar ko'rildi, xususan ularning 7 tasi ommaviy savdolarga chiqarilishi ko'zda tutilgan.
Prezidentimizning mazkur qarori birgina Andijon viloyatida o'tgan yili 77 ta davlat aktivini tadbirkorlik sub'ektlariga “nol” xarid qiymatida sotish, hududga 198 mlrd. so'm va 25,0 mln. AQSH dollari miqdorida investitsiya jalb qilish imkonini berdi. Oshkora savdolarda to'liq xususiy mulk qilib sotiladigan davlat mulkining 324 ta foydalanilmayotgan ob'ektlaridan 108 tasini sotishga muvaffaq bo'lindi. 200 tadan ziyod ob'ekt savdoda turibdi.
Hisobot davrida Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 15 iyuldagi “Zarar ko'rib ishlayotgan va iqtisodiy nochor, past rentabelli tashkilotlarning foydalanilmayotgan va ortiqcha ishlab chiqarish maydonlarini yanada optimizatsiya qilish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori ijrosini ta'minlashga e'tibor qaratildi. U bilan tasdiqlangan ro'yxatda 35 ta davlat aktivi ommaviy savdolarda sotilishi belgilangan bo'lib, shundan 12 ob'ekt o'z egasini topdi. Qolganlari bo'yicha o'rnatilgan tartibda tegishli choralar ko'rildi, 11 tasi esa savdoga qo'yilgan.
Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 31 maydagi Davlat mulki ob'ektlaridan kelgusida samarali foydalanish va ularni tasarruf etish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qaroridagi vazifalarni bajarish davom ettirildi. 116 ta ob'ekt 17,47 mlrd. so'mga 7,49 mlrd. so'mli investitsiya kiritish va 500 dan ziyod ish o'rni yaratish majburiyati bilan sotildi. 47 ta ob'ekt muayyan investitsiya majburiyati evaziga “nol” xarid qiymatida berildi, ulardan 19 tasi rekonstruksiya qilinib, uy-joy fondiga o'tkazildi.
Shuningdek, hududlarni rivojlantirishga qaratilgan bir qator qarorlarda xususiylashtirish bilan bog'liq choralar ko'rildi. Masalan, Sirdaryo viloyati sanoat salohiyatini oshirish hamda xizmat o'rsatish va turizm sohasida yangi quvvatlarni tashkil etish bo'yicha dasturda 25 ta davlat mulki “nol” xarid qiymatida sotilishi belgilangan. Hisobot davrida ularning barchasi tender shartlari asosida savdoga chiqarildi. Shundan 8 ta ob'ekt investorlar tomonidan 8,81 mlrd. so'mlik investitsiya jalb qilish va 229 ta ish o'rni yaratish majburiyati bilan “nol” qiymatda sotib olindi.
Umuman, hisobot davrida mavjud barcha qarorlar ijrosini talab darajasida ta'minlashga katta e'tibor qaratildi. Shu bilan bugungi davr va islohotlarning hozirgi jarayoni davlat ob'ektlarini “nol” qiymatda investitsiya majburiyati bilan sotish bo'yicha hududiy komissiyalar ishini yanada faollashtirishni taqozo qilayotganini qayd etish darkor.
Bundan tashqari, boshlang'ich narxni tegishli qarorda ko'rsatilganidek, bosqichma-bosqich pasaytirish mexanizmini tatbiq etish ishlarini jadallashtirish, ushbu imkoniyatdan unumli foydalanish, xususan boshlang'ich bahosi 50 foizga tushirilgan holda savdoga chiqarilgan obь'ektlarni samarali ishlatish bo'yicha takliflarni shakllantirishda hududiy organlarning mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamorligini kuchaytirish zarur. Bunda ushbu mexanizmni o'z vaqtida va talab darajasida qo'llash masalasiga e'tibor qaratish muhim.
Bu kabi masalalar joriy yildagi vazifalarning samarali amalga oshirilishida o'ziga xos ahamiyat kasb etishi nuqtai nazaridan unga mas'uliyat bilan yondashishga harakat qilinmoqda.
Ma'lumki, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 29 yanvarda qabul qilingan "Uy-joy fondini foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida rekonstruksiya qilish va ta'mirlash bo'yicha pudrat ishlarini kengaytirishni rag'batlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi Qaroridan ko'zda tutilgan maqsad aholi punktlari qiyofasini tubdan o'zgartirish, qishloq infratuzilmasini rivojlantirish, qishloq qurilishini me'morchilikning bugungi yutuqlari asosida yangi bosqichga ko'tarishdan iborat.
Ushbu qarorda viloyatning shahar va tumanlarida xususiy mulk shaklidagi yuridik shaxs maqomiga ega bo'lgan ixtisoslashtirilgan ta'mirlash-qurilish tashkilotlarini tashkil etish hamda ularning moddiy-texnik bazasini yaratish, shuningdek, mavjud foydalanilmayotgan turar-joy binolarini va qurilishi tugallanmagan uy-joy fondi ob'ektlarini foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida rejalashtirish, bezash, qurish, rekonstruksiya qilish va ta'mirlash bo'yicha ishlarini amalga oshirish uchun yangi tashkilotlar tashkil etilishi ko'zda tutilgan. Shu jumladan, ixtisoslashtirilgan ta'mirlash-qurilish tashkilotlariga foydalanilmayotgan ishlab chiqarish bazasini investisiya majburiyatlarini qabul qilish sharti bilan belgilangan tartibda yoki imtiyozli asosda uzoq muddatli ijaraga berilishini ta'minlash yuklatilgan. Bu boradagi vazifalar Davlat mulki qo'mitasining hududiy boshqarmalari zimmasida bo'lib, Navoiy viloyat hududiy boshqarmasi ham qaror ijrosini ta'minlashga e'tiborini qaratmoqda.
Bugungi kunda viloyatning shahar va tumanlarida xususiy mulk shaklidagi yuridik shaxs maqomga ega bo'lgan 16 ta ixtisoslashtirilgan ta'mirlash-qurilish tashkilotlari davlat ro'yxatidan o'tib, ularda 200 nafardan ortiq ishchi va mutaxassis faoliyat ko'rsatmokda. Ushbu tashkilotlar buyurtma asosida tuman va shaharlarda zamonaviy me'morchilik loyihalari asosida qurilish hamda ta'mirlash ishlari amalga oshiradilar.
Mazkur tashkilotlarning moddiy-texnik bazasini yaratish, shuningdek, mavjud foydalanilmayotgan turar-joy binolarini, shu jumladan foydalanilmayotgan ishlab chiqarish ob'ektlarini investisiya majburiyati bilan belgilangan tartibda yoki imtiyozli asosda uzoq muddatli ijaraga berish bo'yicha xatlovdan o'tkazildi. Xatlov natijasida Shimoliy kon boshqarmasi balansida bo'lgan Uchquduq shahar, 8a kichik tumanida joylashgan qurilishi tugallanmagan ko'p qavatli turar-joy binosi aniqlandi. Hozirgi kunda ushbu binoda qurilish ishlarini nihoyasiga yetkazish hamda tayyor holga keltirish bo'yicha pudrat ishlarini amalga oshirish uchun Uchquduq tumanida tashkil etilgan "Uchquduq ta'mirlash qurilish" mas'uliyati cheklangan jamiyatiga "nol" qiymatda berish tadbirlari olib borilmoqda. Mazkur jamiyatda 40 dan ziyod malakali mutaxassis faoliyat ko'rsatayotgan bo'lib, bugungi kunda 6 ta ob'ektda qurilish-ta'mirlash ishlarini amalga oshirish uchun 741000,0 ming so'mlik shartnoma imzolangan.
Shuningdek, shahar va tumanlarda tashkil etilgan barcha ixtisoslashtirilgan ta'mirlash-qurilish tashkilotlari buyurtma asosida qurilish-ta'mirlash ishlarini amalga oshirmoqda. Jumladan, Navoiy shahridagi "Navoiyqurilishmontajinvest" MChJ tomonidan 2 chi chorak davomida 2 ta ob'ektda qurilish-ta'mirlash ishlarini bajarish uchun 72000,0 ming so'mlik, Zarafshon shahridagi "QurilishgrantZarafshon" MChJ tomonidan 2 ta ob'ekt uchun 60800,0 ming so'mlik, Karmana tumanidagi "Karmana maxsus qurilish" MChJ tomonidan 6 ta ob'ekt uchun 114800,0 ming so'mlik, Qiziltepa tumanidagi "Qiziltepakapitalqurilish" MChJ tomonidan 2 ta ob'eket uchun 100000,0 ming so'mlik, Xatirchi tumanidagi "Murod Bexruz ustalari" xususiy korxonasi tomonidan 2 ta ob'ekt uchun 200000,0 ming so'mlik shartnomalar imzolangan. Viloyat bo'yicha faoliyat ko'rsatayotgan barcha ixtisoslashtirilgan ta'mirlash-qurilish tashkilotlari tomonidan joriy yilning 6 oyida 40 ga yaqin ob'ektda qurilish-ta'mirlash ishlarini bajarish uchun jami 2043600,0 ming so'mlik shartnoma tuzilib, tegishli ishlar boshlab yuborilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |