Ko’chmas mulk obekti bo’lgan uy-joy fondlari haqida umumiy tushuncha


Ko’chmas mulk obekti bo’lgan uy-joy fondlari haqida umumiy tushuncha



Download 0,77 Mb.
bet5/8
Sana31.12.2021
Hajmi0,77 Mb.
#205300
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 5345868256286607240

1. Ko’chmas mulk obekti bo’lgan uy-joy fondlari haqida umumiy tushuncha.

Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridan boshlab Respublikamizda davlat uy-joy fondining xususiylashtirilishi ko’p kvartirali uy-joylarda mulkchilik huquqining o’zgarishiga olib keldi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonida davlatga tegishli bo’lgan uy-joy fondi xususiylashtirildi, ya’ni uyning yagona egasi - davlat – o’z huquqlarini sobiq kvartira ijarachilariga berdi va ular nafaqat o’z xonadonlarining egasiga, ayni paytda uydagi umumiy mulk egasiga aylandi.



Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish — fuqarolarga ularning ixtiyoriga asosan davlat uy-joy fondining ular egallab turgan yoki yangi qurilgan kvartiralarini, uylarini (uylarining bir qismini) sotish, shu jumladan, imtiyozli asosda sotish yoki tekinga mulk qilib berish tushuniladi.

Davlat uy-joy fondi — mahalliy davlat hokimiyati organlarining uy-joy fondi hamda davlat organlari, korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining to‘liq xo‘jalik tasarrufida yoki operativ boshqaruvidagi uy-joy fondidir.

Kvartira — ko‘p kvartirali uydagi tuzilmaviy-ajralib turuvchi, bunday uydagi umumiy foydalanish binolariga to‘g‘ridan to‘g‘rikirish imkoniyatini ta’minlaydigan hamda bir yoki bir nechta xonalar, shuningdek fuqarolarning ularning bunday ajralib turuvchi joyda doimiy yashashi bilan bog‘liq bo‘lgan maishiy va boshqa ehtiyojlarini qondirish uchun yordamchi foydalanish binolaridan iborat bo‘lgan turar joy.

Turar joy — fuqarolarning doimiy yashashiga mo‘ljallangan, belgilangan sanitariya, yong‘inga qarshi, texnik talablarga javob beradigan, shuningdek belgilangan tartibda maxsus uylar (yotoqxonalar, vaqtinchalik uy-joy fondi uylari, nogironlar, faxriylar, yolg‘iz qariyalar uchun internat-uylar, shuningdek bolalar uylari va boshqa maxsus maqsadli uylar) sifatida foydalanishga mo‘ljallangan joylar.

Yakka tartibdagi uy-joy — doimiy yashash, dam olish va shaxsiy xo‘jalik yuritish uchun mo‘ljallangan, bitta yer uchastkasida joylashgan, o‘ziga qarashli bo‘lgan yordamchi-xo‘jalik imoratlari va hovli inshootlari bilan birgalikdagi bir yoki bir nechta uy-joy imoratlari (turar joylar) (keyingi o‘rinlarda uy-joy deb yuritiladi);

Davlat uy-joy fondining obyektlari quyidagilar hisoblanadi:



  • ijara shartnomasi shartlari asosida fuqarolar foydalanayotgan ko‘p kvartirali uylardagi kvartiralar va bir kvartirali uylar (uylarning qismlari);

  • qayta qurilishi, ta’mirlanishi tugallangandan keyin aholi ko‘chib kirmagan hamda bo‘shatilgan kvartiralar, bir kvartirali uylar (uylarning qismlari);

  • yangi qurilgan uylardagi kvartiralar.

Davlat uy-joy fondi – davlatning ixtisoslashtirilgan uylari (yotoqxonalar, nogironlar, faxriylar, yolgiz keksalar uchun internat uylari, mehribonlik uylari va b. maxsus maqsadlar uchun moʻljallangan uylar), shuningdek, davlat ixtiyoridagi idoralar, tashkilotlar, turli muassasalarning uy-joy binolari. Davlat uy-joy fondi mahalliy hokimiyat idoralariga qarashli va davlat tasarrufidagi tashkilotlar, korxonalar, muassasalar va boshqalarga qarashli turar joy fondlaridan iborat. Ular ixtiyoridagi turar joy fondlariga xizmat koʻrsatish vazirliklar, idoralar qoshidagi kommunal xizmat koʻrsatish tarmoqlari tomonidan amalga oshiriladi.

Oʻzbekistonda Davlat uy-joy fondining shakllanishi 20-asrning 20-yillaridan boshlandi. 1924—1990-yillarda Respublikada moliyalashtirishning barcha manbalari hisobiga kommunal uy-joy xoʻjaligiga xizmat koʻrsatish tarmog’i barpo qilindi va jami 250,4 mln. m2 uy-joy fondi qurildi (shundan 79,1 mln. m2 davlat, jamoat, uy-joy qurilishi shirkatlari uyjoy fondi, 171,1 mln. m2 fuqarolarning shaxsiy uy-joyi). Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, iqtisodiyotni isloh qilish, bozor iqtisodiyotiga oʻtish natijasida davlatning uy-joy siyosatida ham tub burilish yasaldi. Oʻzbekiston Respublikasining "Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisida" (1993 y. 7 may), "Davlat uy-joy siyosatining asoslari toʻgʻrisida"gi qonunlari qabul qilindi (1996 y. 27 dekabr).

Shahar va qishloqlarda zamonaviy andozadagi binolar qad koʻtardi. Keyinchalik aholi turar joylarini yaxshilash uchun juda koʻplab mablagʻlar sarflandi. Davlat uy-joy fondining qariyb 98,8% fuqarolar xususiy mulkiga aylantirildi. 1992-1993 yillarda umumiy maydoni 57,4 mln. m2 boʻlgan 990,6 ming kvartira arzon baholarda, shu jumladan 18,8 mln.m2 boʻlgan 318,7 ming kvartira (madaniyat, maorif, sogʻliqni saqlash xodimlariga) bepul xususiy mulk qilib berildi.

Davlat uy-joy siyosatining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:1

- har bir fuqaro o‘z ehtiyojlari va imkoniyatlariga qarab uy-joy qurishi, uni mulk qilib olishi, ijaraga olishi mumkin bo‘lgan shart-sharoitlarni yaratish;

- uy-joy fondini rivojlantirish va asrash;

-uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lganlar hisobida turuvchi fuqarolarga davlat munitsipal uy-joy fondidan uy-joy berish;

- fuqarolarning ijtimoiy jihatdan himoyalanmagan, kam ta’minlangan toifalarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan ro‘yxat bo‘yicha davlat aniq maqsadli kommunal-uy-joy fondi hisobidan uy-joy bilan ta’minlash, shuningdek ularga kommunal xizmatlarga haq to‘lash va uy-joydan foydalanishda kompensatsiyalar berish;

- uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lganlar hisobida turuvchi fuqarolarga uy-joy qurish, uni qayta qurish, ta’mirlash hamda sotib olish uchun kreditlar va ssudalar berish;

- uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan yosh oilalarga uy-joy qurish yoki olishda ko‘maklashish;

- uy-joy qurish, uni qayta qurish va saqlashni davlat tomonidan iqtisodiy va moliyaviy omillar tizimi orqali rag‘batlantirish;

-qulay va shinam uy-joylar, qo‘rg‘oncha shaklidagi kam qavatli turar joy binolari barpo etish ko‘lamini kengaytirish;

- aholiga ijtimoiy-maishiy, madaniy va boshqa xizmatlar ko‘rsatadigan zarur infrastrukturasi bo‘lgan qulay hayotiy muhit yaratish.

Uy-joy sohasidagi ko‘chmas mulkka bo‘lgan mulk huquqi:2

-Uy-joy sohasidagi ko‘chmas mulk xususiy mulk, davlat mulki, shuningdek jamoat tashkilotlarining mulki bo‘lishi hamda qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan tartibda mulkchilikning bir shaklidan boshqa shakliga o‘tishi mumkin;

-Fuqarolar, yuridik shaxslar va davlat uy-joy mulki huquqining subyektlaridir;

-Uy-joy mulki huquqi muddatsiz bo‘lib, shaxsning o‘ziga tegishli uy-joy binosiga o‘z xohishi va manfaatlariga qarab egalik qilish, undan foydalanish va uni boshqarish, shuningdek o‘zining mulk huquqi buzilishini bartaraf etishni talab qilish huquqidan iboratdir. Uy-joy binolarining ko‘rinishini o‘zgartirishga, ularni qayta qurish yoki buzishga boshqaruv organlarining tegishli ruxsatnomasi bo‘lgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi;

-Uy-joy sohasidagi ko‘chmas mulk yoki uning bir qismining xususiy mulkligi miqdor, o‘lcham va qiymat jihatidan cheklanmaydi va u mahalliy davlat hokimiyati organlarida ro‘yxatga olinishi lozim.

Xususiylashtirish jarayonini tashkil etish va fuqarolarni ortiqcha ovoragarchiliklarsiz o’zlari ijarada turgan uy-joylarini xususiylashtirishlariga shart-sharoitlar yaratish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 1- martdagi 114-sonli Qarori bilan “O’zbekiston Respublikasidagi davlat uy-joy fondini xususiylashtirish, uni saqlash va undan foydalanish to’g’risidagi Nizom” ishlab chiqildi va amaliyotga joriy etildi. 1993 yil 7-mayda “O’zbekiston Respublikasida davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to’g’risida”gi Qonun qabul qilindi. Mazkur Qonunga muvofiq davlat uy-joy fondini xususiylashtirish 1994 yilning may oyiga qadar deyarli to’liq yakunlandi. SHu davrda Respublikadagi davlat ko’p xonadonli uy-joy fondining deyarli 98% i xususiylashtirildi.

Uy-joy fondining turlari uy-joy fondi xususiy va davlat uy-joy fondlaridan iboratdir.3

Xususiy uy-joy fondiga quyidagilar kiradi:

-fuqarolarning mulki bo‘lgan uy-joy fondi (yakka tartibdagi turar joy binolari, xususiylashtirilgan, qurilgan hamda olingan kvartiralar va uylar, uy-joy hamda uy-joy qurilish kooperativlariga qarashli uylardagi pay badallari to‘liq miqdorda to‘langan kvartiralar, fuqarolar tomonidan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslarda mulk qilib olingan kvartiralar va uylar);

-xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari, kooperativlar, jamoat birlashmalari, jamoat fondlari hamda boshqa nodavlat yuridik shaxslarning mulki bo‘lgan hamda ularning mablag‘lari hisobidan qurilgan yoki kim oshdi savdosida yoxud qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslarda olingan uy-joy fondi.

Davlat uy-joy fondiga quyidagilar kiradi:

-mahalliy davlat hokimiyati organlari ixtiyorida bo‘lgan, mahalliy budjetga tushgan soliqlar, yig‘imlar va boshqa to‘lovlar, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha boshqa tushumlar hisobidan barpo etilgan munitsipal uy-joy fondi;

-mahalliy davlat hokimiyati organlari ixtiyorida bo‘lgan, mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan barpo etilgan, shuningdek xususiy, munitsipal uy-joy fondidan olib ularning balansiga berilgan, fuqarolarning ijtimoiy jihatdan himoyalanmagan, kam ta’minlangan toifalari uchun xususiylashtirish huquqisiz ijara shartlari asosida foydalanilayotgan aniq maqsadli kommunal uy-joy fondi;

-davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining to‘la xo‘jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida bo‘lgan idoraga qarashli uy-joy fondi.

Mulkchilik munosabatlarining o’zgarishi muqarrar ravishda uy-joyni boshqarish va xizmat ko’rsatish tizimini o’zgartirish zaruratini keltirib chiqardi. Ma’muriy markazlashgan davlat tizimi o’rniga boshqaruvning yangi shakllarini tashkil etish va uy-joy fondidan foydalanish hamda boshqarishning optimal variantlarini izlab topish asosiy masallardan biriga aylandi.

Uy-joy fondi boshqaruvi tizimini o’zgartirishdan asosiy maqsad – yangi uy-joy mulkdorlariga mulklarini saqlash bo’yicha huquqlar, vazifalari va moliyaviy ma’suliyatini ularning zimmasiga yuklashdan iborat.

Xususiylashtirish va uy-joy fondi boshqaruvi tizimining xususiylashtirilishi va o’zgarishi sobiq sotsialistik lagerning barcha mamlakatlarida ham sodir bo’lgan. Ammo, O’zbekistonda ushbu jarayon o’ziga xos xususiyatlarga ega. Sobiq Respublikalardan farqli ravishda bizning Respublikamizda asosiy e’tibor aholini ijtimoiy himoyalashga qaratildi. Buning misoli sifatida xususiylashtirish jarayonida kam ta’minlangan, yolg’iz qariyalarga, cheklangan daromadga ega bo’lgan, davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladigan (ta’lim, sog’liqni saqlash, madaniyat va san’at sohasidagi) korxonalarda ishlayotgan fuqarolarga uy-joylari hech qanday to’lovlarsiz amalga oshirilganini, kommunal xizmatlar va uy-joy fondini saqlash uchun to’lovlar miqdorini to’liq qiymatini yashovchilar tomonidan to’lashga asta sekinlik bilan o’tilganini va bu xarajatlarga budjet hisobidan mablag’ ajratish bosqichma-bosqich kamaytirib borilganini, kommunal to’lovlardan aholining ma’lum qatlamlari uchun imtiyozlar joriy etilganini keltirish mumkin.

To’qsoninchi yillarning oxiriga qadar uy-joy fondini boshqarishda turli boshqaruv mexanizmiga va mulkchilik shakllariga ega bo’lgan korxonalar tashkil etildi va uy-joy fondini boshqarishda ular faoliyati samaradorligi sinovdan o’tkazildi. Tajriba va sinovlar natijasi Respublikada ko’p kvartirali uy-joydan foydalanish va uni saqlashning samarali va maqbul shakli Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati (XUMSH) ekanligini ko’rsatdi. Hozirgi kunda ularning faoliyati O’zbekistonda har to’rtinchi kishi hamda shahar aholisining 70% dan ortig’iga o’z samarasini ko’rsatmoqda.

Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati – bu yangi uy-joy mulkdorlarining ixtiyoriy birlashmasi bo’lib, amaliyotda uy-joy fondini boshqarishning eng maqbul shakli ekanligini isbotladi. O’zbekistonda shirkatlar yaratilishi jarayoni tez sur’atlar bilan hamda salmoqli ma’muriy resurslarini jalb qilgan holda davom etdi:

- huquqiy asosga ega bo’lgan dastlabki uy-joy mulkdorlar shirkati 1999 yilning oxirida – aprel oyida O’zbekiston Respublikasining "Uy-joy mulkdorlari shirkati to’g’risida"gi qonun qabul qilinganidan so’ng paydo bo’ldi;

- 2000 yilning iyuniga kelib 360 ta uy-joy mulkdorlari shirkati tashkil etildi va ularga kop qavatli uy-joylarning 19,4 foizini boshqarish vazifasi topshirildi;

- 2002 yilning oxirida - 1388 ta uy-joy mulkdorlari shirkati paydo bo’ldi va ularga ko’p qavatli uy-joylarning 98,5 foizini boshqarish topshirildi.

- 2004 yilning 1-yanvar holatiga ko’ra 1342 ta uy-joy mulkdorlari shirkati ro’yxatga olingan bo’lib, ularga 24630 ta ko’p qavatli uylar boshqaruvi topshirildi.

- 2006 yilnig 22-fevralida yangi tahrirdagi “Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari to’g’risida”gi Qonuni qabul qilindi.

2012 yil 1 aprel holatiga respublikada 5060 ta xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati (XUJMSH) faoliyat ko’rsatmoqda, 2011 yil shu davriga nisbatan shirkatlar soni 93 taga ko’paydi, 1-3ta uyli shirkatlar soni 2522 tadan 2572 taga oshdi.

Hozirgi kunda Respublika bo’yicha bir shirkat o’rtacha 6 ta ko’p qavatli uylarga xizmat ko’rsatmoqda. O’rtacha bitta shirkat boshqaruvidagi xonadonlar soni 190 tani tashkil etib o’tgan yilning shu davriga nisbatan kamayishiga erishildi.

Bugungi kunda Respublikada 354 ta boshqaruv kompaniyalari, 282 ta xizmat ko’rsatuvchi tashkilotlar hamda 632 ta avariya-dispetcherlik xizmati faoliyat ko’rsatmoqda.




Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish