Muqimiy nomidagi Qo’qon davlat pedagogika instituti «Chet tillar» fakulteti «Fakultetlararo chet tillar» kafedrasining navbatdan tashqari yig’ilishi bayonnomasidan КО’CHIRMA Qo’qon shahri 2020-yil 20-aprel Qatnashdilar: IsmoilovQ. kafedramudiri, TillaxadjayevaF. Dotsent, kattao’qituvchilar: MasodiqovaZ., YuldashevaD., o’qituvchilar: N. Sheraliyeva, AliyevaM, HatamqulovaSh, va boshqalar.
KUN TARTIBI: Har xil masalalar: 1. Kafedra o’qtuvchisi M. Rajapovaning 2020 yil 20-aprel kuni pedagogika psixologiya yo’nalishida 201- guruhda “The education system of Canada” mavzusida o’tkazgan ochiq dars tahlili haqida.
ESHITILDI: Kafedra mudiri so’zga chiqib, M. Rajapovaning 2020-yil 25-mart kuni electron platforma uchun tayyorlagan ochiq dars materiallarini tahlil qilib o’tilishini ta’kidladi. Ochiq darsga kafedra o’qituvchilari N. Sheraliyeva va Z. Poziljonovalar qatnashdi.
Dars bo’yicha M. Rajapovaning fikri: “Darsni ikkinchi kurslarda mutaxassislikka oid mavzu asosida tashkil qildim. “The education system of Canada” mavzusi bo’yicha dars o’tkazdim. Maqsadim “ The education system of Canada ” mavzusi orqali talabalarning og’zaki nutqini o’stirish, muloqot qilishga o’rgatish, tinglab tushunish mahoratini shakllantirish, hamda “The education system of Canada ” mavzusi bo’yicha mazkur joylar haqida talabalarning ingliz tilida suhbat qura olishga o’rgatish edi va mavzuga oid grammatik mavzuni ham bog’lab tushuntirish edi. Talabalarning barchasini darsga jalb qilishni rejalashtirgan edim. Bu jarayonida o’z oldimga qo’ygan maqsadga erishdim deb xisoblayman. Fikrimni quyida jarayonni kuzatgan o’qituvchilar tasdiqlashlari mumkin”.
Q. Ismoilov: “ M. Rajapovaning ochiq darsi haqidagi o’z fikr va mulohazalarini eshitdik. Endi ochiq muhokamaga o’tishimiz ham mumkin. Ochiq darsda qatnashgan o’qituvchilarga so’z navbatini bersak”.
M. Odiljonova: “Mazkur ochiq dars yangi texnologiyalarga tayangan holda o’tkazildi. Unda o’qitishning ilg’or usullari tinglab tushunish, savollarga to’g’ri javob bera olish va o’z fikrlarini berilgan mashqlarda davom ettirish bo’yicha topshiriqlarni barcha talabalar tomonidan bajarilishiga erishildi. Dars uchun barcha ko’rgazmali qurollar o’z o’rnida foydalanildi. Ishtirok etgan talabalar o’z vaqtida baholandi va tahlil qilib berildi. Berilgan ochiq dars materiallari pandemiya vaqtida talabalr bilimin oshirishga yordam beradi”.
D. Yuldasheva: “M. Rajapova ilg’or o’qituvchi ekanligi ko’rinib turibdi, u ochiq darsi orqali o’z fanini mukammal bilishini ko’rsatdi. O’qituvchining nutqi ravon, va topshiriqlarni o’z vaqtida tushunarli qilib berdi. Dars chet tili bo’yicha chiqarilgan dasturlarda qo’yilgan talablarga mos keladi. Umuman olganda darsda ko’zlangan maqsadga erishildi. Dars barcha talablarga javob beradi. Uning ilmiy-nazariy jihatdan yutuqlarga boy bo’lganligini ta’kidlash zarur. Jumladan o’qituvchining ilmiy saviyasi yuqori, talabalar esa faol darsga qatnashdilar. Bu darsni “yaxshi” deb baholash mumkin.
YIG’ILISH QAROR QILADI: Fakultetlararo chet tillar kafedrasi o’qituvchisi M. Rajapova tomonidan 2020-yil 20-aprel kuni Pedagogika va psixologiya yo’nalishida 201- guruhda “The education system of Canada” mavzusida mavzusidagi ochiq darsi “yaxshi” deb topilsin.
Kafedra yosh o’qituvchilarini doimiy ravishda tajribali o’qituvchilarning darslarini kuzatib o’rganib borishi yo’lga qo’yilsin.