Andijon viloyati Andijon shahri 10-umumiy o’rta ta’lim maktabi pedagogik kengashi yig‘ilish bayonnomasidan
KO’CHIRMA
Qatnashdilar: Maktab direktori O.Xoliqova va yetakchi o‘qituvchilar.
Kun tartibi:
1. Andijon davlat universiteti Axborot tеxnologiyalari va kompyutеr injiniringi fakultеti 5110700 – (Informatika o‘qitish mеtodikasi) yo‘nalishi 4-bosqich talabalarining pedagogik amaliyoti haqida.
Eshitildi 1: Maktab direktori O.Xoliqova so‘zga chiqib, yig‘ilish qatnashchilarini 2022 yilning 28- fevralidan 2022 yilning 4-iyunigacha Axborot tеxnologiyalari va kompyutеr injiniringi fakultеti 5110700 – (Informatika o‘qitish mеtodikasi) yo‘nalishi 4-bosqich talabalari (Jadval 1) pedagogik amaliyotda bo‘lganliklari to‘g‘risida to‘xtalib, amaliyotchilarning olib borgan ishlari haqida qisqacha axborot berdi va so‘zni o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosariga berdi.
Jadval 1
№
|
Talabaning FIO
|
Kurs,
guruh
|
Malakaviy amaliyot o‘tkaziladigan ta’lim muassasasi
|
Malakaviy amaliyot rahbari
|
|
Qirg’izaliyeva O’g’iloy
|
18IO’M1
|
Andijon viloyati Andijon Shahar 10-umumiy o’rta ta’lim maktabi
|
Axmadaliyev B
|
|
Mirabdullayev Izaatillo
|
18IO’M1
|
Andijon viloyati Andijon Shahar 10-umumiy o’rta ta’lim maktabi
|
Axmadaliyev B
|
Eshitildi 2. Maktab o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari so‘zga chiqib, amaliyotchi talabaning amaliyot davrida olib borgan ishlari haqida atroflicha axborot berdi. Jumladan, u shunday dedi: - “Har bir amaliyotchi talabaga amaliyotning birinchi kunidan boshlab sinf va fan o‘qituvchisi biriktirildi. Amaliyotchi talaba amaliyotning birinchi haftasida biriktirilgan sinfi bilan tanishish, maktabimizda fan o‘qituvchilarining dars o‘tish metodikasi, ma’naviy-ma’rifiy ishlardagi faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida darslarni kuzatish bilan mashg‘ul bo‘lishdi. Fan o‘qituvchilarining me’yoriy hujjatlari, jumladan, fan dasturi va ish rejalari bilan tanishishdi. Sinf rahbarining sinfda olib boradigan ishlari rejalari bilan tanishdilar.
Amaliyotning ikkinchi haftasidan boshlab, darslarni kuzatish bilan mashg‘ul bo‘lishdi , belgilangan sinflarda sinf rahbari bilan birgalikda ma’naviy-ma’rifiy ishlar olib borishdi.
Amaliyot olib borgan amaliyotchi talabaning o‘ziga belgilangan ishlarni muvaffaqiyatli amalga oshirib keldi. Amaliyot davrida Axborot texnologiyalari kafedrasidan biriktirilgan professor-o‘qituvchilar yaqindan ko‘maklashib kelishdi.
Bizning fikrimizcha, amaliyotchi talaba Informatika o‘qitish mеtodikasi yo‘nalishi 4 bosqich talabasi amaliyot dasturida ko‘rsatilgan maqsadga to‘la erishdi deb o‘ylaymiz va bu talabani kelajakda yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishlariga ishonch bildiramiz”.
Yig‘ilish qatnashchilari ushbu fikrni ma’qulladilar va kerakli maslahatlar berishdi.
Yig‘ilish qaror qiladi:
1. Maktab direktori O.Xoliqova va o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari N. Saidumorova ma’lumoti axborot uchun qabul qilinsin.
2. Informatika o‘qitish mеtodikasi yo‘nalishi 4-bosqich talabalari amaliyotni muvaffaqiyatli tamomladi deb hisoblansin.
3. Yig‘ilishning ushbu qarorini ma’qullash Andijon viloyati Andijon viloyati Andijon Shahar 10-umumiy o’rta ta’lim maktabi o‘quv bo‘limidan so‘ralsin.
Yig‘ilish raisi: O. Xoliqova
Yig‘ilish kotibi:
Do'stlaringiz bilan baham: |