Bog'liq Ko\'chib yuruvchi genetik elementlar va ularning ahamiyati
Foydalanilgan adabiyotlar. 1. A. G’ogurov, K. Nishonboyev, J. Hamidov. “Biologiya” 2007 yil
2. G’. J. Jalolov, R. N. Boboyeva . “Biologiya” 2007 yil
3. Yo. T. Yormatov. “Biologiya” X – XI sinf 2006 yil
4. J. A. Azimov, Y. D. Davlatov “Qiziqarli biologiya” 2003 yil
DNK izchilligini kesib, rekombinatsiya bo‘la oladigan plazmidlar. Bunday rekombinatsiyalanuvchi plazmidlar transmissibl, ya’ni nasldan naslga o‘tuvchi plazmidlar deb ataladi. Transmissibl plazmid asosiy xromosomaga birikkandan keyin o‘z mustaqilligi- ni yo‘qotadi. Asosiy xromosomadan mustaqil ravishda o‘z-o‘zini replikatsiya qila olmaydi. Ayni paytda bunday plazmidlarda joy- lashgan genlar asosiy xromosomada o‘z faoliyatini bajaradi. Hujayra bo‘linganda rekombinatsiyalanuvchi plazmidning genlari asosiy xromosoma genlari bilan birikkan holda nasldan naslga beriladi. Ikkinchi toifa plazmidlar avtonomholda replika- tsiyalanuvchi plazmidlar deb ataladi. Bunday plazmidlar asosiy xromosomaga birika olmaydi, asosiy xromosomalardan mustaqil ravishda o‘z-o‘zini replikatsiya yo‘li bilan o‘nlab va hatto yuzlab marta ko‘paytira oladi. Avtonom plazmidlar bakteriya yoki zam- burug‘ bo‘linganda qiz hujayralar orasida tasodifiy ravishda taqsimlanadi. Shu bilan birga avtonom plazmid bir hujayradan ikkinchisiga hujayra qobig‘i va membranasining teshiklaridan o‘ta oladi. Plazmidlar tarkibi, asosan, antibiotik yoki zaharli toksin parchalovchi ferment sintez qiladigan genlardan iborat. Shu tufayli plazmidlar bakteriya, achitqi va zamburug‘larning antibiotik va zaharli toksinlarga chidamliligini ta’minlaydi. Plazmidning antibiotik parchalovchi genlari bir plazmiddan ikkin- chisiga transpozonlar bilan birikkan holatda ham ko‘chib o‘ta oladi. Bu molekular jarayon kasal chaqiruvchi mikroblarning antibiotiklarga chidamliligini nihoyatda oshiradi. Restriksion endonukleazalar. Tabiatda biror mikroorganizm hujayrasiga tashqaridan yot genetik material kirsa, u darhol hujayra nukleaza fermentlari ishtirokida parchalab tashlanadi. DNK molekulasini mayda bo‘laklarga bo‘luvchi fermentlar kesuvchi endonukleazalar yoki restriktazalar deb ataladi. Har bir restriktaza to‘rt yoki ko‘proq maxsus nukleotid juftlarni tanib olib bog‘lanadi va DNK molekulasini kesadi. Ayrim restriktazalar DNK qo‘sh zanjirini qaychi singari shartta ikki bo‘lakka bo‘ladi. Shu bilan birga qo‘sh zanjir DNK molekulasini «yopishqoq» uchlar hosil qilib kesuvchi restriktazalar ham mavjud. Jadvaldagi Eco Rl, BamHl (eko er bir, Bam ash bir) kabilar shular jumlasi- dandir. Bu restriktazalar funksiyasi jihatdan transpozazaga o‘xshashligi ko‘rinib turibdi. Shuning uchun ham bu restriktazalar hosil qilgan «yopishqoq» uchlardan foydalanib, har xil DNK bo‘laklarini bir-biriga bog‘lash soddalashadi. Ana shu xususiyati tufayli bu xil restriktazalar gen injeneriyasida keng qo‘llaniladi. 1-jadval Ayrim restriktazalar tanib kesadigan nukleotidlar ketma-ketligi quyidagi jadvalida berilgan:
Hozirgi kungacha 500 dan ortiq xilma-xil restriktazalar tozalanib olingan va o‘rganilgan (1-jadval). Har xil organizmlardan yuqori molekulali DNKni tozalab ajratish, uni maqsadga muvofiq restriktaza bilan «yopishqoq» uchlar hosil qilib kesish, hosil bo‘lgan DNK bo‘laklarini elektro- forez vositasida ajratib olib, har xil DNK bo‘laklaridan maqsadga muvofiqlarini tanlash va ularni berilgan tartibda ulovchi ligaza fermenti vositasida qaytadan biriktirish usullari gen injeneriyasi- ning eng oddiy va asosiy usullari hisoblanadi.