- Genetik injeneriya metodlarini. Uzoq yillar mobaynida organizm genlar to’plamining genomdagi o’rni doimiy deb fikr qilinadi. Biroq 1950 – yillarda AQSh olimasi Barbara Mak – Klintok makkajo’xorida irsiy belgilarni tadbiq etishi jarayonida bir joyga muntazam ravishda joylashmay, balki o’z joyini o’zgartirib turadigan bir guruh genlar majmuasini kashf etdi va genomdagi genlar ko’chib yuradi degan fikrni ilgari surdi.Ko’chib yuruvchi genlar toifasi “regulyator genlar yoki transpozonlar” deb ataladi.Tronspozonlar juda oddiy IS elementlardan tuzilgan bo’ladi.
Bakteriya va tuban eukariotlar hujayralarida asosiy xromasomadan tashqari, qo’shimcha xromasomalar mavjuddir. Bu qo’shimcha mayda xromosomalar plazmidlar deb ataladi.
Plazmidlar. Plazmidlar hujayraning asosiy xromasomasidan bir necha yuz barobar kichik DNK qo’sh zanjirli halqasidan iborat.
Plazmidlar o’rtacha 3-10 dona genlardan iborat bo’lib, ikkita toifaga bo’linadi. Bularning birinchisi transpozon yoki bakteriofag irsiy molekulasi kabi hujayra asosiy xomasomasining maxsus DNK izchilligini kesib, rekombinatsiya bo’la oladigan plazmidlar.
Bunday recombinatsiyalanuvchi plazmidlar transmissibl, ya’ni nasldan-naslga o’tuvchi plazmidlar deyiladi. Transmissibl plazmid asosiy xromasomaga birikkandan keyin o’z mustaqilligini yo’qotadi.
Asosiy xromasomadan mustaqil ravishda o’z-o’zini replikatsiya qila olmaydi. Ayni paytda bunday plazmidlarda joylashgan genlar asosiy xromasomada o’z faoliyatini bajaradi. Hujayra bo’linganda rekombinatsiyalanuvchi plazmid genlari asosiy xromosoma genlari bilan birikkan holda nasldan-naslga beriladi. Ikkinchi toifa plazmidlar avtonom holda replikatsiyalanuvchi plazmidlar deb ataladi. Bunday plazmidlar asosiy xromosomaga birika olmaydi, asosiy xromosomalardan mustaqil ravishda o’z-o’zini replikatsiya yo’li bilan o’nlab va hatto yuzlab marta ko’paytira oladi. Avtonom plazmidlar bakteriya yoki zamburug’ bo’linganda qiz hujayralar orasida tasodifiy ravishda taqsimlanadi. Shu bian birga avtonom plazmid bir hujayradan ikkinchisiga hujayra qobig’I va membranasining teshiklaridan o’ta oladi. Plazmidlar tarkibi, asosan, antibiotik yoki zaharli toksin parchalovchi ferment sintez qiladigan genlardan iborat. Plazmidning antibiotik parchalovchi genlari bir plazmiddan ikkinchisiga transpozonlar bilan birikkan holatda ham ko’chib o’ta oladi. Bu molyekulyar jarayon kasal chaqiruvchi mikroblarning antibiotiklarga chidamliligini nihoyatda oshiradi.
Bakteriya va tuban eukariotlar hujayralarida asosiy xromoso-madan tashqari, qo'shimcha xromosomachalar mavjuddir. Bu qo'shimcha mayda xromosomalar plazmidlar deb ataladi .