Ko’cha va yo’l bo’yi landshaftining ahamiyati
Arxitektura va shaharsozlik obyektlari kabi landshaft arxitektura obyektlarini ham
loyihalamasdan amalga oshirish mumkin emas. Respublikamiz 1-Prezidenti Islom
Karimov “binoning yaxshi arxitekturasi bu yaxshi ish, lekin uning atrof muhit
landshafti ham unga monand bo‘lmog‘i kerak” deganlarida aynan ana shu talabni
nazarda tutganlar. Darhaqiqat, agar biz shahar va qishioqlarimiz jamolini fayzli va
ko'rkam bo’lishini xohlasak, nafaqat ularda qurilayotgan bino va inshootlar
arxitekturasiga, balki ochiq muhitlar arxitekturasi, ya’ni landshaft arxitekturasi
obyektlarining loyihalariga ham ahamiyat berishimiz zarur.
Har qanday aholi punktlarining arxitekturasi va manzaraviy landshaft tuzilishini
yashil ko‘kalamzorlarsiz va gullarsiz tasavvur qilish qiyin. Ular nafaqat aholi
punktining ko’cha muhitini yaxshilaydi, balki orasta va qulay me’moriy muhit,
sog'lom mikroiqlim yaratish imkonini beradi, Azal-azaldan inson bilan tabiat
orasidagi munosabatlarda, xususan aholi punktlarini ko‘kalamzorlashtirishda o‘ziga
xos uslublar, landshaft kompozitsiyalari, an’analar va qurilmalar shakllantrilib va
qo‘llanilib kelingan. Bu uslub va an’analaming asosiylari, ishonchlilari va amalda
sinalganlari ko'kalamzorlashtirishning qoida va qonunlariga aylanib, bu sohadagi
landshaft arxitekturasi fani va amaliyotining tarkibiy asoslarini tashkil qilgan.
Piyodalar ko‘chalari landshaft yechimi
Bugungi kunda shaharlarimizni, ayniqsa, me’moriy yodgorliklarga boy tarixiy
shaharlarimiz markazlarini hatto, qishloqlarda qurilayotgan yangi uy-joy
mahallalarini ham piyodalar ko‘chalarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Dunyo
shaharlarining markazlari transport harakatlari va shovqinidan xolilashtirilib,
piyodalar uchun alohida ko‘chalar va piyodalar zonalariga aylantirilmoqda. Qadimiy
Samarqand shahridagi Toshkent va Mustaqillik piyoda ko‘chalari, Toshkent
shahridagi Amir Temur xiyobonini Mustaqillik maydoni bilan birlashtiruvchi piyoda
ko'chalar(1-rasm), Buxoroning eski shahar tizimidagi o’nlab piyoda ko‘chalari,
Shahrisabzdagi Amir Temur piyoda ko‘chasi va boshqalar bunga misoldir. (2-rasm).
1-rasm. Amir Temur maydonining piyodalar muhiti va landshafti.
2-rasm. Toshkentdagi Xasti Imom ansamblining piyodalar muhiti Iandshafti.
Bu ko‘chalarning uzunligi 500-700 metr va, halto 1 km.dan kam emas. Chet el
shaharlaridagi yuzlab piyoda ko‘chalarining uzunligi esa bundan ham kattadir. Bu
ko‘chalar qanday landshaft va qulayliklarga ega bo'lishi va loyihalanishi kerak?
Avvalambor bunday ko‘chalar toza-ozoda, inson masshtabiga mos, fuqaroviy va
osoyishta me’moriy muhitga ega bo‘lishi kerak. Gap ko‘cha mebellari, tashqi
obodonlashtirish elementlari, bunday ko‘chalarga xos bo‘lgan savdo, ovqatlanish
va dam olish shaxobchalari, daraxtlar, maysalar, gulzorlar va ko‘cha
yoritgichlarining kompozitsiyalari, masshtabi va shakllari haqida ketmoqda.
Piyodalar ko‘chalariga xos xususiyatlardan biri-bu uJarda qo‘llaniladigan maxsus
dekorativ to‘shamalar, ya’ni yo‘l qoplamalaridir. Ularning materiallari, rangi va
shakli turlicha bolishi mumkin. Biroq, ular mustahkam va chiroyli bo’lishi kerak.
Materiallardan: pishiq g‘isht, rangli va fakturali beton, tabiiy tosh, bruschatka,
toshtaxtalardan, shakli esa to‘g‘riburchakli panjara, doira, tasma, to‘lqinsimon,
“asalari uyasi”, romb va h.k. ko'rinishlarda, ranglari e’tiborni o‘ziga tortmasligi,
asosan neytral tonlarda bo'lishi tavsiya etiladi. To‘shamalaming tiporazmerlari ikki
xildan oshmasligi zarur. Piyodalar ko'chalarining qiyaligi 6-7% dan oshmasligi,
zinapoyalar esa panduslar bilan ta’minlanishi kerak. Piyodalar ko‘chalarining
landshaft elementlariga tik ko‘kalamzorlashtirish elementlari (trelyaj va pergolalar,
voishlar), joyi o‘zgartiriluvchi gulli tuvaklar, osib qo‘yilgan savatchalar va qutilar,
rabatkalar, daraxtlar yoki butalardan shakllangan qator soliterlar, dekorativ suv
havzalari va favvoralar kiradi. Uzunroq piyoda ko‘chalariga ekilgan daraxtlar qatori
bir xillikni yo‘qotish uchun har 50-70 metrdan so‘ng ochiq maysazor, gullovchi buta
va gulzorlar bilan almashinib turgani ma’qul. Piyoda ko‘chalar tomonga fasadi bilan
chiqib qolgan ayrim nobob imoratlar yoki devorlar yuzasi chirmashib o‘suvchi
manzarali gulli lianlar bilan yopilishi mumkin. Piyodalar ko'chalariga yorqin rangli
savdo reklamalari va ko‘cha belgilarini 0‘rnatish, asfalt to'shamalar yotqizish tavsiya
etilmaydi. Ko‘cha eni kengroq, uzunligi kattaroq bo‘lgan hollarda uning o‘rtasiga
uzluksiz soya beruvchi manzarali doim yashil dov-daraxtlar ekish, ularning ostiga
esa dam olish o‘rindiqlarini o'rnatish mumkin. (3-rasm).
3-rasm. Piyodalar ko'chalarini ko'kalamzorlashtirish va obodonlashtirish
variantlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |