II bob bo’yicha xulosa……………………………………………..
Xotima……………………………………………………………...
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………………………………
Foydalanillgan web saytlar……………………………………….
Kirish.
"Vatanimizning kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jahon hamjihatidagi obro’-e'tibori avvalombor farzandlarimizning unib-o’sib, ulg'ayib, qanday inson bo'lib hayotga kirib borishiga bog'liqdir.Biz bunday o'tkir haqiqatni hech qachon unutmasligimiz kerak."
I.A.Karimov
Hozirgi kunda kompyuter texnologiyalari kirib bormagan soha deyarli uchramaydi. Kompyuter texnologiyalardan nafaqat hisoblash ishlarini olib borish uchun balki, hayotga tadbiq qilinadigan elektron darsliklar, rasm va video tasmalarni qayta ishlovchi, katta hajmli ma’lumotlarni o’zida saqlovchi dasturlar yaratish, elektron tijorat uchun ham foydalaniladi. So’nggi yillarda kompyuter va uning dasturiy ta’minotiga bo’lgan talab va qiziqishlar ortib bormoqda. Bu esa o’z navbatida dasturchidan katta izlanish va mahoratni talab qiladi.
Bu muammoga hukumatimiz tomonidan alohida e’tibor berilmoqda. Birinchi prezidentimiz I.A.Karimovning 2001 - yil may oyida Oliy Majlisning 5-sessiyasida so’zlagan nutqida axborot texnologiyalari va kompyuterlarni jamiyat hayotiga, kishilarning turmush tarziga, maktab va oliy o’quv yurtlariga jadallik bilan olib kirish g’oyasi ilgari surilgan edi. Birinchi prezidentimiz tashabbusi bilan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 23 maydagi 230-sonli “2001-2005 yillarda kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish ”, shuningdek, “Internetning xalqaro axborot tizimlariga keng kirib borishini ta’minlash dasturini ishlab chiqishni tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorlari qabul qilindi.Oradan bir yil o’tgach, 2002 yil 30 mayda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to’g’risida”gi farmoni va uning ijrosini amalga oshirish yuzasidan va axborot- kommunikatsiya texnologiyalari sohasida strategik ustuvorlikni amalga oshirishga doir amaliy chora-tadbirlarni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 6 iyundagi “2002-2010 yillarda kompyuterlashtirish axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish dasturi ” to’g’risidagi qarori e’lon qilindi.
Birinchi prezidentimiz I. A. Karimovning “ Yoshlarimiz bizdan ko’ra kuchli bilimli dono va albatta baxtli bo’lishlari kerak “, ”O’zbekiston kelajagi yoshlar qo’lida” degan so’zlari va 2011-yilning “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik” deb belgilaganlari, yoshlarga va biznes va tadbirkorlikka bo’lgan e’tiborni va katta ishonchni ko’rsatadi. Biz yoshlar o’z navbatida bunday ishonchni oqlashga va komillik sari intilishga harakat qilamiz.
Yangi axborot – kommunikatsion texnologiyalari hozirgi vaqtda eng dolzarb mavzulardan biri bo’lib kelmoqda, sababi har bir sohani o’rganish, izlanish va tajriba orttirish uchun turli usullardan foydalanish kerak bo’ladi. Shuning uchun yangi axborot – kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Hozirgi zamon mutaxassislari, faoliyat doiralari qanday bo’lishidan qat’iy nazar informatika bo’yicha keng ko’lamdagi bilimlarga, zamonaviy hisoblash texnikasi, informatsion aloqa va kommunikatsiya tizimlari, orgtexnika vositalari va ulardan foydalanish borasida yetarli malakalarga ega bo’lishi, hamda yangi information texnika va texnologiya asoslarini uning ertangi kuni, rivoji to’g’risidagi bilimlarni o’zida mujassamlashtirgan bo’lishi kerak. Zamonviy hisoblash texnikasi va information texnologiyalarning kun sayin rivojlanib, jamiyatning esa tobora informatsiyalashib borishi sababli, uzluksiz ta’lim tizimining o’rta va yuqori bosqichlariga informatika, ishlab chiqarish va boshqarish jarayonlarini kompyuterlashtirish bo’yicha bir qator o’quv fanlari kiritilgan.
XX asr o’rtalariga kelib tezkor mashina mexanizmlaridan foydalana boshlandi. Murakkab texnika va texnologiyalar o’ylab topildi. Ko’pgina masalalarni hal qilish jarayonida axborot hajmi behisob bir majmuaga aylandi, hamda bu axborotlarni yig’ish va uzatish vositalarini yaratish, ularni vaqtida qayta ishlab, boshqarish uchun zarur bo’lgan choralarni belgilab chiqish kerak bo’ladi. Ko’pchilik vazifalarni bajarishda boshqarish jarayonini takomillashtirish, axborot tizimini joriy etish, mutaxasislarni kompyuterda ishlashga o`rgatish muhim
ahamiyatga ega. Undan tashqari biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish sohasida juda katta ishlar olib borish lozim
Mavzuning maqsadi
Korxonalarda zamonaviy axborot kommunikatsion texnologoyilarni joriy etish
Bugungi kunda butun jahon bozorida axborot kommunikatsion texnologiyalar tadbirkorlik faoliyatini asosiy omillaridan biri bo’lib qolmoqda. Korxonalar marketing faoliyatini ham axborot kommunikatsion texnologiyalarsiz tasavvur etib bolmaydi.“Marketing axborot boshqaruv tizimlari-bu hammadan avval informatikaning zamonaviy axborot-kommunikatsiya va dasturiy vositalar asosida faoliyat yurituvchi, interaktiv xizmatlarning marketing faoliyatini qo’llab-quvvatlash maqsadlarida marketing axborotlarini yig’ish,salash,faollashtirish va ishlab chiqishni ta’minlovchi majmuadir.”1 Hozirgi sharoitda korxonalar faoiyatida axborot texnologiyalarni joriy etishni quyidagi asosiy bosqichlarini ko’rib chiqamiz.
Birinchi bosqichda korxona uchun istiqbolli bo’lgan axborot texnologiyalar aniqlanadi, ularning potensial afzalligi va mumkin bo’lgan tavakkallar baholanadi, yangi axborot texnologiyalar ga investisiyalar to’g’risida qarorlar qabul qilinadi, axborot texnologiyalarni ishlab chiqishni ta’minlovchi liderlar belgilanadi, pilotli loyihalarni boshqarish shakllantiriladi.
Ikkinchi bosqichda qo’yiladigan maqsad pilotli lo yihalar vositasida amalga oshiriladigan yangi texnologiyalar bilan tajribalar o’tkazishdan iborat. Tajribaning asosiy vazifasi yangi texnologiyalardan qanday foydalanish mumkin va foydalanuvchiga ularni qo’llashga qanday ishontirish to’g’risida tasavvurlarni ishlab chiqishdan iborat. Ko’p hollarda ikkinchi bosqich natijalari birinchi bosqichda ekspertlar yangicha yondashuvni beradi.
Bu bosqich davomiyligi korxonada mavjud bo’lgan ichki va tashqi sharoitlar, texnologiyalarni amalga oshirish uchun vazifalar, foydalanuvchi xarakteristikasi, texnologiyalar turiga bog’liq ravishda o’zgaradi.
Yangi texnologiyalar uchinchi bosqichga yetgan vaqtdagi munosabatlarda, ular ham axborot texnologiya bo’linmalari mutaxassislariga, ham foydalanuvchilargr tushunarli bo’ladi. Asosiy vazifa korxonada texnologiyalardan samarali foydalanishni kafolatlovchi, ularni keng yoyish, mos ravishdagi rag’batlarni yaratishdan iborat. Mazkur bosqichda korxonada yangi dasturiy ilovalarni samarali amalga oshirish asosidagi biznes-jarayonlarni kafolatlovchi nazorat tizimi va standartlari ishlab chiqiladi. Standartlarni ishlab chiqish va qo’llab qo’vvatlashdagi muvafaqiyatsizlik kattagina sarf xarajatlarga sabab bo’lishi mumkin.
To’rtinchi bosqich boshida boshqaruv nazorati tizimi tuzilgan bo’lishi foydalanuvchilar esa yangi texnologiyalarni afzalligiga ishonchgan bo’lishi kerak. Endigi asosiy muammo, ular ham foyda keltirishi mumkin bo’lsa amaldagi texnologiyalarga yo’qotishdan iboratdir. Shu sababli, eskirgan texnologiyalar va ilovalar ular hayotidagi foydali muddat doirasidan tashqariga chiqmasligi uchun korxona rahbariyati yanada diqqat – e’tiborli bo’lishi talab etiladi.
Axborot texnologiyalarni joriy etishi to’rt bosqichga ajratish (innovasiya, o’zlashtirish, takomillashtirish va yetuklik) firmada texnologiyalarni joriy qilishga strategik yondashuvlvr rivojlanadigan bazani tashkil etadi. Biroq, har bir aniq korxonada individual qirralar kattagina rol o’ynashi sababli, turli texnologiyalar ularni joriy qilish bosqichlari va ketma-ketlik tarkibiga ko’ra o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lishi mumkin. Turli texnologiyalarni aynan qanday rivojlantirish to’g’risida aniq ko’rsatmalar mavjud emas. Shuning uchun strategik mezondagi korxonalar 1 va 2 - bosqichlarga kattaroq investisiyalarni sarflaydilar. Mazkur davrda korxonada axborot texnologiyalarni qo’llash rasmning qaysi kvadrantiga mos kelishi emas, balki, yangi axborot texnologiyalar bir kvadrantdan boshqasiga o’tish imkoniyatini berish mumkinligi muhim hisoblanadi. Ko’pgina korxonalarda bir vaqtning o’zida «yetuklik» turli bosqichlaridagi texnologiyalar amal qiladi. Bu esa axborot texnologiyalar bo’linmalari rahbarlaridan va yuqori bo’g’in rahbarlaridan yuzaga kelgan muammolarni yechishga mahsuslashtirilgan yondashuvlarni talab etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |