VIRTUAL XAVFSIZLIKNING ASOSIY QOIDALARI:
1. Foydalanuvchi shartnomasini o’qib chiqish.
Akkauntni ro’yxatdan o’tkazishda siz kerakli bandlarni to’ldirasiz. Oxirida sayt/
ijtimoiy tarmoqning foydalanuvchi shartnomasi shartlari bilan kelishuv bandi
mavjud. Siz buni turli xil Internet-resurslarda ro’yxatdan o’tishda bir necha
bor ko’rgansiz! Biz odatda qanday ish tutamiz: yaxshilab tushunmasdan,
«Men barcha shartlarga roziman» panelini bosamiz. Bu juda to’g’ri qadam
emas. Ehtimol, unda shunday deyilgan bo’lishi mumkin: «foydalanuvchi
tomonidan kiritilgan har qanday ma’lumotlar va materiallar resursning mulki
hisoblanadi.»
Yuqoridagi so’zlar shuni anglatadiki, sayt/ijtimoiy media egalari sizning
ma’lumotlaringiz bilan xohlagan ishlarini qilishlari mumkin. «Rozilik»
yuborilgandan keyin bunga qarshi turish deyarli mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |