58
- u ota-onasi bilan vaziyatda ayyorlik qildi: ko’proq pul so’rashni
boshladi;
- u qos’shimcha pul ishlab topishni boshladi, lekin boshqacha usul
bilan;
- ma’lum paytda qo’simcha daromad topish qiyinlashdi;
- Тimur xamyonni topdi, lekinuni egasiga bermadi, pulning bir qismini
o’ziga olib,
xamyonni tashlab yubordi;
- yigit skeyt sotib oldi.
№2 variantning hamda Timur gapirib bergan haqiqiy hikoyaning
farqi va o’xshashligi nimada:
- Тimur skeyt sotib olishga qaror qildi;
- yigit o’zida pul tejashni istamadi;
- u bir jamoani to’plab, ular o’g’irlik qilishni va pul ishlab topishni
boshladi;
- jamoa metal buyumlarni yig’ish va sotish bilan shug’ullandi;
- buyumlar insonlarga hali kerak bo’lishi
mumkin edi;
- Timur pullarning katta hajmini o’ziga qoldirdi;
- kerakli mablag’ to’plandi, lekin yigit skeyt sotib olish fi kridan bosh
tortdi va pullarni onlayn-o’yinlarga sarfl adi.
ASOSIY QISM
Trener o’qigan tarixning birinchi variantida axborot qisman Timurning asl
hikoyasida aytib o’tilgan axborot bilan o’xshashligni ta’kidlash mumkin. Bu
yerda ham skeytning xaridi haqidagi g’oya asosiy rolni egallaydi. Lekin u
qanday usul bilan amalga oshirilishi natijasida, – hikoyalar farq qiladi. Bir
qator detallarni trener shunchaki o’ylab topgan yoki asl ma’lumotlarni
o’zgartirgan. Ya’ni,
umuman olganda, trenerning birinchi hikoyasi haqiqatga
to’g’ri kelmaydi, bir qator rost ma’lumotlar bo’lishiga qaramay.
Trenerdan hikoyaning ikkinchi variant deyarli 100% ga – uydirma. Unda faqat
Timurning o’zi bor. Lekin skeyt, pullar qanday ishlab topilgani va hammasi
nima bilan tugagani Timurning asl hikoyasidan butunlay farq qiladi. Bir
tarafdan, bu bir yigit skeyt sotib olmoqchi bo’lgani haqidagi hikoya. Boshqa
tarafdan esa – umuman boshqa hikoya.
Trener hikoyasining
birinchi, hamda ikkinchi variant – bu feyk, soxta
ma’lumot.
Feyk – bu qisman yoki butunlay o’ylab topilgan axborot. Facebook kabi
ijtimoiy tarmoqning analitiklari, hamda Oksford yuniversitetining bir
59
guruh mediaekspertlari o’tkazayotgan tadqiqotlar shundan xabar beradiki,
40% feyklar ishonchli dalillarga asoslanadi (lekin ularni boshqacha tarzda
o’zgartirib taqdim etadilar), 60% – bu tamoman o’ylab chiqilgan, uydirma
yangiliklar, xabarlar va hokazo.
Axborotning har qanday turi feyk bo’lishi mumkin – ijtimoiy tarmoqlardagi
postlar, sahifalar, izohlar, yangiliklar, xabarlar, maqolalar, media vositalaridagi
fotosuratlar, ijtimoiy tarmoqlardagi roliklar, tovush elementlari. Ko’pincha
ilmiy axborot ham soxtalashtiriladi: soxta ilmiy maqolalar, tadqiqotlar nashr
etilmoqda.
Feyklarni “yashirish” uchun odatda, ishonish oson bo’lgan,
rost axborotning
elementlaridan foydalanishadi. Misol tariqasida trenerning Timur haqidagi ilk
hikoyasini keltirish mumkin. U yerda, ma’lum bo’lganidek, rost ma’lumotlar
kame mas, lekin ular uydirmalar bilan to’ldirilgan. Haqiqat elementlari bizni
o’ylab chiqilgan axborotni ham ishonch bilan qabul qilishga majburlaydi.
Zamonaviy texnologiyalar yordamida har qanday axborotni soxtalashtirish
mumkin. Misol uchun,axborotni soxtalashtirishning so’nggi “zamonaviy
urfdagi” usuli – bu dipfeyk. Bu nimani anglatadi? Bu texnik ravishda bir
shaxsning yuzini boshqa shaxsning yuziga joylashtirish. Bir tarafdan, bu juda
maroqli va qiziqarli. Lekin boshqa tarafdan – buning natijasida ma’lum bir
shaxsga, hamda butun bir jamiyatga katta zarar keltirish mumkin.
Misol uchun, trenerning Timur haqidagi ikkita hikoyasini eslang.
Asl hikoyada
biz ijobiy ko’rinishda – halol pul ishlab topadigan, do’konda vijdoniga quloq
solgan bolani ko’rgan bo’lsak, trenerning birinchi hikoyasida u bir oz ayor,
uddaburon bo’lib ko’rinmoqda. Uchinchi hikoyada esa u umuman salbiy
qahramonga aylandi.
МP 2
Trener auditoriyaga murojaat qiladi: «Keling biz Timur va skeyt
haqidagi hikoyani trener taqdim etgan variantlarda kimdir eshitganini
faraz qilaylik. Timur uchun bu qanday oqibatlarga ega bo’lishi
mumkin
(javoblar flipchartda qayd etiladi)?»
Do'stlaringiz bilan baham: