Клиник реставрацион стоматология



Download 13,3 Mb.
bet25/107
Sana18.01.2022
Hajmi13,3 Mb.
#385750
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   107
Bog'liq
KRS ORALIQ JAVOBLARI 2021

Dispoza-Shild-3 - eni 45 sm bo'lgan maxsus tayyorlangan o'ram boylami bo'lib, u turbinali qurilmaning shlangi va dastaklar bosh qismini hamda so'lak tortgichni himoyalashga qulaydir.

Dispoza-Shild-4 - bu maxsus himoya qoplami bo' lib, u kresloning bosh qismi va rentgen apparatning dastagini himoya­ lashga asoslangandir.

Steril asboblarnihimoyalash va joylashtirish maqsadida steril bir marta qo'llaniladigan Shteri-Kvik qog'ozli salfetkalardan foyda­ laniladi. 350x500 mm, 500x700 mm va 700xl000 mm bir tomoni polietilan bilan qoplangan <> (O lmoniya) firmasi tomonidan chiqariladigan salfetkalar hozirda keng qo'llanilmoqda.

Dezinfeksiyani o'tkazish maqsadida hozirda quyidagi ashyolar keng qo'llanilmoqda:

Amotsid - xonalar va oqlikla rni dezinfeksiya qilish maqsadida. AXD 2000 - spetsial va Liza nin - ter i antiseptikla ri.

Lizoformin-3000 - asboblarni sterillash va dezinfeksiyalash vositasi.

Shuningdek, hozirda bazaldegid konsentrati FD-312 va aerozoli FD -322, vokosept (konsentratsiyala ngan eritma, aerozol), Spireks, Solvitan keng ko' lam da dezinfeksiyalovchi eritma sifatida foy­ dalaniladi.

Dezinfeksiyalovchi vosita Medstar Xloroneks aerozol shaklida ishlab chiqariJadi. O' z tarkibida xlorgeks idin biglukanat (0,02%) va etil spirti (70%)ni saqlaydi. Bakteriotsid va fungitsid xususiyatga ega . Barcha qattiq yuzalarni, stomatologik kreslo, ish stolchasi, asboblar va boshqa yuzalarni dezin:feksiyalashga mo'ljallangan. Bu vosita yordamida xonaning devor va poliga ishlov berishda foydala niladi. Buning uchun bu eritma 10 soniya davomida sepiladi. Shuningdek, maxsus dezinfeksiyalovchi salfetkalar (hajmi 200xl40 mm) sitru s hidli maxsus plast mass konteynerlarda saqlanuvchi, tibbiyot quriJmalari va asboblarini dezinfeksiyalash maqsadida foydalaniladi. Bu salfetkalarning aktiv moddalari (spirt va ammoniyning to'rtlamchi birikmalari) keng ta'sir doirasiga ega­ dir: bakteriotsid (1-5 daqiqa davomida tuberkulyoz mikro­ bakteriyasini yo'qotadi), funitsid va antivirus (30 soniya davo­ mida gepatit B virusi va OIV ga qarshi ta'sir ko'rsatadi).

Markazlashgan sterilizatsiya yo'q bo'lgan taqdirda, dezin­ feksiya, sterilizatsiya oldi tayyorlov, sterilizatsiya uchun alohida maxsus joy ajratiladi. Yangi asboblarni ham sterilizatsiyadan o'tkazgan holda foydalanish lozim.

Asboblami sterilizatsiya oldi tayyorlovi:

Sterilizatsiya oldi asboblarga ishlov tibbiyot hamshirasi yoki shifokor yordamchisi tomonidan bajariladi, bu asboblarning yuzidan klinik ashyolarning qoldig'ini mexanik usulda olib tashlashdan iborat. Hozirda keng ko'lamda tozalovchi eritma solingan ultratovushli hammomchalardan foydalaniladi. Sterili­ zatsiya usuli harorat va vaqtning o'zaro nisbatiga bog'liqdir. 4 xi1 harorat - vaqtli sterilizatsiya varianti mavjuddir:



  • 115-118 °C gacha 30 daqiqa davomida;

  • 121- 124°C gacha 15 daqiqa davomida;

  • 126-129 °C gacha 10 daqiqa davomida;

  • 134-138 °C gacha 3 daqiqa davomida.

Klinikalarda asboblami sterillash maqsadida turli avtoklavlardan foydalaniladi. Masalan, elektron stomatologik avtoklavlarda Prima, Proksima, Ekzaktada sterilizatsiya jarayonining barcha fazalari avtomatik ravishda boshqariladi.

Barcha modellarda interfeys printer bilan va shaxsiy kompyu­ terga ega bo'lib, sterilizatsiya jarayonini yozib borish uchun mo'ljallangandir. Kamera hajmi 17 litrdir. Sterilizatsiya vaqti 4- 20 daqiqa davom etadi.



Avtoklav kameralardan havoni termodinamik siqib chiqarish orqali yuzaga keladi. Prima 4 ta standart sterilizatsiya va dezin­ feksiya prograrnmasi bilan, ekzakta va Proksima 9 ta standart va 1 shaxsiy program.ma bilan ta'minlangandir. Bu barcha sterili­ zatorlar vakuumli quritgichga egadir. Ko'pgina davlatlarda shifokorlar quruq issiqlik bilan ishlovchi sterilizatorlardan voz kechishgan. Bunday sterilizatorlar, asboblarning umrini <>. Yumshoq bug'li sterilizatsiya esa OITS va boshqa infek siyalar bilan kurasha oladi. Hozirda hajmi 7,5 dan 8000 litrgacha bo'lgan o'nlab avtoklavlar mavjud: stol va pol ustida turuvchi gorizontal va vertikal, mexanik va avtomatik, oddiy va yuqori tezlikda aylanuvchi, bug'li va gazlidir. Biologik indikator etest bug'ining asboblarini to'liq sterilizatsiya qilganligini aniqlash maqsadida, avtoklav ichiga joylashtiriladi.

Siklning oxirida indikator inkubatsiya harorati 56 °C Ii ter­ mostatga joylashtiriladi. Unda bir vaqtning o'zida 14 ta indikator joylashgan bo'ladi. Natijalar 24-48 soatdan so'ng ma'lum bo'ladi. Rangning o'zgarganligi hayotiy mikrotanachalar borligidan darak beradi. Sterilizatsiya sifatini aniqlashning yanada oddiy usuli bo'lib, avtoklavlashda indikator tasmadan foydalanish hisoblanadi. Avtoklavlashda indikator tasma rangining o'zgarganligi sterilizatsiya sifati haqida ma'lumot beradi. Bunday tasma 55 m uzunlikka va kengligi 1,25 sm dan 1,9 sm gacha bo'ladi. Ko'pgina qurilmalar dastaklar sterilizatsiyasini ta'minlovchi Terminator asbobi bilan ta'minlangan.

Dastaklarni sterillashda qo'llaniladigan kavoklav singari asboblardan foydalaniladi. Stomatologik asboblarni bug' ostida sterillash maqsadida Ultraklav-M9 va printer bilan ta' min.langan qurilmadan foydalaniladi. Ish jarayonida mayda endodontik asboblarni sterillashda glasperlenli sterilizator qo'llaniladi.


Download 13,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish