Stomatologik kreslo - stomatologik xonaning asosiy jihozla ridan biri. U bemorga davolanish jarayonida qulay holatni taqdim etish maqsadida ishlab chiqilgan bo'lib, uning konstruksiyasida insonning barcha anatomo-fiziologik holatlari, bemoming ratsional joylashishi va davolash jarayonida shifokorga qulaylik yaratilishi hisobga olingan.
Kresloning holati bemor va shifokoming bo'yiga moslangan holda boshqariladi. Bunda bemorning og'zi shifokorning pastga tushgan holatdagi qo'lning tirsak bo'g'imiga to'g'ri kelishi lozim. Yuqori jag' tishlari sohasida ishlaganda kreslo suyanchig'i biroz orqaga tashlangan bo'lib, bosh tagidagi suyanchiq bemor boshining ensa do'mboqlari sohasiga to'g'ri kelishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |