Cho'ntak chuqurligini o'lchash. Maxsus chiziqli (gradirlangan) zond va shtift yordamida amalga oshiriladi. Guttaperchali shtiftlar eng xavfsiz hisoblanadi. Ularni tish o'qi yo' nalishi bo' yicha qarshilik yuzaga kelguncha cho'ntakka kiritiladi, shtift taqalgan joy cho'ntak tubi deb baholanadi. Suyak cho'ntaklari bo'lganda shtiftni cho'ntak tubigacha kiritiladi
Hozirda parodontal cho'ntak xarakterini aniqlashda kompyuter tomografiyasidan foydalaniladi, ayniqsa, cho'ntak topografiyasini o'rganishda. Cho'ntak chuqurligi tish formulasida har bir tish qarshisida arab sonlari bilan, qimlrlash darajasi esa rim sonlari bilan belgilanadi. Demak, parodontning jarohatlanish darajasi rentgenografik tekshirishlar asosida aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |