Klinik qon tahlili
Klinik qon tahlili- qon tarkibidagi
gemoglobin
,
eritrozit
,
leykozit
,
trombozitlar
, rang
koʻrsatkichni baholab beruvchi vrachlik analizi hisoblanadi. Analiz yordamida leykozitar
formula va eritrozitlar choʻkish tezligini baholash,
anemiya
va yalligʻlanish jarayonlarini
aniqlash mumkin. Analiz uchun barmoq yoki venadan qon olinadi.
Qon tarkibida asosan qizil
qon tanachalari-eritrozitlar, oq qon tanachalari-leykozitlar, qon plastinkalari-trombozitlar
mavjud boʻlib, ular qonning 50 % ni tashkil qiladi. Qonning qolgan suyuq qismi plasma,
elektrolitlar va
qonning
ivish
faktorlari, plasmoproteinlardan iborat. Qon tanachalari va
qonning suyuq qismining nisbati gemotokrit koʻrsatkich hisoblanadi. Leykozitlar oq qon
tanachalari boʻlib, asosan immun sistemaning bir qismidir, (normada 3,5-9,8)ular organizmni
virus
va
bakteriyalardan
himoya qiladi. Organizmdagi oʻlgan hujayralarni chiqarib tashlaydi.
Leykozitlar miqdori yalligʻlanishda,
allergiyada
, leykemiyada koʻpayib
ketadi-leykozitoz
kuzatiladi, aksincha virusli infektiyalarda qizamik, grippda, zaharlanganda leykozitlar miqdori
kamayib ketadi-leykopeniya paydo boʻladi.
Qizil qon tanachalari eritrozitlar boʻlib, normada 4,5-5,6 boʻladi, eritrozitlar vazifasi organ va
tukimalarga
kislorod
etkasib berishdir. Eritrozitlar miqdori kislorod etishmovchiligida,
stresslarda, organizmda suyuqlik miqdori kamayganda ortib ketadi. Qon yoʻqotishda,
anemiyada, yani temir moddasi etishmaydigan anemiyalarda esa
eritrozitlar miqdori kamayib
ketadi. Gemoglobin qonga rang beruvchi modda boʻlib oʻzida kislorodni biriktirib olish
hususiyatiga ega. Normada 13,5-17,5. Leykozitar formula bu leykozitlar turinig bir-biriga
nisbatan prozent nisbatidir. Rang koʻrsatkichi esa eritrozitlarning gemoglabinga toʻyinish
darajasidir, normada 0,90-1,10. agar 0,80 dan kam boʻlsa gipohrom anemiya, 1,10 dan yuqori
boʻlsa giperxrom anemiya hisoblanadi. Temir etishmovchiligi bilan bogʻlik anemiyada
gipoxrom anemiya, vitamin B12 etishmovchiligida esa giperxrom anemiya boʻladi. COE-
eritrozitlar choʻkish tezligi organizmning patologik holatining indikatoridir. Normada 8-12
mm/s.COE ning tezlashishi yuqumli yalligʻlanish
kasalliklarda, kollagenozlarda, buyrak
kasalliklarida, endokrin kasalliklarda, anemiya, oʻsma kasalliklarida uchraydi.COE ning
sekinlashishi esa giperbilirubinemiya, oʻt
kislotalari miqdori ortganda, qon aylanishining oʻtkir
etishmovchiligida, eritremiya, gipofibrinogenemiyada kuzatiladi. —— Qiska bioximik analizlar:
Glyukoza-3,30-6,1mm/l, qand miqdorining ortishi qand kasalligini olib keladi. Mochevina-2,5-
8,3mm/l, ortib ketishi buyrak faoliyati buzilishidan darak beradi. Umumiy bilirubin-8,5-20,0
mkm/L, gemoglabinning parchalanishidan hosil boʻladi. Bilirubin miqdori 27mkm/l dan ortib
ketsa tanada sargʻayish sodir boʻladi. Umumiy oqsil miqdori-65-85 gr/l.Jigar hastaliklarida
umumiy oqsil miqdori ortib ketadi
[1]
. Gemoglobinning kamayishi (kamqonlik) —
sabablari
Anemiya
Leykemiya
Tug’ma qon kasalliklari (o’roqsimon hujayrali anemiya,
talassemiya)
Temir etishmasligi
Vitaminlarning etishmasligi
Qon yo’qotish
1.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Tibbiyotga
oid ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?tit
le=Klinik_qon_tahlili&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
https://mymedic.uz/tashxis/tahlillar/umumiy-qon-tahlili/
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
Manbalar