9
1.1.5. Xavfsizlik texnikasi
Klinik diagnostika laboratoriyasida yo‘l qo‘yilgan oddiy
ehtiyotsizlik ham laboratoriya ishchilari hayotiga xavf tug‘dirishi
mumkin.
Bularga zaharli, portlovchi,
yonuvchi, kuydiruvchi
xususiyatga ega bo‘lgan reaktivlar kiradi. Kimyoviy reaktivlar bilan
ishlaganda tortuvchi shkafdan foydalanish kerak, shkaf bo‘lmaganda
organik ko‘zoynakdan foydalaniladi.
Laboratoriyadagi barcha
tekshirish apparatlari 220 V da ishlashini hisobga olib, barcha
apparatlar yerga ulanishi kerak. Barcha tekshirish materiallari
patologik ekanligini hisobga olib, ular bilan o‘ta ehtiyot bo‘lish
kerak.
Ximikatlarni xavfsiz qilib tayyorlash va saqlash. Ximikatlarni
dozalashda aniqlik va ehtiyotkorlik bilan harakat qiling;
— barcha reagentlar shaxsiy, maxsus yorliqqa ega bo‘lishi kerak;
— reaktivli asosiy shisha idishning ochilgan kunini ko‘rsatib
qo‘ying;
— yorliqda qachon tayyorlangan, kim tomonidan tayyorlangani
ko‘rsatilishi kerak;
— ag ar xi mi kat xavfli bo‘lsa, ularg a « ZAHARLI!»,
«XAVFLI!», «ZAHAR!», «O‘T OLADIGAN!»
degan yorliqlar
qo‘shimcha ravishda yopishtirilishi kerak;
— yorug‘likka sezgir reaktivlarni saqlash uchun jigarrang tusli
shisha idishlardan foydalanish yoki rangsiz shisha idishlarga qora
qog‘oz yopishtirilishi kerak;
— chidamsiz reaktivlar 2–8°C haroratda saqlanadi;
– xavfli reaktivlar alifbo tarzida emas, pastki polkalarda saqlanishi
kerak;
– zaruriy bo‘yoqlar kundalik tayyorlangani ma’qul;
– barcha turdagi laboratoriyalarda reaktivlar saqlanadigan
xonalarda «CHEKILMASIN!» degan yozuv bo‘lishi kerak;
– xavfli reaktivlar alohida shkafda saqlanishi zarur;
– yonuvchi ximikatlar pol sathida po‘lat sandiqda, yaxshisi,
qulflanadigan omborda saqlanishi lozim;
– yonuvchi suyuq moddalarni
faqat oz miqdorda ochiq
tokchalarda saqlang;
– tarkibida spirt bo‘ladigan Romanovskiy-Gimza bo‘yog‘i va
kislota-spirtli eritmalar singari oson o‘t oluvchi eritmalarni ehtiyot
bo‘lib ishlating;
10
– xlorid kislotani ochiq shisha idishda qoldirmang,
chunki
xlorid kislota havoda korroziyalovchi bug‘lar hosil qiladi;
– reaktivlarni piрetkaga og‘iz bilan so‘rib olish taqiqlanadi
(masalan, korroziyaga sabab bo‘luvchi ximikatlar tirik to‘qimalarni
yemiradi);
– kislotani suvga hamisha sekinlik bilan qo‘shib,
ohista
aralashtiring, chunki bu reaksiyadan talaygina issiqlik chiqadi.
Тo‘yingan kislotaga hech qachon suv quymang;
– laboratoriyani yaxshilab shamollating. Xavfli ximikatlar bilan
ishlashda derazalarni ochib qo‘ying.
Do'stlaringiz bilan baham: