EKSPERT VA QAROR QABUL QILISH TIZIMLAR
Ekspert tizimlari (ET) oxirgi paytlarda (XX asrning 70-yillaridan boshlab) yangi mustaqil yо‘nalish – bilimlar injineriyasi, muxandisligi sohalari ichida jadal suratlar sun’iy intelektning rivojlanishiga olib keldi.
Bilimlar injineriyasi g‘oyasi amerikalik olimlar E.Feygenbaum va D.Mozesga tegishli. D.Mozes (Massachuts texnologik instituti) MACSIMA deb nom olgan algebraik ekspert tizimning asoschisi deb xisoblanadi. Bu tizim asosiga kompyuterli algebraning differensial va integral xisoblash (xisoblanish) va boshqa uslublar (metodlar) bо‘yicha bilimlar joylashtirilgan. E.Feygenbaum tomonidan ishlab chiqarilgan DENDRAL dasturi moddalarning kimyoviy tarkibini aniqlash uchun bilimlar bazasini qо‘llaydi.
E.Feygenbaum tomonidan 1977 yilda ET bо‘yicha aytib о‘tilgan, asos qilib olingan fikr-muloxazalarning ma’nosi shundan iboratki, u ekspert bilimlariga о‘ta yuqori malakali faoliyatning asosiy omili sifatida qaraydi. ETning ulkan imkoniyatlari u foydalanadigan konkret formalizmlar (rasmiyatchiliklar) va chiqarish sxemalari bilan emas, balki u qabul qila oladigan qarorlar orqali belgilanadi, ya’ni ekspertli bilimlar о‘z-о‘zlaricha ETning qurilishi (barpo etilishi) uchun ham zaruriy va deyarli yetarlicha bо‘lgan xolda nomoyon bо‘ladilar.
Hozirgi paytda ETlar integralli mikrosxemalarni loyixalashtirish, nosozliklarni aniqlash, dasturlashni avtomatizatsiyalashtirishning harbiy amaliyotda, tibbiyotda, kimyogarlikda va boshqa sohalarda ancha keng kо‘lamda tarqalganlar. ETlar bо‘yicha tadqiqotlar va ishlanmalar informatika bо‘yicha bir qator milliy loyixalarda belgilab berilgan. Xususan, AQShda qiymati 1,6 mlrd. dollarga teng bо‘lgan strategik kompyuterli dasturning moliyalashtirilishi rejalashtirilgan. Shunga о‘xshash Yevropadagi Esprit dasturi taxminan 1,94 mlrd. dollarga teng bо‘lgan moliyalashtirishga ega. Bu borada moliyalashtirish xajmlari о‘sib borishga moyilgini takidlab о‘tish kerak.
ETning asosiy tushunchalari.
Ekspert tizimlar – bu amaliy dasturlarning tо‘plami bо‘lib, intellektual masallalarni yechish uchun mо‘ljallangan. Ular kо‘p sonli mashinali protseduralar, muammolar yechimini aniqlash jarayonida, ma’lum ta’rif bilan qarorlar asosida natijaviy yechimlarni qabul qilishda mutaxassislarning malakasiga tayangan holda aniqqlanishi tushuniladi .
Bu kabi masalalar kunda keltirilgan tamoillarda asoslangan о‘ziga xos ma’lum bir xususiyatlarga ega:
Misollardagi dastlabki ma’lumotlarni noaniqligi yoki tо‘liq emasligi;
Masalani yechish uchun aniq algoritmning yо‘qlagi;
Tahlil qilinishi kerak bо‘lgan natijalarning о‘ta kо‘pligi;
Masalalarni formalizatsiya qilinishi (rasmiylashtirish, shakllantirish) ning mumkin emasligi (masalani raqamli shaklda aniqlab bо‘lmaydi yoki masalaning maqsadlari aniq belgilangan maqsadli funksiyaga tegishli terminlar orqali ifodalanmaydi);
Induksiya mehanizmlari va boshqa mantiqiy hisoblashlarni anchayin keng kо‘lamda qо‘llash. Induktiv metod (uslub) – xaqiqatga mos bilimlarni kichik majmuali bilimlardan katta (yirik) majmuali bilimlarga о‘tilishi asosida qо‘lga kiritish xamda umumiy ta’kidlanishlarni chakana ta’kidlanishlar asosida belgilash.
Kо‘rsatib berilganlar qatoriga rasmiylashtirilmagan (rasmiy deb sanalmagan), intellektual va qisman aniqlangan deb nom olgan masalalar kiradi. Masalan, ETda yechiladigan masalalar qatoriga shaxmat о‘ynash, ob-havo bashorati, kasalliklar diagnostikasi, nutq va tasvirlarni bila olish, jinoyatlarning sabablarini va kartinasini belgilash, foydali qazilmalar konlarini talqin etish va bashorat qilish, murakkab jangovor sharoitlarda qarorlarni qabul qilish, shaxsning psixologik portretini tuzish, kо‘p protsessorli (mashinali) tizimlar uchun jadvallarni tuzish, xisoblovchi tizimlar konfiguratsiyalarini loyixalash, kimyoviy birikmalar tarkibini aniqlash va boshqa shunga о‘xshash masalalar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |