1- peshona suyagi, 2- burun suyagi, 3- burun to’sig’i tog’ayi, 4- yon tog’aylari, 5- katta qanot
tog’aylari,6- burun kichik qanot tog’aylari, 7- yuqori jag’ (V.I. Babiyak 2009 y. I- tom, 45 bet.)
8
Togay qismi gialin tog’aydan tashkil topgan bo’lib, suyak qismini davomi
bo’lib, noksimon teshikning qirrasiga zich birikib turadi. Tashqi burunni yon devo-
rini ikki tomondan noto’g’ri uchburchak shakildagi tog’ay (cartilage nasi lateralis)
plastinkasi hosil qiladi. Bu tog’ayning pastki qirrasi burun qanotining katta
tog’ayiga ( cartilage alaris mayor) yopishib turadi. U o’zining katta yuzasi bilan
burun qanotini tashkil qiladi va medial oyoqchasi bilan burun to’sig’ini hara-
katchan qismi tarkibiga kiradi. Lateral oyoqchasi esa burun teshigini hosil qilishda
qatnashadi. Burun qanotining kichik tog’ayi (cartilage alaris minoris) yoki mayda
tog’ay to’qimalari burun qanotlaridan orqaroqda burunlab burmagi sohasida va
burun qanotining katta tog’ay oralig’ida joylashgan. Tashqi burun tog’aylariga
yana burun to’sig’i tog’ayining yuqori qismi kiradi. Tog’ayning oldingi-pastki
qismi burun to’sig’ini harakatchan qismini hosil qilishda qatnashadi. Orqa-yuqori
qismi esa burun suyaklariga birikib turadi.
Tashqi burun mushaklari insonda rudimentar xarakterga ega. Ulardan biri
yuqori labni va burun qanotini ko’taruvchi mushak- mimik funksiyalardan birini
bajaradi, masalan yoqimsiz hidni hidlagan mahal ishga tushadi. Boshq a mushak
ikki tugundan iborat bo’lib – burun teshigini toraytiruvchi mushak (m. compressor
naris) va burun teshigini kengaytiruvcni mushakdan (m. dilatator naris) iborat
bo’lib, burun qanotini pastga tortadi va burun bo’shlig’iga kirish teshigini ken-
gaytiradi. Uchinchisi esa qanotsimon tugunli bo’lib burun to’sig’ini pastga tortuchi
mushakdir (m. depressor septi nasi). Ular insonga bo’ysingan holda qisqarishi
mumkin, yoki reflektor qisqarishu mumkin, masalan chuqur nafas olganda, yoki
turli xil emotsional holatlarda.
Burunning teri qoplamasi teri bezlariga boy bo’lib, ular burinning pastki
uchdan bir qismida ko’p bo’ladi. Burun dahlizi( vestibulum nasi) ham 4-5 mm
masofada teri bilan qoplangan bo’lib, bu sohada ko’pgina tuklar, yog’ bezlari, ter
bezlari hamda soch qopchalari joylashgan bo’ladi. Teri burun bo’shlig’ga qayrilib
o’tadi va burun bo’sag’asini (limen nasi) hosil qiladi. Burun bo’shlig’ga kirish
qismida soch tolalari boladi (vibrissae). Shu tolalarning yallig’lanishi chipqon (fu-
runkul) kasalligiga olib kelishi mumkin.
Tashqi burunni qon bilan ta’minlanishi ikkita qon tomir hisobiga amalga
oshadi. Birinchisi burunning dorsal arteriyasi (a.dorsalis nasi) ichki uyqu arteriya-
sidan chiquvchi ko’z arteriyasining (a.ophtalmica) tarmog’i hisoblanadi. Ikkinchisi
burchakli arteriyasi (a. angularis) bo’lib, tashqi uyqu arteriyasidan chiquvchi yuz
arteriyasining (a. fatsialis) tarmog’i hisoblanadi. Bu arteriyalar qarama- qarshi
tomondagi huddi shu nomli arteriyalar bilan va burun to’sig’i bilan anastamoz
9
hosil qiladi. Vena qoni tashqi burundan yuz venasiga ( v. fatsialis) va u orqali ichki
buyuntiriq venaga ( v. jugularis interna) quyiladi. V. Fatsialis esa o’z navbatida
quyidagilardan: burchakli vena (v. avgularis), tashqi burun venalari (v. nasalis ex-
terna), yuqori va pastki lab venalari (v. labialis superior at inferior) hamda yuzning
chuqur venalari (v. fatsialis profunda) dan hosil bo’ladi. V. angularis g’orsimon s i-
nusga (sinus cavernosus) quyiladigan yuqori ko’z venasi (v. ophtalmica superior)
bilan ham anastamoz hosil qiladi. Infeksiya tashqi burundagi yallig’lanish
o’choqlaridan g’orsimon sinusga tarqalib, juda og’ir va kalla ichi asoratlariga olib
kelishi mumkin.
Tashqi burun limfa qon tomirlaridan limfa suyuqligi jag’ osti va quloq
atrofi limfa tugunlariga quyiladi.
Tashqi burun innervatsiyasi. 1) harakatlantiruvchi tarmog’i- yuz nervi
( n.fatsialis) hisoblanadi. 2) sezuvchi tarmog’i- uch shoxli nervning I va II tarmog’i
(nn. supraorbitalis et infraorbitalis) hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: