A, b– makrosmatiklar; c, d- mikrosmatiklar; a- mushuk; b- tulki; c- shimpanzi; d- inson.
32
Hid bilish funksiyalarini yana bir ko’rsatkichlarridan biri bo’lib- latent davri
hisoblanadi. Insonda o’rtatsha latent davri- 0,4-0,5 sek.teng. Uning o’zgasishi
tashqi va ichki omillarga bog’liq. Masalan : hid bilish yorig’idan ko’p miqdordagi
hidli moddalar o’tib, ularni shilliq qavatda diffuziya bo’lishiga ham bog’liqdir.
Diffuziya darajasi, burun yo’llaridan havo oqimi va uning qarshiligiga bog’liq. Bu-
run yo’llaridagi havo oqimi va uning qarshiligi esa burun klapanlariga bog’liq.
Burun klapanlari anatomik- fiziologik burun torayishidan hosil bo’ladi.
Hid bilish analizatorining sezgirligi va latent davri adaptatsiya Xususiyatiga
bog’liq. Analizatorlarning adaptatsiyasi- adekvat ta’sirlarga hid bilish o’tkirligini
yo’qolishi tushuniladi. Adaptatsiya bosh miya nerv sistemasi foaliyati bo’lib, bular
manfiy induksiya va kimyoviy tormozlanish jarayonlari bilan tushuntiriladi.
Kuchli hidli moddalar bilan ishlovchilar o’zgarishsiz bir joyda 3-5 hafta
davomida ishlasalar, ularda shu hidlarni sezish butunlay yo’qolib boradi. Bunday
hodisaga to’liq adaptatsiya deyiladi.
Hid bilish sohasidagi hid bilish raseptorlari hujayralarining o’ziga hos pig-
mentli ko’rinishing roli oxirigatsha ma’lum emas. Shu ma’lumki mikrosmatiklarga
nisbatan, makrosmatiklarda u to’qroq tusda bo’ladi. Ayrim olimlarning fikricha
bu pigment kimyoviy modda bo’lib, ular hid bilish jarayonida o’ziga kerakli medi-
ator va ferment bilan birika olish qobiliyatiga ega bo’lishi mumkin ekan. Bu ke-
lajakda jiddiy izlanishni talab etadi.
Hid bilish faoliyatini pasayishi- giposmiya, hid bilish faoliyatini kuchayishi-
giperosmiya, hid bilish faoliyatini umuman bo’lmasligi-
anosmiya, hid bilish faoli-
yatini buzulishi- parosmiya, yomon hidlarni bilish esa, ko’pincha hid bilish gal-
yusinasiyaalari bilan kechishi- kakosmiya deyiladi.
Hid bilish nazariyalari. Aslida hid sezish xususiyatini tushunturuvchi
quyidagi nazariyalar mavjud.
1. Kimyoviy nazariya (Svaardemakera nazariyasi). Hidli moddalar mole-
kulalari hid sezuvchi nerv to’qimalarini qoplab turuvchi burun suyuqliklariga
singib (shimilib), shu nerv tolalari bilan o’zaro aloqada bo’lib, yog’ga
o’xshash modda (lipoid) da eriydi. Nihoyat nerv tolalarini qo’zg’atib, hid
sezish analizatorining miya qobig’i- mag’ziga o’tib, hid sezish vazifasini baja-
radi.
Svaardemaker barcha bor hidli moddalarni 9 ta guruhga bolgan:
1) Efirsimon hid (mevali, asalari mumi hidi, smol, efir);
2) Xush bo’y islilarga (kamfora, atschiq bodom, limon)
3) Balzamlilarga ( gullar hidi, vanillin)
4) Ambromushklilarga ( ambra, mushk)
5) Sarimsoqli ( ixtiol, xlir, brom)
6) Biro oz kuyganlarga ( qovurilgan kofe, tamaki tutuni, piridin)
33
7) Kaprilsimon ( pishloq)
8) Qo’lansa hidli ( mingdevona hidi)
9) Ko’ngilni aynatadiganlar ( o’lik hidi)
2. Fizik nazariya (Geyninks nazariyasi). Atom molekulalari bilan butunlay
to’yinmagan eritmalar odorivektorlar deb ataladi.
Odorivektorlar tebranish tarqatib, kuchli to’lqin tezligida hid sezish reseptor-
lariga uzatiladi va ularni qo’zg’ati natijasida hid seziladi. Geyninks hidli
moddalarni 6 guruhga bo’lgan. Bular o’tkir hidlilar, gulli hidli, meva hidli,
smolali, biroz kuygan hidli, chirigan hidlilardir.
3. Fizik-kimyoviy nazariya (Myuller nazariyasi) Hid sezish reseptorlari hidli
moddalarning elektrokimyoviy ta’sirida qo’zg’aladi.
Do'stlaringiz bilan baham: