Klaviaturaning issiq klavishlardan foydalanish


Klaviaturadan unumli foydalanish



Download 23,2 Kb.
bet2/2
Sana27.01.2022
Hajmi23,2 Kb.
#412738
1   2
Bog'liq
Klaviatura issiq klavishlari


Klaviaturadan unumli foydalanish


Klaviatura va uning ajralmas do‘sti – sichqoncha stol ustida qanchalik qulay joylashsa, kompyuterda shunchalik maza qilib ishlaysiz. Shu sababli ularni joylashtirayotganda quyidagi bir necha tavsiyalarga amal qiling.
Avval klaviaturani stol ustiga qo‘ying. Orasidagi masofani shunday belgilangki, tirsagingiz tanangizga taqalib turganda barmoqlaringiz klaviatura markaziga tegadigan bo‘lsin.
Sichqonchani klaviaturaning o‘ng tomoniga qo‘ying (chapaqay bo‘lsangiz – chap tomonga).
Sichqoncha klaviaturaga yaqinroq tursin, lekin, uni ishlatganda bosh barmog‘ingiz klaviaturaga tegib ketadigan bo‘lmasin.
Qo‘lingiz klaviaturadan sichqonchaga o‘tishda tirsagingiz tanangizning yon tomonida tursin.
Klaviaturangizda qo‘l uchun qo‘yilma bo‘lsa ham, matn terayotganda undan foydalanmang. Faqat tanaffus qilganda qo‘yib turishingiz mumkin. Agar ishlayotganda ham qo‘yilmaga tayanib tursangiz, bu bilan panjaga bosim ortadi va qo‘lni toliqtiradi.
Sichqonchani o‘ng qo‘lingiz bilan boshqarayotganingizda, chap qo‘lingiz bilan klaviaturaning chap tomonidagi klavishlarda ishlash tavsiya etiladi.
Klaviaturani «zabt etamiz»
Klaviaturada 100 dan ziyod klavishlar bor. Bu klavishlar to‘rtta qismga bo‘linadi.
Yuzlab klavishlarni boshqarishning o‘zi bo‘lmaydi. Ba’zida qaysi klavishni qaysi barmoq bilan bosishni bilmay qolasiz. Bu ishni soddalashtirish uchun qo‘llarning joylashuvi va klavishlarning barmoqlar bo‘yicha taqsimotini bilib olish kerak:
Chap qo‘lingiz terish sohasining chap tomonida turadi, chap qo‘l ko‘rsatkich barmog‘i «F» klavishi ustida turadi.
O‘ng qo‘lingiz terish sohasi o‘rtasida turadi, o‘ng qo‘l ko‘rsatkich barmog‘i «J» klavishasi ustida tursin. Shunda ikkala qo‘lingiz bosh barmoqlari uzun probel klavishasi ustiga to‘g‘ri keladi. «F» va «J» klavishlarda bo‘rtib turgan nuqta yoki chiziqchalar bo‘ladi, ular yordamida bu klavishlarni ko‘zni yumib ham topib olasiz.
Navigatsiya va raqamli paneldagi klavishlarni faqat o‘ng qo‘l yordamida terasiz. F-qatorda ikkala qo‘l ham ishlataveriladi.
Matn terishning ikki usuli bor: o‘nta barmoqda, klaviaturaga emas, monitorga qarab terish va kerakli klavishni ko‘zingiz bilan izlab topib, bir necha barmoq bilan terish. Klaviatura ikkala usulda terishga ham birdek moslashtirilgan:
Har bir barmoq uchun terish sohasida alohida klavishlar ajratilgan, bu matn terishni tezlashtiradi va soddalashtiradi. Barmoqlar joylashuvi quyidagi tarzda bo‘ladi:
Matn terilayotganda qo‘llaringiz klaviatura usida bo‘ladi, terishdan to‘xtaganingizda esa, yoki stol ustiga, yoki klaviatura qo‘yilmasiga qo‘yib turasiz.
...ishni rohatga aylantiramiz Dastlab, ish o‘rningizni qulay qilib oling: Klaviatura va monitorni to‘g‘ringizga qo‘ying, sichqoncha uning yonida tursin. Tirsaklar tana yon tomonida turadi.
Klaviatura va sichqoncha tirsak barobarida yoki undan ham pastroqda tursin.
Oyoqlar qattiq asosga tiralib turadigan, yelkalar xotirjam holatda bo‘lsin.
Stol ustida faqat kerakli narsalargina tursin. Ularni ham ishlatilishiga qarab, kamroq ishlatiladiganlarini uzoqroqqa qo‘ying. Matn terayotganda qo‘lingizni stolga, klaviatura chetiga qo‘yib olmang, bilagingiz to‘g‘ri tursin. Bukchaymang. Matn terayotganda o‘zingizni bo‘sh qo‘yishingiz katta ahamiyatga ega, ko‘zingiz zo‘riqayotganini, qo‘llaringiz toliqayotganini sezsangiz, o‘zingizga dam bering. Qo‘llaringizni yon tomonga tashlab, bir oz ko‘zingizni yuming yoki uzoqdagi jismlarga, yaxshisi, derazadan osmonga qarang. Kompyuterda uzoq ishlash sirlari Yuqoridagi qoidalarga rioya etib, o‘zingiz uchun qulay ish sharoitini yaratib oling. Shunda ortiqcha harakatlardan qutulasiz. Tez-tez dam oling. Kamida bir soatda ikki marta o‘rningizdan turib, aylanib keling. Kun davomida ish turini o‘zgartirib turing. Vaqti-vaqti bilan qo‘l va barmoqlarni mashq qildirishni unutmang. Klaviatura va sichqonchani kuch bilan bosmang. Klavishlar va sichqoncha tugmalarini qattiq bosishdan, barmoq bilan urishdan foyda yo‘q. Bundan u tez ishlab qolmaydi. Eng muhimi – xotirjamlikni yo‘qotmang. Qizishish, charchoq, zo‘riqish paydo bo‘lishi bilan ishni to‘xtating. Bir aylanib kelib, yengil tortgach, kelgan joyidan davom ettiraverasiz. Ish qochib ketmaydi, asab esa kelajakda rosa kerak bo‘ladi.
Download 23,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish