Klasterlarni shakllantirish: tajribalar, natijalar va innovatsion yondashuvlar


QISHLOQ XO’JALIGIDA LOGISTIKА INFRАTUZILMАSINI RIVOJLАNTIRISh



Download 3,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/179
Sana27.06.2022
Hajmi3,82 Mb.
#708222
TuriСборник
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   179
Bog'liq
Анжуман Клатер-2021

 
QISHLOQ XO’JALIGIDA LOGISTIKА INFRАTUZILMАSINI RIVOJLАNTIRISh 
ISTIQBOLLАRI. 
Xodjayev Anvar Rasulovich 
Amonov Mirzohid To’ymurodovich 
Buxoro davlat universiteti
“Iqtisodiyot” kafedrasi oʻqituvchilari 
Mamlakatimizning ichki transport tizimi qishloq xo’jaligida muhim ahamiyat kasb etib, 
mahsulotlar ishlab chiqarish jarayonini davom ettiruvchi, nihoyasiga yetkazuvchi, ya‘ni 
iste‘molchiga yetkazuvchi sohaga aylangan. Transport sanoat va qishloq xo'jaligi ishlab 
chiqarishidagi etkazib beruvchi bo'g'in sifatida rivojlanmoqda. CHunki yuk tashish va yuk 
oqimlarining hajmi, xalq xo'jaligining barcha tarmoqlarida ishlab chiqariladigan mahsulotlar 
miqdori, ularni ishlab chiqarish va iste‘mol qilish punktlariga, Respublika xududining har 
qanday joylariga, mavjud yo'llar orqali etkazilib berilishi transportning rivojlanishiga bog'liq. 
SHuningdek, transport tovar ishlab chiqarish sohalarining ulkan iste‘molchisi bo'lib, ishlab 
chiqariladigan mahsulotlar strukturasi va hajmiga bog'liq holda tovar aylanmasini tezlashtirish, 
bozor iqtisodiyotini jadallashtirishda juda katta ahamiyatga egadir. Transport jahon moddiy 
ishlab chiqarish tarmoqlarining uchinchi muhim tarmog'idir. U sanoat va qishloq xo'jaligi 
tarmoqlaridan farqli ravishda biron-bir xil mahsulot ishlab chiqarmasada, ishlab chiqarishning 
rivojlanishida juda katta o'rin tutadi. Logistika – mahsulotlar oqimini boshqarish, xomashyo 
bilan taʼminlashdan boshlab, to oxirgi isteʼmolchiga tayyor mahsulot yetkazib berilguncha, shu 
bilan birga, materiallar harakatiga yordam qiluvchi moliyaviy va axborot oqimigacha boʼlgan 
jarayonlarni oʼz ichiga oladi.
Qishloq xo’jaligida logistika murakkab tizim boʼlib, qishloq xoʼjaligida ishlab chiqarish, 
transport, saqlash, tashish va axborot taʼminoti jarayonlarini oʼz ichiga oladi. Har bir turdagi 
transportdan foydalanishning oʼziga xos xususiyatlari mavjud boʼlib, ular quyidagilardan iborat:
1. Transportni yuk tashish imkoniyati, yaʼni sigʼimi. Bu xususiyat maʼlum
darajada transport xarajatlarini belgilaydi.
2. Transportning harakatlanish tezligi, mahsulotlarni buyurtmachilarga
yetkazib berish vaqti.
3. Uzoq muddat saqlash qiyin boʼlgan mahsulotlarni temir yoʼl orqali
tashishning murakkabligi.
4. Tashish borasida qoʼshimcha xarajatlarni talab qilinishi.
Ushbu omillar logistika tizimini jadallik bilan rivojlantirish, shu jumladan, transportda 
yoʼlovchi va yuk tashish sifatini oshirish, 10 ming kilometrlik respublika va mahalliy yoʼllarni 
qurish va taʼmirlash, xalqaro yuk tashishlarga ixtisoslashgan transport-logistika qoʼshma 
korxonalarini tuzish, Buxoro, Qarshi, Nukus va Termiz xalqaro aeroportlarini “ochiq osmon” 
rejimiga oʼtkazish, “Navoiy quruqlik porti”ni tashkil etish masalalariga alohida eʼtibor qaratish 
zaruratini keltirib chiqaradi. Holbuki, respublikaning mavjud salmoqli tranzit salohiyati toʼliq 
darajada ishga tushirilmagan. Vujudga kelgan tranzit va tarif siyosatidagi nomaqbullik 
qoʼshimcha ravishda tranzit yuk oqimini jalb etishga toʼsqinlik qilmoqda.
Logistika markazlari va TIR-parklar tarmogʼini tubdan rivojlantirish, avtotransport 
vositalari va havo kemalari parkini kengaytirish hamda ularni sifatli yonilgʼi-moylash 
materiallari bilan oʼz vaqtida va toʼliq hajmda taʼminlash talab etiladi. Tashqi savdo transport 
yoʼlaklarini yanada diversifikatsiyalash uchun qoʼshimcha qulay shart-sharoitlarni yaratish, 
mamlakatimizning tranzit salohiyatini oshirish, shuningdek, mahalliy transport-logistika 
kompaniyalarini rivojlantirish hamda ularning tashqi va ichki bozorlardagi raqobatdoshligini 
yuksaltirish maqsadida respublika hukumati tomonidan 2015-2020 yillarda muhandislik-


145 
kommunikatsiya va yoʼl-transport infratuzilmasini rivojlantirish hamda modernizatsiyalash 
dasturi amalga oshirilmoqda.
Dasturda yuksak xalqaro talablar va standartlarga mos keladigan milliy transport 
tarmogʼini rivojlantirish sohasida yagona kompleks strategiyani ishlab chiqish, respublika 
mahsulot ishlab chiqaruvchilarining oʼz mahsulotini mintaqa va jahon bozorlariga istiqbolda olib 
chiqish talab-ehtiyojlarini hisobga olgan holda uning xalqaro transport kommunikatsiyalariga 
keng miqyosda integratsiyalashuvini taʼminlash nazarda tutiladi.
Bu dastur doirasida umumiy qiymati 1580 million АQSh dollaridan oshadigan temir yoʼl 
infratuzilmasini rivojlantirish va aviatransport sohasida bir qator loyihalar amalga oshirildi, 
shuningdek, umumiy uzunligi 695 kilomertli avtomobil yoʼllari barpo etildi va rekonstruktsiya 
qilindi.
Shu bois bu borada qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlash va tashish xizmatlari yuzasidan 
quyidagi tadbirlarni amalga oshirish zaruratini keltirib chiqaradi:

mahalliy va magistral yoʼllarni qurish, joriy va kapital taʼmirlash ishlarini 
meʼyoriylashtirish hamda mazkur meʼyorlarga bosqichma-bosqich amal qilish;

avtomobil yoʼllariga qoʼyiladigan talablarni bosqichma-bosqich jahon standartlariga 
moslashtirish;

xususiy sektor va davlat xususiy sherikchilik asosida shaharlararo yuqori tezlikdagi pullik 
avtomobilь yoʼllarini tashkil etish;

tashish xizmatlari bozorida xususiy sektori ulushini oshirish yoʼllarini ishlab chiqish;

tashish xizmatlari standartlarini ishlab chiqish; 

tashish xizmatlariga qoʼyiladigan standartlarni xalqaro standarlarga bosqichma-bosqich 
oʼtkazish yoʼllarini ishlab chiqish;

xalqaro darajadagi bir yoʼl bir makon loyihasida Oʼzbekiston faol qatnashishi uchun 
barcha zarur shart-sharoitni yaratish;
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki qishloq xoʼjaligi logistik infratuzilmalarining 
umumiy koʼrinishi yaxshilashda ushbu tadbirlar yaqin kelajakda mamlakat logistika tizimini 
jahon andozalari darajasiga koʼtarish va xizmatlar sohasini jadal rivojlantirishga hamda qishloq 
xoʼjaligi mahsulotlari eksportini rivojlantirishda logistika infratuzilmalari faoliyatini samarali 
tashkil etish va samaradorligini oshirish uchun axborot toʼplash va ulardan samarali foydalanish, 
omborxona, transport va ularning taʼminoti, logistik faoliyatni rivojlantirish hamda xalqaro 
logistik raqobatga bardosh beruvchi asosiy vosita boʼlib xizmat qiladi. 

Download 3,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish