1-topshiriq. Klaster usulidan foydalanib muloqotning xususiyatlarini ochib bering.
Shaxslararo - massa
Aloqa masofali
Muloqot
Dialog - monolog
Bevosita - Bilvosita
Og’zaki - yozma
5 - mashq. Berilgan shakl asosida da’vo xati mazmunini to‘ldiring.Tovar turi sifatida kompyuterni ko'rsating.
Kompyuter yetkazib berish kechiktirilgani uchun jarima to‘lash haqida
DA’VO
11.05.2021 dagi 17-raqamli shartnomaga binoan
Siz Lenovo ga bahosi olti million so’m bo‘lgan
4 dona noutbuk yetkazib berishingiz kerak edi.
Biroq ko'rsatilgan shartnomaning shartlari buzilgan holda
Kompyuter 5 kun kechikib yetkazib berildi.
Shartnomaning bandiga muvofiq, tashkilotingiz muddatida
yetkazib bermagan olti million so‘mlik kompyuter
bahosidan 12 % miqdorida Sizning hisobingizga yetti yuz yigirma ming
so‘m jarima yozildi.
Ko‘rsatilgan jarima summasini 30 kunlik muddatda bizning
712381274 hisob-kitob raqamimizga o‘tkazishingizni so‘rayman.
Mazkur summa belgilangan muddatda to'lanmagan taqdirda ish xo'jalik sudiga oshiriladi.
Litsey direktori B. Karimov
(imzo)
6 - mashq.Quyidagi javob xatida tushirib qoldirilgan qo'shimchalarni to‘g‘ri qo‘yib, daftaringizga yozing.
«Xabar» gazetasi bosh
muharriri S. Safarovdan
«Fidokor» gazetasi tahririyati tomonidan 2020- yil 3- martda yuborilgan 1-01-90 raqamli so‘rov xatingizga javobda Sizga shuni ma’lum qilamizki, mahallamizda yashovchi bir guruh yoshlarning 14- turar joy dahasida ommaviy sport turlari bilan shug‘ullanishi uchun yetarli sharoitlar yo‘qligi to‘g‘risidagi shikoyat xatida ko‘rsatilgan kamchiliklar mahalla faollari yig'ilishining shu yil 23- martda o‘tkazilgan yig‘inida ko‘rib chiqiladi.
Xatda ko'rsatilgan kamchiliklar asosli ekanligi tan olindi .Yunusobod tumanining 14- dahasidagi qarovsiz qoldirilgan maydonlarini tozalash, uylar hovlisidagi garajlarni oldirib, o‘yingohlarga aylantirish, mavjud sport inshootlarini ta’mirlash vazifalari «Hashar» kommunal xo'jaligi rahbari Q. Ochilovga topshirildi.
Ko‘rilgan ushbu chora-tadbirlarning ijrosi haqida tahririyatingizni qo'shimcha xabar qilamiz .
«Yunusobod» mahalla qo‘mitasi raisi S. Olimov.
1 - mashq.Hisobot matnidagi nuqtalar o'rnini tegishli so‘z va qo'shimchalar bilan to‘ldirib, matnni daftaringizga ko'chiring.
Sizning topshirig’ingizga binoan 10—15-sentabr kunlari Buxoro shahrida xizmat safarida boldim. Bundan maqsad viloyat gazlashtirish idorasi bilan xo‘jalik va xususiy xonadonlarga gaz o'tkazish va ellik kilometr (diametr 30 mm) truba yetkazib berish bo’yicha shartnoma tuzish edi.
Shartnoma tuzildi. Unga ko’ra trubalar shu yilning 20- noyabrigacha xo‘jaligimizga keltiriladi.
Ilova: 2002- yil 15- sentabrda tuzilgan shartnoma nusxasi
Do'stlaringiz bilan baham: |