Klassik universitet darsligi o'zbekiston Milliy universitetining 100 yilligiga bag’ishlanadi


 Yonbag‘irlarning tikligi natijalari bo‘yicha xaritani tuzib



Download 6,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet183/260
Sana16.01.2022
Hajmi6,87 Mb.
#375603
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   260
Bog'liq
pdf (1)

 
11.3.1. Yonbag‘irlarning tikligi natijalari bo‘yicha xaritani tuzib 
chiqish 
 
Joyning relefini nisbatan batafsil holatda o‘rganib chiqilishi uchun, 
yonbag‘irlar  tikligi  bo‘yicha  mavzuga  oid  xarita  tuzib  chiqildi.  Umumiy 
holatda,  yonbag‘ir  nishabligining  fizik  manzarasini  quyidagi  ko‘rinishda 
tavsiflash  mumkin:  ya’ni,  nishablik  qanchalik  tik  holatda  bo‘lsa,  jinslar 
zarrachalarining  ishqalanish  kuchini  engib  o‘tishga  intiluvchi  va  ularni 
pastga  tomon  siljituvchi  ta’sirga  ega  bo‘lgan,  og‘irlik  tayanch  kuchini 
tashkil  qiluvchi  qiymat  shunchalik  sezilarli  darajada  bo‘lishi  qayd 
qilinadi.  Og‘irlik  kuchi  yonbag‘irlarning  tuzilishi  xususiyatlarining 
shakllanishiga yordam beradi yoki halaqit beradi: ya’ni, bunda jinslarning 
mustahkamligi,  turli  xil  tarkibga  ega  bo‘lgan  qavatlarning  joylashish 
ketma-ketligi  va  ularning  nishablik  darajasi,  jinslar  o‘rtasidagi  o‘zaro 
ishqalanish  kuchini  susaytiruvchi  ta’sir  ko‘rsatuvchi  er  osti  suvlari  kabi 
omillar  nazarda  tutiladi.  Tarkibi  nisbatan  zich  holatdagi  darz  ketish 
sohalariga  ega  bo‘lgan  jinslardan  (masalan,  ohaktoshlar)  tashkil  topgan, 
nisbatan  tik  holatdagi  yonbag‘irlar  uchun  cho‘kish  holati  tipik  holat 
hisoblanadi.  Ushbu  sanab  o‘tilgan  omillarning  birlashishiga  bog‘liq 
holatda,  yonbag‘irlarda  amalga  oshuvchi  jarayonlar  turli  xildagi 
manzaraga  ega  hisoblanadi  va  agar,  turli  xil  omillarning  birgalikdagi 
ta’siri  hisobga  olinsa,  u  holda  yonbag‘irlarning  tiklik  darajasi  va  fizik 
tavsiflari  tuproqlarning  eroziyaga  uchrash  jarayonlariga  kuchli  darajada 
turtki  berishi  qayd  qilinadi.  Xaritalarida  tik  holatdagi  yonbag‘irlar 


 
169 
(rasmlarda,  yacheykalari  nisbatan  to‘qroq  ifodalangan)  birlamchi  model 
tarkibida  ranglarning  keskin  o‘tish  holatlari  qayd  qilinuvchi  sohalarda 
joylashgan (rasmga qarang).  
Bizga  ma’lumki,  ko‘pincha  holatlarda  kosmik  tasvirlarni  qayta 
shifrlashda  fototon,  foto-tasvirlarning  strukturasi  va  teksturasidan 
foydalaniladi,  biz  qarab  chiqayotgan  holatda  ham  ushbu  tamoyildan 
foydalanilgan.  O‘zaro  farqlanishlarni  yaxshiroq  ifodalash  uchun,  biz  bu 
holatlarni  yorqin  havorangdan  to‘q  ko‘k  ranggacha  belgilashni  amalga 
oshirdik. Bunda tamoyil quyidagicha: ya’ni, yonbag‘irning tiklik darajasi 
qanchalik yuqori bo‘lsa, bu soha undan oldingisiga nisbatan to‘qroq rang 
bilan  ifodalanadi.  Masofadan  olingan  tasvirlar  materiallarini  tahlil  qilish 
natijalari  ko‘rsatishicha,  tog‘  jinslarini  qayta  shifrlashning  o‘ziga  xos 
xususiyatlari yuqori balandlik mintaqalariga oid landshaftlar va tuproqlar 
qatlamlarining mavjudligi bilan bog‘liq hisoblanadi.  
Foto-tasvirlarning  rasmi  -  bu  ctruktura  va  teksturaga  oid  bo‘lgan 
xossa-xususiyatlar  umumiyligidan  tashkil  topgan  bo‘lib,  tog‘  mintaqasi 
sharoitida  landshaftlar  va  tuproqlar  qoplamining  o‘ziga  xos  optik-vizual 
tavsiflarga  egaligi  bilan  bog‘liq  ravishda,  ushbu  xossa-xususiyatlar 
tarkibiga tuproq xosil qiluvchi jinslarning optik xossalari va yonbag‘irlar 
tarkibining  turli  xil  ekspozitsiyada  yoritilganlik  darajasi,  Shuningdek 
yonbag‘irlar qiyaliklari sohalarining yoritilish-soya tushishi bilan bog‘liq 
mozaik tavsifga egaligi kabi xususiyatlar ham qo‘shiladi. Tadqiqot amalga 
oshirilgan hududda yonbag‘irlarning tiklik darajasini hisoblash ishlari 3D 
Analyst/Surface/Derive Slope dasturi yordamida amalga oshirildi.  
 
 
11.3.1-rasm. Yonbag‘irlarning tiklik darajasini o‘rganish natijalarini aks 
ettiruvchi xarita va uning uch o‘lchamli modeli 

Download 6,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish