Ob’ektlarni ularning atributlari bo‘yicha tasniflash
- bu har
qanday hoxlagan tadqiqotlarning zaruriy tarkibiy qismlaridan biri
hisoblanadi. Bunda biz ob’ektlarni turli xil uslublar yordamida qandaydir
belgilari asosida toifalarga (
kategoriya
) bo‘lib chiqishimiz talab qilinadi
va ushbu toifalarni nisbatan umumiy sinflar bilan bog‘lash yoki ularni
axborotlarni nisbatan to‘liqroq ifodalash uchun, kenja toifalarga ajratib
chiqishni amalga oshiramiz. Haqiqiy mavjud ob’ektlarni ikkita guruhga
ajratib chiqishning tamoyil jihatidan ikkita turli xil usullari mavjud
hisoblanadi: ya’ni, sifat belgilari (granitlar, gabbr, sienitlar va hakozo)
bo‘yicha va shuningdek, miqdoriy belgilariga ko‘ra (margimush miqdori,
magnit maydonining kuchlanishi va boshqalar) ajratib chiqish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |