132
avtomatlashtirilgan axborot tizimlari sifatida qarab chiqish mumkin.
Jumladan, ET kirish axborotlarini guruhlarga ajratib chiqishni amalga
oshirishi, maslahatlarni berishi, hulosalar chiqarishi, tashhis qo‘yishni
bajarishi, oldindan prognoz qilishga o‘rgatishi, identifikatsiyalashi,
shahlashi va boshqa fuknsiyalarni bajarishi talab qilinadi.
Boshqa avtomatlashtirilgan tavsifda funksiya bajaruvchi tizimlar
oldida ETlarning asosiy afzalliklari quyidagilardan tashkil topadi:
Yaqin davrlargacha IBM PC yordamida amalga oshirish qiyin yoki
imkoni mavjud bo‘lmagan deb hisoblanilgan, qiyin ro‘yobga oshiriluvchi
masalalarning yangi sinflarini hal qilish, optimallashtirish yoki baholash;
Dasturchi bo‘lmagan foydalanuvchilar uchun, o‘z predmet sohasiga
tegishli bo‘lgan masalalarni hal qilish va IBM PC dan samarali
foydalanish uchun axborotlarning vizualizatsiyasi uslublarini qo‘llash va
tabiiy tilda muloqotni olib borish imkoniyatlarining ta’minlanishi;
Nisbatan yuqori darajada ishonchli va kasbiy mahorat jihatidan
nisbatan mukammal (kvalifikatsion) xulosalarni chiqarish yoki qarorlarni
qabul
qilish,
jumladan
foydalanuvchi
tomonidan
sanksiyalar
belgilanmasligi asosida ish bajarish uchun, ESning o‘z-o‘zini o‘qitish
tizimlariga egaligi, bilimlardan foydalanish tartib-qoidalari, ma’lumotlar
va bilimlarning to‘planishi
imkoniyatlariga egaligi;
Foydalanuvchida tegishli axborotlarning mavjud emasligi yoki bu
masalalarning turli-tumanligi yoki hatto, IBM PC yordamida hal qilishda
ham echimlarning chiqarilishi uchun uzoq vaqt talab qilinishi sababli,
foydalanuvchining o‘zi qarorlarni chiqarish imkoni mavjud bo‘lmagan
vaziyatlarda, ayrim masalalar va savollarga javob topish imkoniyatlari
mavjudligi;
Rivojlangan qurollar vositalaridan foydalanish va Shuningdek, ishlab
chiqaruvchi-foydalanuvchining shaxsiy tajribasi hisobiga, yakka tartibda
ixtisoslashtirilgan ETni yaratish imkoniyatlari mavjudligi kabilardan
tashkil topadi.
Ekspert
tizimlar
tarkibiga
joylashtiriluvchi
axborotlarning
strukturasi asosini bilimlarning ifodalanishining ikki xil turdagi ya’ni,
yuzaki va chuqur tavsifdagi tamoyillari tashkil qiladi. Bunda keltirilgan
birinchi tamoyil belgilangan tartib-qoidalar asosida ro‘yobga oshiriladi,
ikkinchisi esa - fraymerlar vositasida ta’minlanadi.
Belgilangan qoidalardan foydalanish asosida, bilimlarning dasturiy
maxsulotlar ko‘rinishida ro‘yobga oshirilishi nisbatan qimmat turmaydi,
biroq bunda ET strukturasi nisbatan qat’iy tartibga ega hisoblanadi, ya’ni
bunda o‘zgartirishlar kiritilishi yoki tuzatishlarni amalga oshirish
murakkab va samaradorligi past bo‘lgan vazifalar hisoblanadi (ya’ni,
133
dasturning o‘zini yaratishga nisbatan solishtirilganda, sezilarli darajada
murakkab tavsifga ega hisoblanadi).
Boshqa tomondan olib qaralganda, garchi yuzaki ifodalashlar
muhokama
asosida
chiqariluvchi
xulosalar
va
konsepsiyalarni
shakllantirish imkonini bermasa-da, ular yordamida assotsiatsiya
tavsifidagi masalalarni empirik nuqtai nazardan hal qilishni amalga
oshirish mumkin.
Fraymlar strukturalari yordamida bilimlarni xosil qilish - bu
murakkab va qimmat turuvchi jarayon hisoblanadi, biroq bunda
navbatdagi bosqichda tarkibiga yangi bilimlarni kiritish va eskilariga
tuzatishlar kiritish imkonini beruvchi, model tavsifni yuzaga keltirishga
erishiladi, bundan tashqari fraymerlar umumlashtirishlar
orqali muhokama
asosida xulosalar chiqarish va natijada yangi bilimlarni xosil qilish
imkonini beradi.
GAT tarkibida ekspert tizimlardan foydalanish samaradorligi ularni
barcha vaziyatlarda ham qo‘llashni belgilab bermaydi. Ma’lumotlar bazasi
bilan solishtirilganda, ekspert tizimlar nisbatan qat’iy talablarga ega
hisoblanadi, jumladan masalalar echimlarini tashkil qilish va talab
qilinuvchi bilimlarning minimal miqdori, shakllantiriluvchi bilimlar kabi
holatlar qat’iy belgilanadi.
Ekspert tizimlarni yaratishda quyidagi keltirilgan, eng kamida uchta
masala yuzaga keladi:
Xotira tarkibiga kiritiluvchi axborotlarning etarlicha darajada
to‘liqligi ta’minlanishi. Bu masala kalit sifatidagi (asosiy) bilimlarni
ajratib olish va ma’lumotlar strukturasi tarkibida ularning o‘zaro
aloqadorliklarini belgilash, shuningdek ushbu axborotlardan amaliy
masalalarni hal qilish uchun samarali foydalanish imkonini beruvchi
kodlash tizimlarini yaratish va qo‘llashni
talab qilinadi;
Ekspert tizimlarning funksiya bajarishi sifat darajasini samarali
tarzda baholashni amalga oshirish va tegishli mezonlarni ishlab chiqish.
Bunda qiyinchilik holati mutaxassislarning bilimlari - bu shunchaki,
ma’lumotlar va dalillar yig‘indisidan tashkil topmaganligi bilan
belgilanishi asosida kelib chiqadi. Alohida elementlarga nisbatan
ma’lumotlar uchun yangi holatlarni kiritish yo‘li bilan, bog‘lanishlarning
ko‘p o‘lchamliligini hisoblashga rasmiy urinishlarni amalga oshirish
tizimning favqulotda darajada «
qat’iy
» tartibga ega bo‘lishiga olib kelishi
mumkin va bunda tizim yangi tarkibiy elementlarni kiritish va ularning
mavjud aloqadorlik bog‘lanishlarini belgilash uchun «
yopiq
» holatga o‘tib
qolishi mumkin;
134
Hal qilinishi belgilangan masalalar strukturasi va bilimlarning sintez
qilinishining ehtimollik tavsifiga egaligi ta’sirida olingan natijalarning
ishonchlilik darajasi kamayib ketish ehtimolligi mavjudligi qayd qilinadi.
Yuqorida sanab o‘tilgan masalalarni hal qilish - bu zaruriyat
sifatidagi holat hisoblanadi, biroq buning o‘zigina GAT tarkibida ekspert
tizimlarning qo‘llanilishi uchun etarli shartlar hisoblanmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: