Rasionallashtirish – aslida mumkin bo‘lmagan fikr, tuyg‘u, xulq-atvorlarini oqlashga ishonchli sabablarni topuvchi himoya mexanizmi. Rasionallashtirish – psixologik himoyaning eng keng tarqalgan mexanizmi, chunki bizning xulq-atvorimiz ko‘plab omillar orqali aniqlanadi va biz uni o‘zimiz uchun ma’qul bo‘lgan yo’l bilan tushuntirganimizda rasionallashtirgan bo‘lamiz. Rasionallashtirishni ongsiz mexanizmini to‘qib chiqarilgan yolg‘on, firib yoki mug‘ombirlik bilan aralashtirib bo‘lmaydi.
Intellektualizasiya – bu ximoya mexanizmi emosional xis-tuyg‘u va kechirmalarnin bartaraf etish maqsadida namayon bo‘ladi. Intelektual zaxiralarni katta miqdorda qo‘llashni taqozo etadi.
Kompensasiya yoki sublimasiya bu real yoki hayotiy kamchiliklarni ongsiz tarzda bartaraf etish xarakati. Kompensatorlar xarakat universialdir, chunki statusini egallash deyarli barcha insonlarning istagidir. Kompensasiya ijtimoiy yaroqli (ko‘zi ojizning musiqachiga aylanishi) va yaroqsiz (bo‘yi past insonni) agressivlik va xokimlikka intilishi bilan kompensasiyalash nogironlikni qo‘pollik va nizolashuvchanlik bilan kompensasiyalash bo‘lishi mumkin. SHuningdek, to‘g‘ri kompensasiya (yutuqsiz yutuqqa erishib bo‘lmaydigan sohada omadga intilish) va bavosita kompensasiyaga (o‘zini o‘zi boshqa muhitda tasdiqlashga intilish) ajratiladi.
Reaktiv tuzilmalar himoya mexanizmini anglash uchun to‘g‘ri kelmaydigan mayl, istak va tuyg‘ularni, ayniqsa, jinsiy va agressiv ma’no jixatdan unga qarama qarshi munosabat yoki xarakatlarni rivojlantirish yoki urg‘u berish yo’li bilan almashtiradi. Bu himoya mexanizmini rivojlanishi inson oliy ijtimoiy (axloqiy) qadriyatlarni o‘zlashtirishi bilan bog‘laydilar. Reaktiv tuzilish xursandchilik emosiyalarini ushlab turish uchun qo‘llaniladi. Bu mexanizm xarakatdagi qarama-qarshi ustanovkalarni amalga oshirishni taqozo etadi. SHu jumladan, qarashlarning mustaxkam belgilanganligi, uyatchanlik, muruvvat hamda raxmdillik va boshqalar
Himoya ikki bosqich xarakterga ega. Avval mumkin bo‘lmagan istak siqib chiqariladi, so‘ng uning antitezasi kuchayadi. Masalan, xaddan tashqari vasiylik rad etilganlik hissini xaddan ziyod ijobiy va muloyim xulq dushmanlikni berkitishlari mumkin va boshqalar.
Reallikni rad etish bu anglanilgan vaziyatda og‘riqli bo‘ladigan o‘y-fikr, tuyg‘u, istak, talab yoki reallikni rad etuvchi mexanizm. Rad etish atrofdagilarning befarqligi va rad etilishini ko‘rsatsalar, ularni qabul qiluvchi emosiyalarni ushlab qolish maqsadida rivojlanadi. Xarakatlaridan xuddi muammolari yo’qdek tuyuladi. Rad etish mexanizmining ko‘p miqdori bolalar uchun xarakterlidir. Kattalar rad etish mexanizmini inqirozli vaziyatlarda qo‘llaydilar.
Siljish (o‘rnini almashtirish) – kuchliroq, kattaroq va ahamiyatliroq sub’ekt bilan nizoli vaziyat yuzaga kelganida o‘zining agressiya, jaxl emosiyalarini chiqarib tashlaganda bu xavfga aylanadi,
Ilk bolalik davridagi va butun hayoti mobaynida inson psixikasida “psixologik hisoya”, “psixikaning himoya mexanizmlari” deb ataluvchi mexanizmlar shakllanadi va rivojlanadi. Bu mexanizmlar shaxs ongini turli salbiy emosional kechinmalardan va pertsepsiyalardan asraydi. Psixologik gomeostazni saqlanishiga stabillikka shaxsni ichki nizolarini hal bo‘lishiga imkon beradi va ongsiz va ongosti psixologik bosqichlarda bo‘ladi. Aslida bu erda fikr turli moslashish jarayonlarida shaxs o‘zi tomonidan egallaydigan xususiyatlari va sifatlari haqida ketmoqda.
“Psixologik himoya”, “himoya mexanizmlari” atamalari Z.Freyd tomonidan fanga kiritilgan. So‘ng esa davom ettirilib interpritasiyalanib, transformasiyalanib va modernizasiyalanib kelingan. SHuningdek, psixoanalitik yo’nalishlarning turli davr tadqiqotlari va psixoterapevt namoyonalari tomonidan hamda boshqa psixologik yo’nalishlar – ekzistensional, psixologiya, insonparvarlik psixologiyasi, geshtalt psixologiya va boshqalarning izlanishlarida ko‘rish mumkin. Himoya mexanizmlarining terminologik nuqtai nazardan birlikka ega emasligi uni nomeklaturasi xilma xil va personal o‘ziga xosdir. Biroq shaxsda himoya mexanizmlarining mavjudligi eksperimental jixatdan isbotlangan.
Psixoanalitik yo’nalishda psixologik himoya mexanizmlarini Z.Freyd, A.Freyd, E.Fromm, K.Xorni va boshqalar tomonidan tadqiq qilingan. Z.Freyd “himoya” atamasini ilk bora “Himoyaviy neyropsixozlar” nomli ishida qo‘llagan(1894). Keyinchalik “Isterika etiologiyasi” nomli qo‘llanmasida qo‘llagan(1896). Mazkur asarlarda Z.Freyd himoya mexanizmini maqsadi, mazmuni to‘liq ifoda etgan. U intropsixik nizoni bo‘shatishdan iborat ijtimoiy hamkorlik natijasida yuzaga keluvchi ongsizlikni instinktiv impulslari va tashqi muhitning interifizasiyalashgan talablari o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar bilan shartlangan. Keyinchalik esa “Tushkunlik kontsepsiyasi”, “Rohatlanish tamoyilining narigi tomonida”, “Omma psixologiyasi” va “Men tahlili”, “Men” va “U” maqolalarida davom ettirgan. “Himoya” atamasini Z.Freyd tomonidan “Tushkunlik” atamasiga almashtirilgan. “Tushkunlik simptom va havotir” nomli asarining ilovasida Z.Freyd o‘zining eski himoya kontsepsiyalariga ham to‘xtalib o‘tgan. SHuningdek, hozirgi kungacha ilmiy adabiyotlarda qo‘llaniladigan boshqa himoya mexanizmlariga ham maxsus tushunchalarni keltirib o‘tgan. SHu tariqa fenomenologiyaning maqsadi va psixologiya himoyaning sub’ekti aniqlangan. Bu muammo bo‘yicha Z.Freydning “CHekli va cheksiz tahlil” maqolasida bir qator fikrlarni uchratishimiz mumkin. Bu maqolada himoya mexanizmini rivojlantirish va o‘zlashtirish jarayoni sifatidagi dialektik umumiy bo‘lgan ichki-tashqi nizolarni bo‘shashtiruvchi va individual xulq-atvorni boshqaruvchi(barcha mexanizmlarning umumiy nomi sifatida” qayd etiladi. YA’ni hodisalar psixikaning asosiy funksiyalari moslashuv, barqarorlashuv va boshqaruv kabilar bilan bog‘lanadi.
Karl Gustav YUng
Do'stlaringiz bilan baham: |