8-MAVZU
M a r j in a l iz m iq tiso d iy TA’LIMOTI.
Reja:
1. Marjinalizm va me ’yorii foydalilik nazariyasi.
2. Matinal unumdoriik nazariyasi
3. S. Jevons, K. Menger va L. Valras matinal nazariyaning birinchi avlodlari.
4. Fridrix fon Vizer iqtisodiy qarashlari.
5. AQSH va Angliyaning mashxw iqtisodchisi logan fon Bem-Baveгk.
1-savol Marjinalizm va me’yorli foydalilik nazariyasi. XIX asming 70-yillariga
kelib klassik siyosiy iqtisod o’rniga iqtisodiy fanda yangi sub’ektiv yo’nalish kelib
chiqdi. Iqtisodiy fan taraqqiyotida katta o’zgarish yuz berdi. O’sha davrda iqtisodiy
jarayonlarni tahlil qilishga yangicha sub’ektiv yondashuv asosini solgan (bir-
biridan mustaqil holda) uch iqtisodchining asarlari birdaniga vujudga keldi. Ular
ingliz Stenli Jevons (1835-1882), avstriyalik Karl Menger (1840-1921), asosan
Shveytsariyada yashagan frantsuz Leon Valras (1834-1910). Ularning tahlili
asosida ne’matlarni ishlab chiqarish jarayoni (taklif) emas, balki talabning
shakllanishi, tovar va xizmatlarning foy-daliligi tadqiqoti yotadi. Sub’ektiv
yo’nalish vakillarining tadqiqotidagi asosiy dastak - bu me’yorli (marginal) tahlil
bo’lib, mazkur maktabning nomi ham (marjinalizm) shundan kelib chiqqan.
F.Vizer, E.Bem-Baverk, A.Marshall, K.Viksell va ko’plab boshqa atoqli
iqtisodchilar marjinalizm metodologiyasidan foydalanadilar va uni rivojlantiradilar.
Me’yorli tahlil hanuzgacha iqtisodiy fanda keng qo’llanib kelinmoqda. XIX
asrning so'nggi 30 yillarida neoklassik mikroiqtisodiyot nazariyasining yuzaga
kelishi boshlandi. Bu vaqt davomida yangi tahliliy usullar klassik iqtisodning
neoklassik iqtisodga aylanishiga sababchi bo'ldi. Bu usullarning eng muhimi
me'yoriy tahlil metodi edi. U nafaqat iqtisodiyotdagi aniq ko'rinib turgan natijalari
uchun, balki metodologik jihatdan iqtisodiy tahlilda matematikadan foydalanish
usullarini rivojlantirgani uchun ham muhim edi. Me'yoriy tahlilni qabul qilish va
uning ahamiyatini to'liq anglab yetish birdaniga sodir bo'lmadi. U1870-yildan
1900- yillargacha sekin asta rivojlandi. Me'yoriy tahlilning birinchi sezilarli tadbiq
qilinishi talab nazariyasidan boshlandi. 1870-yillarda 3 ta iqtisodchi mustaqil
ravishda me'yoriy tahlilni talab nazariyasiga qo'llashni boshladilar va me'yoriy
naflilik tushunchasini rivojlantirishdi. Ulardan ikkitasi Leon Valras va Karl
Menger me’yoriy tahlilni korxona nazariyasiga nisbatan qo‘llashdi. Valras hattoki
me'yoriy tahlil nazariyasini qo'llagan holda umumiy muvozanatlik nazariyasini
shakllantirdi. Bu haqda 11-bo'limda fikr yuritamiz.1 Metodologiya. Marjinalizm
nazariyasiga iqtisodiy jarayonlarni sub’ektiv - psixologik metod asosida tahlil
qilish xosdir. Iqtisodiy hodisa va jarayonlar kishilarning psixologiyasi, sub’ektiv
talqinga asoslanib tushuntirilib beriladi. Masalan, klassiklar bo’yicha, tovar
qiymati kishilarning ongi va xohishiga bog’liq bo’lmagan ob’ektiv miqdor
hisoblansa, marjinalistlar bo’yicha, qiymat sub’ektiv talqin, istak, hissiyot bilan
aniqlanadi. Marjinalizmning asosiy kategoriyalari: me’yorli foydalilik, me’yorli
unumdorlik, me’yorli xarajatlar va boshqalar. Bu nazariya ishlab chiqarish
xarajatlarini, talab, taklif, narx va boshqalarni sub’ektiv baho berish asosida
tushuntiradi.
Bozor xo’jaligida ishlab chiqaruvchi tovar ishlab chiqarishda turli resurslardan har
birining me’yorli foydaliligiga baho bergan holda eng keraklisini tanlaydi.
Iste’molchi o’zining cheklangan daromadlarini ehtiyojlarni ko’proq qondiradigan
qilib tovarlarni sotib olishga taqsimlaydi. Demak, marjinalizm naza- riyasi
markazida o’z foydasini maksimallashtirishga intiluvchi firma (ishlab chiqaruvchi)
va xarid qilingan ne’matlardan maksimal foydalilik olishga intiluvchi alohida
iste’molchi turadi. Me’yorli foydalilik nazariyasi va buyumning sub’ektiv qimmati.
Asosiy e’tibor ishlab chiqarish va taklifni o’rganishga qaratilgan klassik iqtisodiy
nazariyadan farqli o’laroq, marjinalistlar, eng avvalo, iste’mol va talabni tahlil
qildilar. Shu bois, ular iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilishni kishilarning ehtiyojini
o’rganishdan, buyumning foydalilik mezonini qidirishdan boshladilar. Buyumning
qimmatini aniqlashda marjinalistlar klassiklarga nisbatan butunlay boshqacha
yondashdilar. Agar klassiklar tovar qiymatini (qimmatini) uni ishlab chiqarishga
ketgan xarajatlar bilan aniqlagan bo’lsalar, marjinalistlar tovar qimmati asosida
ikki omil - foydalilik va buyumlarning kamyobligi yotadi deb hisobladilar. Bu
bilan A.Smitning buyumning qiymatini (qimmatini) foydalilik bilan aniqlash
mumkin emas, negaki hayotda eng foydali bo’lgan havo va suvning qiymati yo’q,
degan «Smitcha ziddiyat»ga barham berildi. «Hech bir narsa suvdan ko’ra foydali
emas, - deb yozadi A.Smit, - lekin unga u - bu narsani sotib olish amri mahol...
Brilliant esa, aksincha, uni bevosita foydalanish nuqtai nazardan nihoyatda
qimmati kam, ammo unga juda katta miqdordagi boshqa tovarlarni olish mumkin».
Marjinalistlarning aytishicha, haqiqatan ham, havo yoki suvning umumiy
foydaliligi brilliantning umumiy foydaliligidan tasavvur qilib bo’lmaydigan
darajada ko’p. Lekin havo va suvga qaraganda qimmatli toshlar ancha kamyob.
Shuning uchun uning qimmati ancha yuqori. «Qimmat, - deb yozadi E.BemBaverk,
narsalarning aynan cheklangan miqdorda bo’lishini taqozo etadi, qimmatning
yo’qligi esa, ularning mo’l-ko’lligini taqozo etadi». Qimmat esa buyumning
umumiy foydaliligi bilan emas, balki «oxirgi birlik» foydaliligi bilan aniqlanadi.
Foydalilikka asoslangan bu nazariyaning boshlang’ich nuqtasi - ehtiyojlarning
to’yinish qonuni (Gossenning birinchi qonuni)ni bildiradi: inson ehtiyojining
to’yinish darajasi oshib borishi bilan iste’moldan bo’lgan qoniqish pasayib boradi
yoki iste’mol qilinadigan tovar miqdori ko’payib borishi bilan uning foydaliligi
kamayib boradi. Shunga muvofiq iste’mol qilinadigan mazkur buyumning oxirgi
qismining iste’mol uchun bo’lgan foydaliligi boshqa qismlariga nasbatan ancha
past. Buyumning oxirgi qismining foydaliligi - bu me’yorli foydalilikdir. Aynan u,
marjinalistlarning fikriga ko’ra, tovar qiymati shakllanishining asosini tashkil
etuvchi ishlab chiqaruvchi va iste’molchilar xatti - harakatini tartibga solib
turuvchi kuch hisoblanadi. E.BemBaverkning yozishicha: «Me’yorli foydalilik
g’oyasi - bu iqtisodiy hayotning eng murakkab ko’rinishlarini yechishga kalit va
ilmning eng chigal muammolarini hal etishga imkon beruvchi formula - «Ochil
dasturxondir».
3-savol S. Jevons, K. Menger va L. Valras marjinal nazariyaning birinchi avlodlari.
Stenli Jevons (1835-1882 y.) Me’yoriy tahlil neoklassik nazariyaning asosiy
elementi bo‘lib xizmat qiladi.
1871 va 1874-yillar oralig'ida, Jevons, Menger va Valras ortodoks iqtisodiy
nazariyaning rivojlanishiga ta'sir ko'rsatadigan kitoblar nashr qildilar. Ularning
ta'siri birdaniga amalga oshmadi, balki asrning so'nggi choragi davomida sekin asta
rivojlandi, keyingi me'yoriy naflilik nazariyachilarining kurashishi orqali sekin asta
yangi g'oyalarning tan olinishiga erishilgan. Pirovard mahsulotlarning qiymatini va
narxini aniqlashda Jevons, Menger va Valrasning fikrlari o'xshash bo'lgani uchun
biz ularning fikrlarini alohida o'rganmay, umumiy ravishda mavzular bo'yicha
yoritib ketamiz. Ayrim me'yoriy tahlilni rivojlantiruvchilarning fikrlarida sezilarli
farqlar mavjud bo'lib, biz ularni keyinroq o'rganib chiqamiz. Xususan, ularning
iqtisodiy usullar bo'yicha qarashlari har hil edi. Menger va xozirgi
Avstriyaliklarning intelektual manbai alohida e'tirofga sazovor bo'ldi. Ammo
Valrasning umumiqtisodiy muvozanatlik nazariyasi va unda me'yoriy tahlilni
ishlatishi o'ziga xos burilish edi. Chunki u keyingi mikroiqtisodiyot nazariyasining
rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo'lib, bu nazariyalarning hammasi iqtisodiy
nazariya fanida yangi bo'lim ochishga yetarli darajada zarur edi. Nazariyada
burilish? Bir-biridan mustaqil ravishda ijod qilgan bu 3 ta iqtisodchilar qiyosiy
narxlarni belgilab beruvchi kuchlarning o'ziga hos revolyutsion tahlilni yaratdik
deb ishonishgan edi. Jevons buni juda aniq va lo'nda shunday izohladi: Takror va
takror fikrlash va izlanish meni qiymat to'laligicha naflilikga bog'liq ekan degan
yangi fikrga yetakladi. Avvalgi qarashlarda qiymatning manbaasi naflilikda emas,
balki ishchi kuchidadir degan fikrlar keng tarqalgan va hatto mehnat qiymat kelib
chiqishining yagona sababi degan qarashlar ham bor edi5. Mengerning fikri
milliylik ruhida bo'lishiga qaramay, eng kamtarona edi: Bu yerda bizning
fanimizning umumiy tamoyillarini o'z ichiga olgan ushbu soha Germaniya siyosiy
iqtisodiyotidagi yaqin davrdagi rivojlanishning mahsulotidan xech ham kam
emasligi va bizning fanimizning eng muhim Karl Menger (1840-1921 y.) K.
Menger hattoki naflilik so‘zini ham ishlatmay, o‘rniga “qoniqishning muhimligi”
so‘zini ishlatdi.....
5-savol AQSH va Angliyaning mashxur iqtisodchisi Iogan fon Bem-Baverk
Bem-Baverk va Vizer bir xil yoshda bo'lib, ikkalasi ham Mengerning talabalari edi
va ular ham do'st, ham qarindosh edilar. Vizer Avstriya va Germaniyada taniqli
bo'lsa, Bem-Baverk ko'proq AQSh va Angliyada mashhur edi. Uning birinchi
kitobining nashr qilinishi bilan u Angliyada o'zining izdoshi Vilyam Smartni topdi.
1890-yilda ustozining “Kapital va Foiz” asarini, 1891- yilda “Kapitalning ijobiy
nazariyasi” asarini tarjima qilgan. Mengerning “Tamoyillar” kitobi 1950-yilgacha
ingliz tiliga tarjima qilinmagan edi. Shuning uchun ingliz tilida gaplashuvchi
davlatlarda uning ta'siri kam bo'lgan. Bem- Baverk eng mashxur iqtisodchilardan
edi, uning kapital va foiz sohasidagi asari 3 tomda nashrdan chiqarildi. Birinchisi,
“Kapital va foiz: iqtisodiy nazariyaning tanqidiy tarixi” asari, qadimgi yunonlardan
boshlab 150 dan ko'proq yozuvchilarni qamrab oladi. U Avstriyaning hokimiyatida
muhim lavozimga ega bo'lganligi sababli trilogiyasini tugatish uchun 20 yil vaqt
ketkazgan. Uning iqtisodga qo'shgan hissasi 7-bo'limda aytib o'tilgan. Marks
haqidagi kitobi Mengerning me'yoriy naflilik haqidagi nazariyalarining ochib
berilishi o'zining kapital va foiz nazariyasining rivojlantirilishini o'z ichiga oladi.
O'zining ustozi Menger va do'sti Vizerga o'xshab u matematikadan foydalanmadi.
U o'zining qiymat va narx shakllanishi haqidagi qarashlarini keyinchalik
zamonaviy iqtisodiy ta'limotda asos bo'lib qoluvchi Valras va Marshal tomoniddan
ochib berilgan o'zaro bog'liqlik tamoyilini qo'llamay bir tomonlama mantiqiy
o'ylash asosida kengaytirdi. Avstriya maktabining namoyandalari va avvalo Byom-
Baverk qiymatning mehnat nazariyasini K.Marks ta’limotining ilk negizi deb bilib,
shu nazariyadagi qo‘shimcha qiymat ta’limotiga xuruj qilib, «Kapital» ning
birinchi va uchinchi tomlari o‘rtasida ziddiyat borligini isbotlashga urindilar (bu
haqda oldingi mavzuda aytib o‘tilgan edi). Qiymat (qimmat) nazariyasi Avstriya
maktabining konsepsiyalarida markaziy o‘rinni oldi. Bu nazariya «eng yuqori
foydalilik» nomini oldi. Siyosiy iqtisodda qabul qilingan «tovar» va «qiymat»
toifalari ijtimoiy mazmundan mahrum bo‘lgan ne’mat va qiymat tushunchalari
bilan almashtirildi. K.Menger, Ye.Byom-Baverk va boshqalar qiymat - ijtimoiy
zarur mehnatning ifodasi, mehnat esa uning birdan-bir manbai ekanligi
to‘g‘risidagi qoidani noto‘g‘ri deb e’lon qildilar. Ular qiymat toifasini sub’ektiv
mazmun bilan to‘ldirdilar. Uning ustun omili sifatida iste’mol qiymati yoki
moddiy ne’matlarning foydaliligi qabul etildi. Byom-Baverkning fikricha, Avstriya
maktabi iste’mol qiymatiga murojaat etish orqali qiymatni «lozim bo‘lgan
daraxtdan, ildizning o‘zidan» tahlil eta boshladi.
Jevons, Menger va Valrasning keyingi iqtisodchilarga ta'siri Bu iqtisodchilar
iqtisodiyotning metodini va predmetini o'zgartirib yubordilar. Xo'sh ularning
keyingi iqtisodiy nazariyachilariga to'g'ridan to'g'ri ta'siri qanday edi. Jevons
o'zidan keyin izdoshlar qoldirmadi, shuning uchun iqtisodiy ta'limotlarning Jevons
maktabi yuzaga kelmadi. Marshalning Britan iqtisodiy ta'limotidagi mashxurligi
uning har qanday qo'shgan xissasini bo'g'ib qo'yar edi. Jevonsning o'zidan keyin
izdosh qoldirmaganligini 46 yoshida suzish halokatida yosh vafot etgani bilan
izohlanishi mumkin. Valrasning me'yoriy tahlilga qo'shgan hissasi uning
umumiqtisodiy muvozanatlik nazariyasining soyasida qolib ketar edi. Mengerning
yozuvchilarga va iqtisodiy rivojlanishning keyingi bosqichiga ta'siri haligacha
o'rganilyapti. Menger tomonidan ta'sir qilingan bir qancha iqtisodchilar Germaniya,
Angliya va AQShda dars berishadi va izlanish olib borishadi: ularning keksalari
Mizes va Shumpeterlarni, yoshroq guruhlari esa Fridrix fon Hayekni (1899-1992),
Gotfrid Haberlerni (1900-1995) va Oskar Morgenstern (1902-1977) larni o'z ichiga
oladi.Bu iqtisodchilarning ba'zilari o'zlarining yo'llaridan ketishgan va Avstriya
odatlariga ergashmadi, boshqalari esa umumiy odatlarga bo'ysunib, xozirgacha shu
fikrlarni davom ettirib kelmoqdalar. Menger tomonidan qo'llab quvvatlangan
metodologiya ko'proq matematikaga va statistikaga o'rgangan hukmron iqtisodiy
ta'limotchilari tomonidan qabul qilinmadi. Ammo Avstriya metodologiyasi
yetarlicha qiziqishga ega bo'lgan. Mengerdan ta'sirlangan bir nechta iqdisodchilar
bozor orqali boshqariladigan iqtisodiyot tarafdorlaridir va sotsialistlar taklif etgan
muqobil variantni tanqid qiladilar. Mizes va Hayek 1920 yilda boshlangan
(1)sotsialistik iqtisodiyotning resurslarni samarali taqsimlay olish qobiliyati va (2)
kapitalizm, sotsializm va iqtisodiy-siyosiy erkinlik o'rtasidagi bog'liqlik haqidagi
muhokamalarida muhim rol o'ynashdi. Biz bu muxokamalarga kapitalizm va
sotsializm to'g'risida yozgan Avstriyalik va boshqa yozuvchilar haqida fikr
yuritganimizda to'xtalib o'tamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |