Imom Abul Husayn Muslim ibn al-Hojjaj ibn Muslim. Asli Nishopurlik. Bu
kishi ham “as – Sahih” asarini va boshqa hadis haqidagi bir qancha qimmatli asarlarni
yozgan. U ham hadis to’plash uchun Hijoz (Makka, Madina), Iroq Shom (Suriya),
Misr va boshqa mamlakatlarni kezgan. Nishopurda Imom Buxoriy bilan uchrashib,
undan dars olgan. Eng muhim asarlari 11 ta. Ya’ni “Al – Jome as – Saxih”, “Al –
Musanad al – kabir ala-r-rijal” (erkaklar ucun eng katta ko’rsatkich), “Kitob al-asmo’
ba-l-kunya”(ism va kunyalar haqida kitob).
Do'stlaringiz bilan baham: |