topshirmoq»dir. Shunga binoan, inson hayotda ro’baro’ bo’ladigan barcha yaxshi-
yomon ishlarni o’zi uchun Alloh tomonidan belgilangan sinov va imtihon deb bilishi
lozim. Yaxshiliklarga shukr qilmog’i, qiyinchilik va mashaqqatlarga sabr qilmog’i
imonning shartlaridan biridir;
– o’limdan keyin qayta tirilish. Islom ta’limotiga ko’ra, qiyomat kuni bo’lganda
barcha insonlar qabrlaridan turadilar va mahshargoh maydoniga yig’iladilar. U yerda
barcha odamlar dunyodagi amallariga qarab mukofot (jannat) yoki jazo (do’zax)ga
mahkum etiladilar.
Namoz. Namoz – islomda imondan keyin musulmonlar ustiga farz qilingan ikkinchi
amal hisoblanadi. Namoz arkonlari Qur’oni karimda to’liq bayon etilmagan bo’lsa
ham, ammo u haqda ba’zi ko’rsatma va tartiblar berilgan. Namozning vaqti, miqdori
hamda ado etish tartiblari hadislar bilan joriy etilgan. Bu masalada musulmonlar
orasida har xilliklar mavjud bo’lib, ular negizida turli mazhab ta’limotlari shakllandi.
Har kuni besh vaqt: bomdod – (tong otishidan kun chiqquniga qadar), peshin –
(quyosh tikkadan oqqanidan to biron narsaning soyasi o’z bo’yiga ikki barobar
kelguniga qadar), asr – (peshin vaqti chiqishi bilan to quyosh to’liq botgunga qadar),
shom – (quyosh to’liq botganidan ufqdagi qizillik yo’qolguniga qadar), xufton –
(shom vaqti chiqqanidan tong otguniga qadar) ado etiladi.
Zakot. Zakot – «poklash» ma’nosini bildiradi, ya’ni ehtiyojdan tashqari bo’lgan
boylikning qirqdan bir qismini (1/40) sadaqa qilish. Zakot moli zakot miqdoriga
yetgan badavlat kishilar uchun farz etilgan. Zakot yetim-yesir, beva-bechoralar,
musofirlar, qarzdorlar, Alloh yo’lida yurganlar, zakot yig’uvchilarga beriladi. Zakot
hijriy hisob bilan bir yil davomida ishlatilmay turgan yoki shaxsiy ehtiyojdan tashqari,
xususiy mulk sifatida foydalanilayotgan mablag’dan beriladi. Zakot vositasida
jamiyat kishilari orasida o’zaro hurmat-e’tibor ortib, bir muncha tenglik yuzaga
keladi. Bu jamiyat taraqqiyoti, tinch va osudaligi yo’lida o’ziga xos ahamiyat kasb
etadi.
81
Ro’za. Ro’za – yilda bir oy: hijriy qamariy kalendarning ramazon oyi davomida
kunduz kunlari yeyish-ichish va jinsiy aloqada bo’lishdan tiyilish. Ro’za Hijratning
ikkinchi yili farz bo’lgan. Bu ibodat kasal yo safarda bo’lgan kishilardan boshqa
kunlarda tutib berish sharti bilan soqit qilinadi. Sababsiz ro’zani buzgan kishi boshqa
kunda tutib berish bilan birgalikda, uning jazosi sifatida ikki oy paydar-pay ro’za
tutishi lozim bo’ladi. Shuningdek, ro’za ramazondan tashqari oylarda ham tutilishi
mumkin. Masalan, nafl ro’za yoki qasamni buzishdagi kafforat uchun ham ro’za
tutiladi.
Haj – qodir bo’lgan kishi uchun umrida bir marta Makka shahridagi Ka’bani ziyorat
qilish va ushbu ibodat o’z ichiga oladigan arkonlarni ado etishdan iborat. Haj farz
amallardan hisoblansada, O’rta Osiyo Arabistondan uzoq masofada joylashganligi
sababli yuqorida zikr etilga «qudrati yetganlik» sharti ulamolar tarafidan kiritilgan.
Haj zulhijja oyining 8 kunidan boshlanadi. Haj qilishning uch turi mavjud: «ifrod» –
faqat haj amallari bajariladi, «qiron» – haj va umra amallari oldinma-ketin bajariladi,
«tamattu’» – avval umra qilinib, ehromdan chiqiladi va zulhijja oyining sakkizinchi
kuni ehromga kirib, haj ruknlari ado qilinadi. Hajning farzi uchta: ehrom bog’lab
niyat qilmoq, Arafotda turmoq, Ka’bani tavof qilmoq.
Islom dinida yuqorida birinchi rukn sifatida zikr qilingan imon va boshqa e’tiqod
masalalari – ilm al-aqo’id (ilohiyot) ilmida o’rganilsa, keyingi 4 masala – ibodat
masalalari boshqa ko’pgina savollar bilan ilm al-fiqh (diniy qonunshunoslik) doirasida
bayon qilinadi va o’rganiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |