180-rasm. Ayollar milliy ko'ylaklarining zardo'zlik "peshkurta" va
yoqa ko'rinishlari
"Munisak" (munisak, mursak) (181-rasm) ustki liboslarning o'ziga xos turidir. Uning bichimi an'anaviy to'n va koylakniki bilan deyarli bir xil bo'lsa-da, undan yoqa bo'lmaydi. Munisakning qo'ltiq ostidagi yon qismlari qat-qat yig'ilib turadi. Munisak hamma joyda ham kiyilmagan. U Samarqand, Buxoro, Toshkent, Farg'ona vodiysi va Xorazmda ham keng tarqalgan edi.
Samarqand munisaklari (ayrim joylarda kaltacha deb nomlangan) boshqa joylardagi munisaklardan qo'ltig'i ostidagi burmalarning ko'pligi bilan ajralib turgan. Ular xatto, munisakning orqa qismiga ham o'tgan bo'lib, bunday bichim ayollar qomatini yanada nafis ko'rsatib, o'ziga xos ko'rk baxsh etgan.
Avvalari munisak toy, bayramlar libosi sanalgan hamda XIX asr oxirlaridan u aza libosi sifatida kiyilgan. Toshkentda esa u endi libos sifatida emas, balki marhumaning tobuti ustiga yopiladigan yopinchiq sifatida xizmat qilgan. Shu tariqa u o'z vazifasini yoqotib, boshqa vazifa bajara boshlagan. L.Undareva liboslar vazifasining bu xilda o'zgarishini quyidagicha izohlaydi: "Liboslar ba'zi hollarda oddiy kundalik buyumdan diniy marosim buyumiga aylangan. Ularga moddiy narsa emas, g'oyaviy hodisa deb qaralgan. Liboslar shu tariqa ma'naviy qadriyat darajasiga ko'tarilagan. Muayyan marosimlar - bayram, urf - udum, oilaviy tantanalar ta'sirida liboslarga munosabat o'zgarib borgan". Xar bir xalqning etnik o'ziga xosliklari xotinqizlar an'anaviy liboslarining ajralmas qismi hisoblangan bosh kiyimlarida yorqin namoyon bo'ladi.
181-rasm. Ayollar milliy ustki kiyimi "Munisak" (munisak,
mursak)ning ko'rinishlari
7-jadval
Ayollar an'anaviy milliy kiyimining bichimlarining tasnifi XX asrning boshlarida "ko'krak burma" ayollar ko'ylagi keng tarqaldi (182-rasm).
182-rasm. "Ko'krak burma" ayollar ko'ylagining bichimi
Ayollarning milliy libislarini to'ldiruvchi elementlar Ayollar bosh kimi - XIX asr oxiri - XX asr boshlarida O’rta Osiyoning boshqa hududlarida bo'lgani singari Samarqandda ham "do'pi" va "ro'mol" asosiy bosh kiyim sifatida kiyilgan.
Ammo qadimshunoslik qazilmalari guvohlik berishicha, qadimda bu erda "dastor" (salla)ga o'xshagan bosh kiyimi kiyilgan. U "loki" deb yuritilgan. Loki bir necha qismdan tashkil topgan bo'lib, avval boshga zar iplar bilan tikilgan kaltapo'shak deb nomlangan bosh kiyimi kiygan. U old gardish, chuqur va to'g'ri burchakli uzun, ikki tomoni ochiq qopchiqdan iborat edi.
Qopchiqdan soch o'tkazilgan. Kultapishikning ustidan ro'mol tashlangan. Ro'mol ustidan o'simliklar va geometrik shaklli zarhal naqshlar tushirilgan peshonaband bog'langan.
Peshonaband ustidan esa zar bilan to'qilgan shoyi rido ro'moli tashlangan. Peshonaband barqutga, shoyi, guldor atlasga, ayniqsa zavodda to'qilgan atlas ro'mollarga tikilgan. Keksa zardo'z ustalar XIX asming 80-yillarida qizil alvon (alvoni surx) zardo'ziy peshonandlar tikish rasm bo'lganini eslaydilar. Peshonabandlar ensizgina bo'lib, kashtalar qator qilib terilgan besh yoki ettita halqachalardan (chilyolak) iborat bo'lgan. Bizgacha saqlanib qolgan peshonabandlar, asosan, XIX asming oxiri va XX asrning boshlariga taalluqlidir. Kashta 8 dan 11 sm gacha enlikdagi yo'l bo'lib, chorsi ro'molda ko'ndalang tarzda joylashgandir.
Ro'molning ikki qarama-qarshi burchaklari bitta qilib buklanib, oldindan tayyorlab olingan tarh asosida kashtalangan, qolgan burchaklari esa boshqa orqasiga bog'lash uchun qoldirilgan.
Peshonabandlar kashtasi zamindo'ziy va guldo'ziy tarzida ado etilgan. Manjunbed (majnuntol) kashtasi peshonaband uchun eng sevimli mavzu hisoblangan, moh yarimoy kompozitsiyasi ham tez-tez uchrab turadi (183-rasm). Moh peshonabandi zargarlik to'g'nog'ichlari bilan bezatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |