Trikotaj matosi. Halqalash yo‘li bilan olingan to‘qimachilik matosi yoki buyumidir. Shuning uchun har qanday trikotaj materiali ko‘ndalang va uzunasiga birlashgan halqalar tizimidan iborat bo‘ladi. Trikotaj tuzilishining birlamchi elementi halqa hisoblanadi. Halqalar ochiq va yopiq bo‘lishi mumkin. Ochiq halqalar matoga yaxshi cho‘ziluvchanlik, elastiklik, yopiq halqalar yuqori shakl saqlashlik xususiyatini beradi. Halqalar gorizontal bo‘yicha bir-biri bilan bog‘lanib ular qatorini, vertikal bo‘yicha halqalar ustunini hosil qiladi. Halqa hosil qilish jarayoni halqa hosil qiluvchi mashinalaryordamida amalga oshiriladi. Trikotaj matosi olishda har xil qarmoqli va tilchali ignalardan foydalaniladi. fgnadonga mahkamlanadi. Ular qancha zich joykshsa, matolar shuncha zich bo‘ladi. Ignalar ignadon uzunligidagi ignalar soni bo‘yicha halqalovchi mashinaning sinfi aniqlanadi. Ignalar ninadonlar yassi va aylana bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |