Suv o`tkazuvchanlik – gazlamaning suv sizib kirishiga qarshilik ko`rsatish xususiyati. Suv o`tkazuvchanlik maxsus gazlamalar (brezentlar, palatkalar, parusinalar), plashlik gazlamalar, paltolik va kostyumlik jun gazlamalar uchun ayniqsa muximdir. Suv o`tkazuvchanlik gazlamaning tola tarkibiga, zichligiga, pardoziga bogliq bo`ladi.
Chang oluvchanlik – gazlamalarning kirlanish xususiyati. U gazlama ungining xarakteriga, gazlamaning tola tarkibiga, zichligi va pardoziga bogliq bo`ladi. Tarab tuk chiqarilgan jun gazlamalarining chang oluvchanligi eng yuqori bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |