Kitob tuman 1son kasb-hunar maktabida “ Kitobxonlarni jalb qilish uchun yangicha yondashuv ” mavzusida o‘tkazilgan davra suhbati to`grisidagi
Bayonnomasi
09.09.2021yil. Kitob tumani
KUN TARTIBI
09.09.2021yil “Kitobxonlarni kutubxonaga jalb qilish uchun yangicha yondashuv” mavzusida davra suhbati bo`lib o`tdi.
QATNASHDILAR
Kitob tuman 1-sonli Kasb-hunar maktabi, kutubxonachisi D.Ergasheva hamda elektron kutubxonachi N.Shahobova AKM rahbari R.Xurramova va AKM kutubxonachilari, Yoshlar yetakchisi N.Daminova, guruh rahbarlari hamda 204- tikuvchi o`quvchi qizlari ishtirok etishdilar.
Har bir shaxs o'z intellektual rivojlanishiga g'amxo'rlik qilishi shart. Bu uning hayoti va o'zi uchun yashaydigan jamiyatning burchidir. Intellektual rivojlanishning asosiy usuli - o'qish. D. S.Ghachev
Internet to‘xtovsiz, shiddat bilan rivojlanayotgan davrda yoshlarni kitob o‘qish va kutubxonaga qanday jalb qilish kerak? Shunday savolarga Bizning Kitob tuman 1-son kasb-hunar maktabining kutubxonasida yoshlarni o`qishga va kutubxonada kitob o`qishga qizishini oshirish maqsadida “Kitobxonlarni jalb qilish uchun yangicha yondashuv ” mavzusida kitob ko`rgazmasi tashkil etildi. Ushbu kitob ko`rgazmasida barcha o`quvchi yoshlar jalb etildi.
Tadbirda o`quvchi yoshlarga kutubxonachi D.Ergasheva avvalo, yoshlarning kitob o‘qishini istar ekanmiz, ularni mutolaa zerikarli mashg‘ulot emas, qiziq jarayon ekaniga ishontirishimiz kerak. O‘qiyotgan asarlarining har yangi sahifasi ularga yangicha hissiyot va ma’lumot berishini ta’minlashimiz zarur. Buning uchun esa maktab davrining ilk sinflaridanoq o‘quvchilarga faqat va faqat bir xil mavzuga qaratilgan, takrorlanuvchi, pand-nasihatdan boshqa narsani o‘z ichiga olmaydigan zerikarli asarlar o‘rniga, birinchi sahifasidanoq o‘ziga tortuvchi milliy va jahon adabiyoti namunalarini o‘qitish kerak. Agar bu adabiyotlar asosida biror-bir mashhur film ishlangan bo‘lsa, undan-da yaxshi. Chunki o‘quvchi film va badiiy asarni solishtirib, qanday qilib kitobni so‘nggi betigacha o‘qib qo‘yganini sezmayqoladi.
Kutubxonalarga o‘quvchilarni jalb qilish uchun yangicha yondashuvni qo‘llash kerak. Odatda kutubxonalar quyidagicha yondashuvni amalga oshiradi: — kitob kerak bo‘lsa, marhamat, kelib o‘qi! Aslida bu yondashuv bugungi davrga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi. Chunki hozirgi kunda kutubxonalarning eng katta raqibi — internet bor. U o‘z ichiga dunyoning barcha asarlarini bir necha o‘nlab tillarda jamlangan.
Bundan tashqari, odamlarni jalb qilish va kitob o‘qishga qiziqtirish ham bir san’atdir degan fikrlarni ilgari so`rdilar. Shundan so`ng o`quvchilarni kasb-hunar maktabi kutubxonasida mavjud adabiyotlar hamda kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishtirib chiqdilar.
O`quvchilar o`zlarini qiziqtirgan savollarini berdilar va o`zlari uchun qiziq bo`lgan barcha savollarga javob oldilar.
Yoshlar yetakchisi: N. Daminova
Kutubxonachi: D.Ergasheva
Do'stlaringiz bilan baham: |