Kitobxon ko`rik tanloviga sаволлар
1. “Kecha va kunduz” romanida qaysi obraz “xudo bu sevgili quliga davlatni ikki qo’llab uzatsa-da, farzand to‘g’risida bir oz o’ksitib qo'ygan”, deb ta’riflanadi? Miryoqub
2. “Kecha va kunduz” romaniga qanday epigraf qo`yilgan? Hamal keldi- amal keldi
3. “Kecha va kunduz” romanida Zebi necha yoshida beva qoladi? 15 yoshida
4. “Kecha va kunduz” romanida Zebining onasi kim? Qurvonbibi
5. “Kecha va kunduz” romanida Akbarali mingboshi o`rniga osongina o`tigan qahramon kim? Zunnun
6. “Kecha va kunduz” romanida Noyib To`ra kimni “Amerikalik tadbirkor”ga oxshatadi? Miryoqubni
7. “Kecha va kunduz” romanida kulishi kasal odamning kulishiday og`ir, ziqna odam kim? Razzoq so`fi
8. “Kecha va kunduz” romanida Zebining ko`ngil qo`ygan kishisi kim edi? O`lmas
9. “Kecha va kunduz” romanida Akbarali mingboshi kimning hiylasidan o`ladi? Poshshaxonning
10. “Kecha va kunduz” romanida Akbarali mingboshi kim bilan Ostonaqul boyning qovun saylida tanishgan? Miryoqub
11. “Ulug‘bek xazinasi” romanida amir Ibrohimbek o‘glini qatl qildirib, barcha lashkarboshilarni Mirzo Ulug‘bekka qarshi qo‘ygan kim edi? Abdulaziz
12. “Ulug‘bek xazinasi” romanida bir darvesh kimga yo‘qsillar va gadolar xonaqohlarini talon-taroj qilgani uchun Olloh qahriga duchor bo‘lishini bashorat qiladi? Mirzo Ulug‘bekka
13.“Ulug‘bek xazinasi” romanida UIug‘bek xazinasidagi qimmatbaho toshlar qayerdan keltirilgan edi? Bag‘dod va Qohiradan
14. “Ulug‘bek xazinasi” romanida Ali Qushchi Ulug‘bekka “Nechun bu farzandingizga qattiq mehr qo'ydingiz? Sizning boshingizga tushgan barcha nadomatlarga shu farzandi arjumandingiz sabab emasmi?” deya kimni nazarda tutgan? 0‘g‘li Abdulazizni
15.“Ulug‘bek xazinasi” romanida Mirzo Ulug‘bekning suyukli navkari kim edi? Bobo Husayn Bahodir
16.“Ulug‘bek xazinasi” romanida Kesh qal’asi kalitini Abdulattifga qarshiliksiz qo‘sh-qo‘llab topshirgan sotqin kim edi? Amir Kamoliddin
17. “Bu amirlarga inonma, o’g‘lim! Ularni sodiq bo’lsin desang, qilichingni mahkam ushla!” “Ulug‘bek xazinasi” romanidagi ushbu fikr kimga tegishli va bu nasihat kimga qaratilgan? Amir Temur Shohruh Mirzoga
18.“Ulug‘bek xazinasi” romanida Ulug‘bekning suyukli nabirasi Alouddavla bilan Abdullatifni bir- biriga qayrab, qatl-u qirg‘in chiqargan kim edi? Gavharshodbegim
19.“UIug‘bek xazinasi” romanidagi xurofot botqog‘iga botgan din peshvosi, johil ulamo kim edi? Nizomiddin Xomush
20. “Ulug‘bek xazinasi” romanida “jannatmakon ustoz” deya ta’riflangan shaxs kim? Qozizoda Rumiy
21. “Yulduzli tunlar” romanida qaysi voqea sababli Boburni astoydil tan olib elchi yuboradigan podshohlar ko‘payib qoladi? Boburning Ra’no Sango ustidan g'alaba qozonishi
22. “Yulduzli tunlar” romanida Samarqanddan Agraga tashrif buyurgan Ko‘chkinchi xonning elchisiga Boburning qaysi amri ma’qul kelmaydi? Mamlakatda may ichishni ta’qiqlashi
Jismimda isitma kunda mahkam bo’ladur,
Ko'zdin uchadur uyqu chu oqshom bo'ladur.
Har ikkisi g‘amim bila sabrimdek,
Borg‘on sari bu ortadur, ul kam bo’ladur.
“Yulduzli tunlar” romanida keltirilgan ushbu ruboiy kimning qalamiga mansub?
Bobur
24. “Yulduzli tunlar” romanida Boburning hirotlik xos tabibi kim edi? Yusufiy
25.“Habib us-suyar” asarining muallifi kim? Xondamir
26. “Yulduzli tunlar” romanidan olingan ushbu xat kim tomonidan yozilgan
va u kimga atalgan?“...Xat biturda takalluf qilay deysen, ul jihattin mug‘laq
bo’ladur. Betakalluf pok alfoz bila biti, senga ham tashvish oz Ьо'lиr va oiqug'uvchiga”. Bobur Humoyunga
27. “Sekri. Qayta ko‘z ochgan buloq” nomli bob qaysi romanda uchraydi? “Yulduzli tunlar”
28. “Yulduzli tunlar” romanida Bobur o‘zining zaharlanish tafsilotlarini kimga yozgan maktubida aks ettirgan? Mohim begimga
29. “Ulug‘bek xazinasi” romanida Ulug‘bek sandig‘idagi quyma oltinlarni tilla tangalarga almashtirish uchun Ali Qushchi kimga murojaat qilishi Iozim edi? Xo‘ja Salohiddinga
30. “Ulug‘bek xazinasi” romanida Mirzo Ulug‘bekning mushkul ishlaridagi “suyanadigan tog’lari” kim edi? Ali Qushchi va Muhiddidin
31. “Navoiy” romanida kim “Bu tilni she’rning sheri mudofaa qilar ekan, yana qaysi
mard aksini isbot qilur”, deya Navoiyga yuksak darajada baho beradi? Husayn Boyqaro
32. “Navoiy” romanida “...telbaroq, lekin ajoyib qilichboz”, “Ikki qo'li bilan shatranj o'ynardi” deya ta’riflangan obraz kim? Zunnun Arg‘un
33. “Navoiy” romanida “Qomati o‘rtadan baland, ingichka lekin pishiq, barmoqlari uzun va nafis; qora va qisqa soqoli, xushbichim miyiqlari tekis va silliq; yonoqlari chiqiqroq, kenggina yuzida doimiy tafakkurning asl ma’nosi, ma’naviy qudrat va yengil, go'zallashtiruvchi bir horg‘inlik jilvalanadi”, deya tasvirlangan persona] kim? Navoiy
34. “Navoiy” romanida “past bo‘yli, tiyrak ko’zli, xush muomila... daftardorlik, hisob-kitob ishlariga juda mohir bo’lishi bilan baravar, davlat ishlarida tadbirli, vijdonli bir mansabdor edi”, deb tasvirlangan obraz kim? Xo‘ja Afzal
35“Navoiy” romanidagi Xo‘ja Fazlillo Abullays kim edi? Navoiyning ustozi
36. “Navoiy” romanida Fasihiddin kimni “Zamonamizning Abu Ali Sinosi bo’lishiga kaminada also shubha yo’q”, deb e’tirof etadi? Sultonmurodni
37. Navoiy” romanida “Yirik, qiyiq, o'tkir qarovchi ko’zlari iroda va ingichka hiyla bilan birga qandaydir beqarorlik, yengil va shoix tabiatni ham ifodalar edi”, deya tasvirlangan obraz qaysi?
Husayn Boyqaro
“Navoiy” romanida podsho kutubxonasining boshlig‘i kim edi? Darveshali
39. “Navoiy” romanida kim "...ovga, qushga shuncha o‘ch ediki, mabodo qushlaridan biri oelib qolsa, raso motam tutar, bu o’lgandan ko'ra, falon o'glim о'lsа bo‘lmasmidi, derdi”, deya ta’riflanadi? Muhammad barlos
40.“Navoiy” romanida kim “zamonaning Aflotuni”, deya ta’riflangan? Mavlono Shahobiddin
41. “Navoiy” romanida “sodda, dilovar, ov va qush ilmini piri ”, deya tasvirlangan obraz kim? Islim barlos
42.“Navoiy” romanining ikkinchi bobida Navoiy Darveshaliga bir bino tarxini chizib beradi. Bu qanday bino chizmasi edi? Kutubxona
43. S. Ahmadning “Qorako‘z Majnun” asarida Saodat ayaning “baxti ochilmay, guldek umri xazon bo’layotgan” farzandi kim edi? Qumri
44. “Qorako‘z Majnun” hikoyasidagi “dindan chiqqan musulmon bolasi”
kim edi? Bo'rixon
45. “Qorako‘z Majnun” hikoyasida Saodat aya eri bilan qaysi farzandi uchun Turkistondagi Yassaviy maqbarasining shayxiga ataganlarini berib, kokilini kestirishgan va qo‘y so‘yib xudoyi qilib berishgan edi? Bo‘rixon
“Qorako‘z Majnun” hikoyasida kim Bo‘rixonning chemodanidan Injil kitobini topib oladi? Qumri
“Qorako‘z Majnun” hikoyasida Bo‘rixon qachon armiyaga ketadi? 67 yili
Saodat aya sochining uchiga nima taqib yurardi? Sandiqning kalitini
Bo`rixon kimga uylangan edi ? Cherkov qo`ng`iroqchisining qiziga
Saodat aya nimalarni yoqib yuboradi? Bo`rixonning kiyimlarini
“Shaytanat” asarida Asadbekning xotini kim? Manzura
Asadbekning laqabi? O`qilon
Asadbek qizini kimga uzatadi? Elchinga
Asadbek kimga “Hayron bo`lma , go`rdan chiqaradigan qo`lim sensan “ deydi? Kesakpolvonga
“ Asad , sen bolalaringning xo`rlanganini ko`rginu so`ng o`lgin “ deb kim qarg`aydi? Restoran xo`jayini
Asadbekning o`lgan ukasining ismini kim nevarasiga qo`yadi? Jalil
Kesakpolvonning ismi nima? Haydar
Hosilboyvachchani kim o`ldiradi? Asadbek
Xongirey huzuridan chiqqan Asadbey o`zini nimaga o`xshatadi? Nor tuya
Asadbek Moskvadan qaytayotganda nimani niyat qiladi? Onasi va ukasini ziyorat qilishni
61.“Ot kishnagan oqshom” qissasida Ziyodulla kalni bozorda mayiz sotishga undagan hamsoyasi kim? Qulmat polvon
62. “Ot kishnagan oqshom” qissasida Ziyodulla kilning familiyasi? Qurbonov
63. “Ot kishnagan oqshom” qissasida Denov bozorida mayiz necha so`m edi? 10 so`m
64. .“Ot kishnagan oqshom” qissasida Ziyodulla kilning qancha mayizi bor edi ? 6 un xalta
65. .“Ot kishnagan oqshom” qissasida Ziyodulla kalning xotini nimaga boshqorong`I bo`lgan edi? Jiydaga
66.“Ot kishnagan oqshom” qissasida Ziyodulla kal mayizini qanchadan sotadi? 7so`mdan
67.“Ot kishnagan oqshom” qissasida Ziyodulla kal bozordan chiqi qayerga kiradi? Baliqxoaga
68. .“Ot kishnagan oqshom” qissasida Ziyodulla kal shaharga nimada boradi? Tarlon otida
69 .“Ot kishnagan oqshom” qissasida” Kampirning o`limi mahalliy gap, e`tiborga molik emas” deb kim aytadi? Rixsiyev
70. .“Ot kishnagan oqshom” qissasida Choyxonadagi to`polon qachon bo`lgan edi? 24 yanvar yakshanbada
71. “Dunyoning ishlari” qissasi kimga bag`ishlangan? Onalarga
72. “Dunyoning ishlari” qissasi Is`hoq va Ilhaq qaysi hikoya qahramoni? “ Haqqush”
73. “Dunyoning ishlari” qissasida O`ris bolaning oyisi kim? Zebi xola
74. “Dunyoning ishlari” qissasida Valining asl ismi nima? Valentin
75. “Dunyoning ishlari” qissasida Qachon qarasa qulog`iga rayhon taqib yuradigan qahramon kim? Zebi xola
78. “Dunyoning ishlari” qissasida Zebi xolaning urushda o`lgan o`g`li kim? Kimsan
79. “Esingizdami, siz menga oftob to`g`risida cho`pchak aytib berardingiz” so`zlari qaysi hikoyadan olingan? “Iltijo”
80. “Dunyoning ishlari” qissasida onasi uchun kurortdan nima olib keladi? Gilam paypoq
81. “ Hisomiddi al Yog`iy” qanday asar? Tarixiy hikoya
82. Darveshlar darveshi, shayxlar shayxi kim? Hisomiddi al Yog`iy
83. “ Hisomiddin al Yog`iy” hikoyasidagi sayyoh qayerlik edi? Marokashlik
84. “ Hisomiddin al Yog`iy” hikoyasidagi sayyoh kim edi? Ibn Batuta
85. “Hisomiddin al Yog`iy” hikoyasidagi sayyoh Sulton Tarmashirin mamlakatida qancha muddat mehmon bo`ladi? 50 kundan ortiq
86. Sayyoh shayxga nima sovg`a qilmoqchi bo`ladi? Po`stinini
87. “Hisomiddin al Yog`iy” hikoyasida sulton tashlagan suyakni lib olgan amaldor kim? Burg`ubek
89. “Hisomiddin al Yog`iy” hikoyasida kim sayyohga 2 ot va 2 tuya sovg`a qiladi? Alouddin Tarmashirin ( sulton)
90. Ellik yil muqaddam hech kimdan tuhfa olmayman deb Allohga qasam ichgan obraz kim? Hisomiddin al Yog`iy(shayx)
Do'stlaringiz bilan baham: |