Toshkent shahar Uchtepa tuman XTB tasarrufidagi
116–sonli IDUMda “Kitobni sev, ardoqla” mavzusida
o‘tkazilgan ijodiy uchrashuv
BAYONNOMASI
O‘tkazilgan joyi: faollar zali
O‘tkazilgan sana: 4.11.2022yil
O‘tkazilgan vaqti: soat 13:00
Qatnashdilar: Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, taniqli ijodkor Rahmon Hojimurod, 116-sonli IDUM direktori N.X.Usmonova, MMIBDO‘ S.Gulomova, O‘TIBDO‘ N.Sultonova, ijodiy-madaniy masalalar bo’yicha targ’ibotchi M.Qobulova, maktab psixologi Erkinova O., maktabning ona tili va adabiyot o’qituvchilari M.Xasanov, K.Muzaffarov hamda maktab o‘quvchilari
Ijodiy uchrashuvni maktab direktori N.X.Usmonova ochib berdi, barchani yaqinlashib kelayotgan Navro’z bayrami bilan samimiy muborakbod etdi va Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, taniqli ijodkor Rahmon Hojimurodni tanishtirib o’tdi.
Rahmon Hojimurod, avvalo, barchani yaqinlashib kelayotgan Navro’z bayrami bilan samimiy qutladi va kitob haqidagi o’zining qimmatli fiklarini yig’ilganlar bilan baham ko’rdi.
Inson ma’naviyatining yuksalishida, dunyoqarashining shakllanishida kitobning o‘rni beqiyosdir. U nafaqat bilim bulog‘i, tafakkur xazinasi, balki insonga do‘st, to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatuvchi tarbiyachi hamdir. Shuning uchun ham kitob qadrlanadi. U yuraklarni yuraklarga tutashtiruvchi, qalbga ajoyib nur, aqlga qudrat beruvchi vositadir.
Kitobga oshno bo‘lgan odam o‘z umrini chiroyli o‘tkazishga, odamlarga faqatgina yaxshilik tilashga harakat qiladi. Allomalar va buyuklar ham barcha muvaffaqiyatlari, yaratgan kashfiyotlari uchun kitobdan minnatdor bo‘ladilar. Kitobdan yaxshiroq do‘st yo‘q, undan ortiq g‘amxo‘r yo‘q, unda yuz rohat bor, hech qachon ozor yo‘q. Go‘zal, dono xatti-harakatdan tug‘iluvchi ezgu saxovatlarimizning asosiy qismi uchun kitobdan minnatdor bo’lishimiz kerak. Taraqqiyotning umumiy ko‘lamida har bir xalqning o‘rni o‘sha xalq o‘gitlari, kitoblarning soni bilan belgilanadi. Kitobsiz uy — jonsiz toshday gap. Kitoblar xazinasi, umuman olganda, hayotning o‘ziga xos badiiy ko‘zgusidir.
Darhaqiqat, kitobni oftobga qiyos etishlari bejiz emas. U dillarni uyg‘otib munavvar etish bilan birga mavjudot sirlaridan ogoh qiladi.Yashashdan saboq beradi, qiyinchiliklarni yengish yo‘llarini, yaxshilik bilan yomonlikni, oq bilan qorani ajratishga o‘rgatadi. Kitob zehnlarni charxlab, bilimlar xazinasiga eshik ochadi.
Shuningdek, ijodkor uchrashuv davomida o’z ijod namunalari bilan ham o’rtoqlashdi. Yig’ilganlarda Rahmon Hojimurod ijodi katta taassutot qoldirdi.
Tadbir davomida maktabning ijodkor o’quvchilari ijrosida ham she’r va qo’shiqlar ijro etildi. Ijodiy uchrashuv qiziqarli va mazmunga boy tarzda o’tdi. Tadbir ishtirokchilari va mehmonlarga ham bu uchrashuv birdek manzur bo’ldi.
Ijodiy-madaniy masalalar bo’yicha targ’ibotchi: M.Qobulova
Do'stlaringiz bilan baham: |