6.Qo’shiq.
7.Boshlang’ich sinf o’quvchilari davom ettiradi.
Kitob
1-o’quvchi:Yo’lg’iz qolgan chog’da hamrohing bo’lgay,
Birgalikda ko’ngling quvonchga to’lgay,
Kitobsiz bilimlar yengilgay, so’lg’ay,
Yo’ling yoritguvchi-ziyodir kitob
Bilgil katta boylik faqat kitobdir,
Buyuk bobolardan shunday xitobdir,
Tilaklar ijobat, orzu ro’yobdir,
Yo’ling yoritguvchi-ziyodir kitob.
2-o’quvchi: Tinchlik o’lkaga kitob yarashar
Yer yuzining qaysi burjida
Kimlar nega, qandayin yashar?
Tinch-xotirjam o’lkaga qarang,
Kitob bayramlari yarashar.
Bir-biridan qiziq kitoblar,
Qalin-yupqa tuzuk kitoblar,
Kecha, bugun-tarixim unda,
Varaqlayman, barisi shunda.
Savol keldi menga nogahon
“Yashar edim kitobsiz, qanday?”
Cho’chib tushdim bu o’ydan hatto,
Ko’zimga tor tuyildi dunyo.
Birdan quyosh yo’qolib qoldi,
Osmon oysiz tund bo’lib oldi.
Zimistonga aylandi hayot,
Yo’llarimni yo’qotdim, nahot!
Ha, kitobsiz ma’ni yo’q bunda,
O’qib dilim yayraydi kunda,
Kitoblarning bahosi tengsiz,
O’qing, boyib ketasiz cheksiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |