7
xushnavis xattotlardan Sultonali Mashhadiy edi. U Nizomiy, Hofiz, Sa’diy,
Navoiy, Husayn Boyqaro va boshqalarning asarlarini ko’chirib shuhrat qozondi.
Sultonali tomonidan 50 dan ziyod kitob bizning davrimizgacha yetib kelgan.
Temuriy hukmdorlar devonxonalari qoshida, xususan, Samarqand, Hirotda
maxsus saroy kutubxonalari tashkil etilgan. Bunday kutubxonalar o’rta asrning
o’ziga xos hunarmandchilik korxonasi bo’lib, ularda qo’lyozma
kitoblarni
to’plash va saqlash bilan birga kitobsozlik bilan bog’liq bo’lgan bir qancha
amaliy ishlar bajarildi. Bunday saroy kutubxonalarining boshliqlari “kutubxona
dorug’asi” yoki “kitobdor” deb atalgan. Ularning qo’l ostidagi ko’plab
xushnavis xattot, naqqosh-musavvirlar, lavvoh, sahhoflar kitob yaratishga doir
turli vazifalarni bajarishgan. Masalan, 15-asrning 1- yarmida Hirotda
Ulug’bekning ukasi Boysunqur kutubxonasida 40 xattot va bir qancha naqqosh
qo’lyozma asarlardan nusxalar ko’chirish va ularni bezash bilan band bo’lgan.
Har bir qo’lyozma kitob bir necha mutaxassis qo’lidan o’tardi. 1425-29 yillarda
Ja’far Boysunquriy tomonidan Abulqosim Firdavsiyning mashhur “Shahnoma”
asari ko’chirilib, 20 ta turli mazmundagi rangdor miniatyuralar bilan bezatilgan.
Noyob san’at asari sifatida bu kitob Tehron muzeyida saqlanadi. Husayn
Boyqaro va Alisher Navoiy saroy kutubxonasi ham o’z davrida mashhur
bo’lgan. Navoiy badiiy qo’lyozma san’atini rivojlanishiga katta hissaa qo’shdi.
Uning bevosita ko’magi bilan Behzod,
Sultonali Mashhadiy, Shoh Muzaffar
kabi o’nlab kitobsoz ustalar yetishib chiqdi. Bu ustalarning uslub va an’analari
keyingi yillardagi kallegrafiya san’atining asosini tashkil etdi. Turkistonda
hattotlik yo’li bilan kitob tayyorlash uzoq vaqt davom etdi. Hatto kitob bosish
kashf qilingandan keyin ham, dastlabki vaqtlarda kitoblar qo’lyozma yo’li bilan
ko’paytirilar edi.
Kitob nusxalarini ommaviy ko’paytirish yo’lidagi izlanishlar natijasida
ksilografiya
paydo bo’ldi. 15- asrning 40- yillarda Germaniyalik Iogann
Gummenbrg tomonidan kitob bosish ixtiro qilinishi kitob taraqqiyotida yangi
8
davr ochdi. Kitob bosish texnikasi asta-sekin takomillashib, boshqa
mamlakatlarda ham tarqala boshladi.
Turkistonda bosma usuli bilan kitob chiqarish O’rta Osiyo Rossiyaga qo’shib
olingandan keyin tarqaldi. 1868 yilda Toshkentda
Turkiston harbiy okrugi
shtabining bosmaxonasi tashkil etildi. Shu bosmaxonada nashr etilgan rus olimi
va sayyohi N. A. Severtsovning “Suh va Norin tizmalari etagidagi tog’li o’lka
to’g’risida lavhalar” (rus tilida) kitobi Turkistondagi ilk bosma kitobdir. O’zbek
tilidagi birinchi bosma kitob Shohimardon Ibrihimovning 1871 yil Xivada
bosilgan “Kalindar”idir. Birin-ketin Turkistonning boshqa shaharlarida ham
xususiy litografiyalar tashkil etildi. Bulardan Otaxon Abdaliyev (Xivada),
Semyon Laxtin (Toshkentda), G’ulom Hasan Orifjonov (Toshkentda)
litografiyalari mashhur. Bu bosmaxonalarda adabiy, falsafiy, diniy, tarixiy
asarlar va darsliklar chiqarildi.
Sobiq SSR davrida Oktabr to’ntarishidan so’ng sobiq sovet tuzumi davrida
kitob bosish ishi birmuncha rivojlanib, ommaviy kitoblar
yaratish ishiga katta
ahamiyat berildi. Lekin kitobga, boshqa ommaviy vositalari kabi, KPSS va
sobiq Sovet hukumatining qudratli mafkuraviy quroli sifatida qaraldi. Shu
maqsadda juda ko’p nom va nusxada marksizm-leninizm asarlari, ijtimoiy
siyosiy, badiiy, ilmiy kitoblar nashr etildi. Ayni vaqtda, 20-30-yillarda,
O’zbekistonda asrlar mobaynida saqlanib kelingan qo’lyozma kitoblar, ayniqsa
diniy, tarixiy mazmundagi kitoblar, keyinroq qatag’onga uchragan o’zbek
yozuvchilarining asarlari yo’q qilina boshlandi: o’tda kuydirildi,
suvga
tashlandi.
Istiqloldan keying yillarda kitob mahsulotlari mavzu-mundarijasida keskin
o’zgarish bo’ldi. Tarixiy, diniy, milliy qadriyatlarga taalluqli kitoblarga alohida
ahamiyat berildi. Qur’oni karimning o’zbektilidagi tarjimasi ikki bor nashr etildi
(1991y., “Cho`lpon” nashriyotida; 2001 y., Toshkent Islom universititi
9
nashriyotida). Imom Buxoriyning 4 jildli “Hadis”lari (1991-96 yillar, Qomuslar
Bosh tahririyati), Amir Temur mavzusi bilan bog’liq o’nlab kitoblar chiqarildi.
Alisher Navoiyning 20 jildli to’la asarlari (1998-2002, O’zbekiston FA “Fan”
nashriyoti) chop etildi. Turli nashriyotlarda Forobiy, Berubiy.Ibn Sino,
Najmiddin Kubro, Mahmud az Zamaxshariy, Mirzo Ulug’bek, Ahmad
Yassaviy, Abdulla Qodiriy, Usmon Nosir
va boshqalarning asarlari, 33 jildli
“Xotira” kitobi chiqarildi. “O’zbekiston” nashriyotida O’zbekiston Respublikasi
Prezidenti I. A. Karimovning 10 jildli asarlari nashr qilindi (1997-2002).
Hozirda I. A. Karimovning chop etilgan asarlari soni 100 dan oshgan. Mavjud
nashriyotlar ommaning talab- ehtiyojlaridan kelib chiqib badiiy, ilmiy,
ommabop, darslik va boshqa turdagi kitoblar nashr etmoqdalar. Kitoblarning
badiiy va matbaa ijrosi ham jahon andozalariga javob beradigan darajada
yuksalib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: