Kitob tafakkur xazinasi. Oilaviy kitobxonlik madaniyatiga erishish davr talabi. Shaxs kamoloti va kitobxonlik madaniyati



Download 447,88 Kb.
bet1/2
Sana01.07.2022
Hajmi447,88 Kb.
#728799
  1   2
Bog'liq
Taqdimot (2)


Mavzu: Kitob va kitobxonlik inson ma'naviyati ko'zgusi
Reja:
  • Kitob tafakkur xazinasi.
  • Oilaviy kitobxonlik madaniyatiga erishish davr talabi.
  • Shaxs kamoloti va kitobxonlik madaniyati.

Insoniyatning jaholatga qarshi birinchi muqovalangan isyoni kitobdir. Riyoyu razolat, tubanlik, pastlikka qarshi odam bolalari bino etgan ilk istehkom ham kitob sanaladi. Dunyoviy qabohat, zulmu zalolatning jahoniy xuruj-hamlasiga qarama-qarshi olaroq bani bashar avlodi mustahkam, yemirilmas va qudratli lashkar sanalmish kitob armiyasini bunyod etdiki, mana, ming-ming yillar, asrlardan buyon jahon sahnida bir-biriga zid ikki muqobil kuch marifat va jaholat ezgulik va yomonlik timsolida kechayu kunduz tin olmay, tinim bilmay bir-biri bilan ayovsiz kurash olib borayotir. Ming-ming yillarkim bu muhoraba bir zum bolsa-da tingani yoq. Dunyoning bugungi avzoyiga kora hali-beri tinmogi ham dargumon.
Kohna toshbitiklardan boshlangan kitob va kitobnavislik insoniyat tamaddunining eng buyuk, oliy kashfiyoti va mojizasi sifatida bani bashar tarixida dunyo turguncha quyoshday porlab, charaqlab turmogi muqarrar. Eng qadim, kohna kitoblarning muqovasi ham, sahifasi ham toshdan bolgan. Odamzod qavmining johilliklariyu nodonliklaridan yurak-bagri qonga tolgan qadimiy sahroyi adib togu dashtga chiqib, alam va armon bilan yon-atrofga nazar tashlarkan, oh tortgancha Yangi olam, yangi odam qaytadan tuzmoq kerak, degan sozlarni chokich bilan tosh varaqqa oyib bitgan bolsa ne ajab? Qadim turkiy toshbitiklardan tortib Orxun Enasoy yozuvlarigacha, Zarautsoy goridagi suratlaru Afrosiyob naqshlari, qadim Baqtriyaning kohna Kushon xatlaridan toki Oltoy toglaridagi toshlarga bitilgan harflarga qadar butun bashariyat avlodiga xalqimiz tamaddunining, nasl-nasabimizu marifatimiz tomirlarining naqadar qadimiyligi bilan buyukligidan darak bermaydimi?
Kitob oqish barchamizning ma'naviy olamimizni boyitadi, sozlashuv madaniyatimizni oshiradi. Ayrim hollarda muqaddas ozbek tilimizdagi ayrim vatandoshlarimiz xizmati tufayli dagallashib, kambagallashib borayotganligining oldini olish uchun ham kitob oqish lozim. Vaholanki, bizning ozbek tilimiz dunyodagi eng boy tillar qatoriga kiradi. A.S.Pushkin butun ijodi davomida jami 21197 ta soz qollagan bolsa, Shekspir asarlari tilida jami 20 mingdan ortiq soz qollanilgan. Ispan olimlari Servantesning ijodida 18 ming soz qollanilgani haqida ma'lumot berganlar. Buyuk bobomiz Alisher Navoiy asarlarida qollanilgan sozlar soni esa 26000dan ortiq ekan. (Qodirov P. Til va el.-Toshkent, 2010-127 bet). Ana shuncha milliy boyligimizni avaylab-asrash uchun ham kitob oqish lozim. Darhaqiqat, kitobxonlik madaniyatini oshirish davr talabi.
Oila mafkuraviy tarbiyaning eng muxim ijtimoiy omillaridan biridir. Oila -jamiyat negizi bolib, kop asrlik mustahkam ma'naviy tayanchlarga ega. Milliy mafkuramizga xos bolgan ilk tushunchalar, avvalo, oila muhitida singadi. Bu jarayon bobolar ogiti, o'ta ibrati, ona mehri orqali amalga oshadi.Oiladagi soglom muxit - soglom mafkurani shakllantirish manbaidir. Jamiyatda har bir oilaning mustaxkamligi, farovonligini, ozaro hurmat va ahillikni ta'minlash - milliy mafkurada kozda tutilgan maqsadlarni amalga oshirishda tayanch boladi.Oila muhitida tashkil etilayotgan tarbiyaviy faoliyatning milliy tarbiya goyalariga asoslanishi shubxasizdir. Milliy tarbiya deganda ham milliy, xam zamonaviy talablarga mos an’ana va tajribalar vositasida amalga oshirilayotgan tarbiya jarayoni tushuniladi.
Oilada oilaviy tarbiya jarayonida tarbiya asoslaridan orinli foydalanish, ota – onalarning farzandlar tarbiyasida etnopsixologik va pedagogik goyalarga tayanishlari osib kelayotgan avlodda milliy ozlikni anglash, milliy qadriyatlarga sodiqlik hissini tarbiyalashda muhim omil xisoblanadi.
Oilani eng muxim qadriyatlardan biri sifatida e'tirof etish, ota - ona, bolalar, qarindosh-uruglar, qoni-qoshnilar, xalq, mustaqil davlat, uning asosiy ramzlari, sadoqatli bolish, insonlarga hurmat, ishonch, shaxs xotirasini uluglash, iymonli bolish, erkinlikka intilish - zamonaviy milliy tarbiya mazmunida oz ifodasini topgan asosiy goyalar bolib, anglangandek ularning kolami keng. Har bir inson ozini muayyan xalqning farzandi deya his etganda, mazkur xalqning istiqboli, ozodligi, farovonligi yolida mehnat qilib yashagandagina milliy ma'naviyat shakllanadi. Milliy fazilatlar oz-ozidan shakllanmaydi. Ularning inson qiyofasida namoyon bolishi u tomonidan amalga oshirilayotgan xatti - harakatning mazmuni bilan tavsiflanadi. Bola turmush tarzi, urf-odatlar, an'analar, oila a'zolarining muomala madaniyati, shuningdek, etnik xususiyatlarni aks ettiruvchi liboslari, rozgor anjomlari mohiyatini ozlashtiradi.Bola ulgaya borgach, uning tarbiyasida asosiy orin tutuvchi oila muhiti ijtimoiy muxit bilan uygunlasha boradi.Endilikda uning ongi, dunyoqarashini shakllantirishda oila bilan birga jamoatchilik xam faol ishtirok etadi. Jamoatchilik ishtiroki asosida bola mavjud sub'ektlarning ta'siri yordamida jamiyat tomonidan tan olingan ma'naviy - axloqiy xamda huquqiy me'yorlarning mohiyatini ozlashtira boradi. Ijtimoiy faoliyat kolami hamda munosabatlar doirasining kengayishi, unda goyaviy-siyosiy, estetik, iqtisodiy, gigiyenik bilimlarni xam tola ozlashtirishga nisbatan hayotiy ehtiyojning qaror topishiga zamin yaratadi.
O’zbekiston Respublikasi birichi Prezidenti Islom Karimov ta'kidlaganlaridek, «Oila haqida gapirar ekanmiz, avvalambor, oila hayotning abadiyligini, avlodlarning davomiyligini ta'minlaydigan, muqaddas urf-odatlarimizni saqlaydigan, shu bilan birga, kelajak nasllar qanday inson bolib yetishishiga bevosita ta'sir korsatadigan tarbiya ochogi ekanini tan olishimiz darkor». Prezidentimiz fikrlarida oilaning, eng avvalo, e'tiqod va soglom dunyoqarash tarbiyasidagi benazir rolini ta'kidlangandir. Shu sababli oila hamda mahalla tizimida bola tarbiyasi bilan bogliq barcha tarbiyaviy ishlarning asosida xalq an'analarining, xususan, oilaviy ozaro munosabatlarda saqlanib qolgan milliy qadriyatlarning tub mohiyatiga aloqador qonuniyatlarni organish vazifasi turibdiki, ularning ijtimoiy psixologik shart-sharoitlarini tadqiq etish, qolga kiritilgan natijalarni amaliyotga tatbiq etishni davrning ozi taqozo etib turibdi. Bugungi kunda oiladek ta'sirchan ijtimoiy institut orqali bolalarda aynan shunday qadriyatlarga nisbatan e'tiqodni shakllantirish va shu orqali oilaga nisbatan ijobiy ijtimoiy munosabatlarni hosil qilish dolzarb masalalardandir. Chunki oila asrlar mobaynida xalq an'nalari, milliy rasm-rusmlar va odatlarni saqlab hamda namoyon etib kelayotgan noyob makondir.
Oila qadim - qadimdan muqaddas dargoh deb hisoblanib kelingan. Inson turmushini oilasiz tasavvur etib bolmaydi, chunki u umri mobaynida oila ta'sirini sezib turadi, dastlab ota-onasining oilasida, song ozi qurgan oilasida hayot kechiradi. Har ikki holda ham oila insonning shaxs sifatida qaror topishiga muhim tarbiyaviy ta'sir kursatadi.Insonning shaxs sifatida hayotiy xususiyatlari, sozsiz, oilada shakllanadi.Oilada u ona tilida sozlashishni organadi.Millati, xalqi urf-odatlarini, an'analarini, umuminsoniy qadriyatlarni ozlashtiradi, dunyoqarashi, mafkurasi shakllanadi. Shu sababli oila jamiyatning ijtimoiy va ma'naviy - axloqiy tayanchi hisoblanadi. Otmishda oilada yosh avlodni xayotga tayyorlashda qollangan usul va vositalar, tadbir shakllari, oiladagi oziga xos urf - odat va an'analar, oila boshliqlari sanalmish ota va onalarning tarbiya haqidagi goyalari, hayotiy tajribalari milliy xalq tarbiyasida mujassamlangan. Unda yosh avlodni oilaviy hayotga tayyorlash jarayni murakkab, serqirra va uzluksiz bolib, ularning kelgusi oilaviy hayotga tolaqonli tayyor bolishi uchun eng muhim talablarni, insoniy xislarni shakllantirishi muhim va zarurdir.

Download 447,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish