TILXAT Tilxat – pul, hujjat, qimmatbaho buyumlar yoki boshqa biror narsa olinganligi, shuningdek ma’lum bir majburiyatlarning bajarilishini tasdiqlovchi rasmiy yozma hujjat. Tilxatlarning aksariyati qarzga pul olishda, mol-mulkni saqlashga topshirishda, oldi-sotdi ishlarini rasmiylashtirishda tuziladi. Yuridik jihatdan to‘g‘ri tuzilgan tilxatdan zarur hollarda sud jarayonida foydalanish mumkin. Tilxat qo‘lda yoziladi, bir nusxada tayyorlanadi va qimmatbaho hujjat sifatida saqlanadi. Olinadigan pul miqdori yoki buyumning bahosi va uning soni tilxatda raqamlar bilan ko‘rsatiladi, qavs ichida esa so‘zlar bilan ham berilishi shart. Tilxatning matni va muallifning imzosi oralig‘idagi bo‘sh joylar chiziladi. Tilxatdagi yozuvlarni o‘chirish yoki tuzatish mumkin emas, aks holda hujjatning haqiqiyligi shubha tug‘dirishi mumkin. Tilxat notarial idorada tasdiqlanishi shart emas, shu bois uni tuzish jarayonida bir necha guvoh ishtirok etadi. Zarur hollarda guvohlar tilxatda qayd etilganlarni sudda tasdiqlashlari mumkin. Agarda tilxat o‘ta muhim ahamiyatga ega bo‘lsa, tilxatni tuzgan shaxsning imzosi u ishlaydigan tashkilotda yoki notarial idorada tasdiqlanadi. ‘’Oybek’’ Navoiy ramoni Amaliy topshiriq Kitoblarning muallifini toping.
Ikki eshik orasi
Oq Kema
Qoraqolpoqnoma
Mehrobdan chayon
Shum bola
Hayot qayigi
Yuldizli tunlar
Alkimyogar
Bolalik xotiralarim
Sariq devni minib
CH.Aytmatov
P.Keolo
Oybek
T.Qayipbergenov
T.Malik
X.Toqtaboyev
A.Qodiriy
P.Qodirov
O.Hoshimov
Gafur Gulom
Oqshom o‘z xonasida bir ko‘p do‘stlari, yaqinlari, mulozimlari bilan, “rasm kushodi(ochilish marosimi)”ni o‘tkazish haqida kengash qildi. Tajribali mulozimlar qancha ot, qo‘y va qancha qoramol so‘yilishi, qancha meva-cheva va hokazo kerakligi ham qanday tartib bilan o‘tkazish to‘g‘risida ma’qul fikrlarni o‘rtaga otdilar. Navoiy shu kundan boshlab tayyorgarlik ko‘rishga ruxsat berdi. Jum’a kuni injil yoqalari ajoyib katta yig‘ilishni ko‘rdi. Bu yerda a’yonlar, akobirlar, ulamolar, shoirlar, san’atkorlar, turli hunar-kasb vakillari, xullas, vazirlardan tortib Hirot yetimlarigacha qurama xalq hozir bo‘ldi. O‘nlab bahaybat qozonlarda taomlar tayyorlandi. Qanor-qanor pista - bodom va minglarcha quyum halvolar mehmonlar oldiga to‘kildi. Ziyofatdan keyin xalq guruh-guruh bo‘lib, binolarni tomosha qildi. Madrasa va xonaqoh binolaridan iborat bir dasta binoga “Ixlosiya”, kasalxona va hammom “Shifoiya”, kutubxona ham buning qanotida, shoir o‘zi, do‘stlari, mulozimlari yashashi uchun soldirgan imoratlarga “Unsiya” deb nom qo‘yildi. San’atning uchta muazzam va ko‘rkam guldastasi bo‘lgan bu binolarning ta’rifi xalq tilidan tushmadi. Ularning dong‘i qo‘shiqlarda, qasidalarda yangradi, jonli so‘zning qanotlarida uzoq yurtlarga shamolday uchdi. Bu binolarning ilm va madaniyat o‘chog‘iga, ijodiy fikr manbaiga aylantirmoq yana ko‘p g‘ayrat talab qildi. Shoir “Ixlosiya” madrasasiga zamonning eng oldingi olimlarini – “Xazinai ulum va funun(ilm fanlarning xazinasi yoki katta olimlar ma’nosida)”larni mudarris tayinladi. Bular orasida Sultonmurod ilmi mantiq ham riyoziyot mudarrisi bo‘lib kirdi. “Shifoiya”da xastalarni davolamoq uchun Xurosonning eng yaxshi tabiblarini jalb etdi. Bu yerda tib ilmidan dars etmak uchun buyuk tabib mavlono G‘iyosiddin Muhammadni belgiladi. Olimlarning foydalanishi uchun kutubxonani hamma qimmatli asarlar bilan to‘ldirishga kirishdi. O‘nlab kotiblar qimmatli nodir kitoblarni bu kutubxona uchun ko‘chirmoqqa boshladilar. Madaniy muassasalarni boshqarish uchun har xizmat, har vazifaga alohida kishilar belgilandi. O‘z mulklaridan keladigan daromadning bir qismini doimiy vaqf tariqida bu muassasalarga bag‘ishladi. Yillar o‘tdi. Shoir qalamining ovozi cho‘llar, tog‘lar, dengizlarni oshdi. Uning g‘azallardan terma kitoblar karvonlarning qimmatli xazinasi bo‘lib, uzoq o‘lkalarga, turli qavmlar, qabilalar, xalqlar orasiga yetdi. Navoiy unga qadar o‘z xalqining hech bir shoiriga bajarish nasib bo‘lmagan bir vazifani – she’r tog‘ining yorqin cho‘qqisiga chiqishni hayol qilar edi. Bu – o‘z ona tilida “Xamsa” yaratish edi. Adabiy mubohazalar asnosida Eron xalqining o‘lmas adabiy xazinalari – “Shohnoma”lar, - “Hamsa”lar allaqanday g‘urur ham cheksiz muhabbat bilan yodlanarkan, Navoiy bir qarich yoshidan har vaqt o‘ksinar edi
Do'stlaringiz bilan baham: |