Kislotalar (nordon suvlar) Kislota



Download 104 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi104 Kb.
#309824
Bog'liq
4 Kislotalar yangi






Kislotalar (nordon suvlar)

Kislota -vodorod atomi va kislota qoldig’idan tashkil topgan murakkab moddalarga aytiladi.

Umumiy formulasi: [ H/KQ ] bu yerda K-kislota, Q-qoldiq

Kislotalarning toifalanishi


Kislotalar





Kislorodsiz

HCl HBr HJ HF HCN H2S HSCN

HN3

va hokazo

Kislota qoldig’ining tarkibiga ko’ra



Kislota molekulasidagi kislorod bilan bog’langan (metallarga almashtira oladigan) vodorodlar soniga ko’ra



Kislorodli



Bir asosli (negizli)

Uch asosli (negizli )

Ikki asosli (negizli)

Ko’p asosli (negizli)



H2SO4 HNO3 H3PO4 H2CO3 va hokazo



HCl HF HNO3 HNO2 va hokazo

H2SO4, H2SO3 H2CO3 H2S va hokazo

H3PO3 istisno



3PO4 , H3AsO3, H3 AsO4 H3BO3

va hokazo



H4P2O7

Kislotalar kuchiga ko’ra ikki guruhga bo’linadi:

1)Kuchli kislotalar 2)Kuchsiz kislotalar

Kislotalar kuchiga ko’ra 2 turga bo’linadi:





Kuchli kislotalar

HCl, HBr, HJ,H2SO4,HNO3, HClO3,HMnO4, H2Cr2O7, H2MnO4,H2CrO4



Kuchsiz kislotalar

H2SO3, H2CO3 , H3AsO3, va qolgan barcha kislotalar




K islotalar kuchini aniqlash :

K islorodsiz kislotalarning kuchi davriy sistemadan aniqlanadi: HF kislotalilik ortadi

HCl

HBr


HJ

Kislorodli kislotalarning kuchi quyidagi formuladan aniqlanadi :



HNEOM bo’lsa , kislotalarning kuchi = M-N

Kislotalarning kuchi ikki yoki undan ortiq bo’lsa- kuchli kislota : HClO4 (4-1=3)…..

Kislotalarning kuchi bir bo’lsa – o’rta kuchli kislota :H3PO4 (4-3=1)…..

Kislotalarning kuchi 0 bo’lsa –kuchsiz kislota :H3BO3 (3 - 3 = 0) ……

K islorodli kislotalarning kuchi davriy sistemadan ham aniqlanadi.Ya’ni davriy sistemada pastdan tepaga,chapdan o’ngga ortadi.

H2SO3

H2SeO3 kislotalilik

H2TeO3 ortadi

Kislotalarni nomlash:

Kislorodsiz kislotalarni nomlashda kislota nomining oxiri ,, id “ qo’shimchasi bilan tugaydi. Masalan: HCl – xlorid kislota, HBr – bromid kislota, H2S – sulfid kislota, HCN – sianid kislota va h. k

Kislorodli kislotalarni nomlashda esa ,,at’’ va ,, it “ qo’shimchasi ishlatiladi. ,,at” markaziy atom eng yuqori valentlikka ega bo’lsa yoki kislorod (O) atomi ko’proq bo’lganda ishlatiladi . Masalan: H3PO4 – ortofosfat kislota , H2SO4-sulfat kislota, HNO3 – nitrat kislota. Undan bitta kislorod atomi kam bo’lgan valentligi o’rta holatdagi kislotalarni nomi ,,it” qo’shimchasi bilan tugaydi. Masalan : H3PO3 -ortofosfit kislota, H2SO3 – sulfit kislota, HNO2 – nitrit kislota.

Kislotalarning tarkibidagi kislorod (O) atomi oshib borishida tartibida ularning nomi ham o’zgaradi.

Jadvalga qarang:

Element

Galogenlarni kislotalari

Cl

HClO gipoxlorit kislota

HClO2 xlorit kislota

HClO­3 xlorat kislota

HClO4 perxlorat kislota

Br

HBrO gipobromit kislota

HBrO2 bromit kislota

HBrO3 bromat kislota

HBrO4 perbromat kislota

J

HJO gipoyodit kislota

HJO2 yodit kislota

HJO3 yodat kislota

HJO4 peryodat kislota

Kislotalarning olinishi :

1)Kislorodsiz kislotalar quyidagicha olinadi:

H2 + F2=> 2HF (gaz) => gazni suvda eritamiz (HF+H2O) shunday qilib HF (kislota) tayyor.

2 + Cl2=> 2HCl (gaz) => gazni suvda eritamiz (HCl+H2O) shunday qilib HCl (kislota) tayyor.

2)Kislorodli kislotalar quyidagicha olinadi :

a)Labaratoriyada :

Tegishli kislota tuziga H2SO4 tegishtirib olinadi : 2NaNO3 + H2SO4 => Na2SO4 + 2HNO3

2KNO3 + H2SO4 => K2SO4 + 2HNO3

b)Sanoatda :

Angidridlarni suvda eritib olinadi : SO3+H2O => H2SO4 CO2+H2O => H2CO3





Kislotalarning kimyoviy xossalari:

1.Kislota ertitmasini pH i 7dan kichik (pH<7) bo’lib indikatorlarga quyidagicha ta’sir ko’rsatadi:

a)binafsha rangli lakmus qog’ozi qizaradi b)fenolftalein rangsizlanadi

c)metilzarg’aldog’i pushti rangga kiradi

2 .Kislota + Asos => Tuz + Suv

H2SO4 + Ca(OH)2 => CaSO4+ 2H2O neytrallanish reaksiyasi

HCl + NaOH => NaCl+ H2O

3. Kislota + Amfoter oksid => ­ Tuz + Suv

3H2SO4 + Al2O3 => Al2(SO4)3+ 3H2O

2HNO3 + ZnO => Zn(NO3)2 + H2O

4. Kislota + Asosli oksid => ­ Tuz + Suv

H2SO4 + Na­2O => Na2SO­4 + H2O

2HCl + K2O => 2KCl + H2O

5. Kislota + Metall => reaksiyasi qanday tartibda borishi bu metallarning aktivlik ( Beketov) qatoriga bog’liq. Agar reaksiyaga kirishuvchi metall H dan chapda turgan bo’lsa metall H ni kislota tarkibidan siqib chiqaradi.

2HCl + 2Na => 2NaCl + H2

H2SO4 + Mg => MgSO4 + H2



Agar reaksiyaga kirishuvchi metall H dan o’ngda turgan bo’lsa, metall kislota tarkibidan H ni siqib chiqara olmaydi .

Cu+HCl =>X Cu + H2SO4(suyul)=> X Au+HCl =>X



Izoh: Ularning ayrimlari (Cu, Hg, Ag) ayrim kislotalar (H2SO4(konst), HNO3(konst),HNO3(suyul) ) bilan reaksiyaga kirishib kislotaning tarkibiga binoan gazlar ajratadi.

Cu + 2H2SO4(konst0 => CuSO4 + SO2 + 2H2O

3Cu+ 8HNO3(suyul) => 3Cu(NO3)2 + 2NO+ 4H2O

Cu + 4HNO3(konst ) => Cu(NO3)2 + 2NO2 + 2H2O



6. Kislorodli kislotalar qizdirilganda ularning angidridlari va suv hosil bo’ladi;

H2SO4 => SO3 + H2O (SO3 – sulfat angidrid)

2SO3 => SO2 + H2O (SO2 –sulfit angidrid )

2HNO3 => N2O5+ H2O (N­2O5 – nitrat angidrid)

2HClO4 => Cl2O7+ H2O ( Cl2O7 – perxlorat angidrid)

Yodda tuting :

Kislotalarning eritmadagi konsentratsiyasi 50% dan yuqori bo’lsa konsentrlangan kislota deyiladi.

Kislotalarning eritmadagi konsentratsiyasi 50% dan past bo’lsa suyultirilgan kislota deyiladi.

Istisno holat : (HCl ni eritmadagi 37% dan yuqori konsentratsiyalisi konsentrlangan deb ataladi.)

Kislota


1. Quyidagilarning qaysilari neytrallanish reaksiyalari hisoblanadi?

1) NaOH+HCI= 2) NaHCO3+NaOH=

3) NaHCO3+HCI=

A) 1 B) 2 C) 3 D) 2 va 3

2. Konsentrlangan sulfat kislota oltingugurt bilan reaksiyaga kirishganda qanday moddalar hosil bo‘ladi?

A) SO2, H2O B) H2O, H2S

C) S, SO2, H2O D) SO3, H2O

3. Qaysi kislotalar faqat oksidlovchi xossasini namoyon qiladi?

1. H2SO3 2. HCIO4 3. H2SO4 4. H3PO3 5. HNO3

A) 1,2,3 B) 1,2,5 C) 2,3,4 D) 2,3,5

4. Magniy suyuq nitrat kislota bilan reaksiyasida N2O hosil bo‘lgan. Unda 1 mol magniy necha mol HNO3 bilan reaksiyada qatnashadi?

A) 2,0 B) 2,5 C) 4 D) 8

5. Sulfat kislota eritmasi quyidagi moddalarning qaysilari bilan reaksiyaga kirishadi?

1. LiOH 2. HNO3 3.CH3COOH 4. FeO

5. Na2SO4 6. K2CO3 7. SO3 8. Au

A) 1,4,6 B) 1,2,3 C) 4,5,6 D) 5,7,8

6. Suyultirilgan nitrat kislotada magniy erishi natijasida 5,6 l azot(II) oksidi ajralib chiqqan bo‘lsa, necha gramm magniy reaksiyaga kirishgan?

A) 24 B) 9 С) 6 D) 18

7. Qaysi kislota yoki kislota aralashmasida oltin eriydi?

A) kons HCI B) kons HNO3 C) kons H2SO4

D) kons 3 hajm HCI+ kons 1 hajm HNO3

8. Quyidagi kislotalardan qaysi biri eng kuchli?

A) H2CO3 B) H2SO3 C) HNO2 D) H2SO4

9. Kislotalarning qaysi biri eng kuchli?

A) HCIO B) HCIO3 C) HCIO2 D) HCIO4

10. Kislotalarning umumiy xossalari qaysi xususiyatlari bilan bog‘liq?

A) suvda oson erishi B) dissotsilanish xususiyati

C) molekulasida vodorod atomi mavjudligi

D) molekulasida kislota qoldig‘i mavjudligi

11. Konsentrlangan xlorid kislota qaysi moddalar bilan reaksiyaga kirishganda gaz holdagi modda hosil bo‘ladi?

1. mis 2. malaxit 3. kaliy permanganat 4. osh tuzi

A) 1,2 B) 2,3 C) 1,3 D) 3,4

12. Kislotalarning qaysi biri kuchsizroqdir?

A) H2CO3 B) H2SiO3 C) H2GeO3 D) H2SnO3

13. Suyultirilgan nitrat kislota quyidagi moddalarning qaysilari bilan reaksiyaga kirishadi?

1) NaOH 2) H2SO4 3) Fe(NO3)2 4) ZnO

5) Ca(NO3)2 6) NO2 7) ZnCO3 8) Pt

A) 1,4,7 B) 1,2,3 C) 4,5,6 D) 6,7,8

14. Quyidagi kislotalarning dissotsilanishi darajasi qanday tartibda ortib boradi?

A) HCIO, HCIO2, HCIO3, HCIO4

B) HCIO4, HCIO3, HCIO2, HCIO

C) HCIO, HCIO3, HCIO2, HCIO4

D) HCIO2, HCIO4, HCIO, HCIO3

15. Quyidagi kislotalarning qaysi biri eng kuchli?

A) HF B) HOCI C) H3PO4 D) HNO3

16. Qaysi reaksiya uchun konsentrlangan kislota qo‘llanilgan?

1. Zn+H2SO4=ZnSO4+H2

2. Zn+HNO3=Zn(NO3)2+NH4NO3+H2O

3. Zn+H2SO4=ZnSO4+H2S+H2O

4. Zn+HNO3=Zn(NO3)2+NO2+H2O

A) 1 B) 1,3 C)3, 4 D) 2,3

17. Qaysi reaksiyada konsentrlangan nitrat kislota qo‘llanilgan?

A) Cu+HNO3→Cu(NO3)2+NO+H2O

B) Mg+HNO3→Mg(NO3)2+NO+H2O

C) Pb+HNO3→Pb(NO3)2+NO2+H2O

D) Zn+HNO3→Zn(NO3)2+NH4NO3+H2O

18. Konsentrlangan nitrat kislota bilan qaysi moddalar reaksiyaga kirishmaydi?

1) Mg 2) Cu 3) AI 4) SiO2

A) 1,2 B) 3,4 C) 1,4 D) 2,3

19. Vodorod xlorid qaysi oksid bilan reaksiyaga kirishadi?

A) SiO2 B) CO2 C) MgO D) CO

20. Xlorid kislota eritmasi xona haroratida quyidagi moddalarning qaysilari bilan reaksiyaga kirisha oladi?

1. mis 2. natriy gidrokarbonat 3. kremniy(IV) oksid 4. natriy nitrat 5. rux gidroksoxlorid

A) 1,2 B) 2,3 C) 3,4 D) 2,5

21. Lakmusning binafsha rangi qaysi qatordagi moddalar ta’sirida o‘zgaradi?

A) sulfat kislota, osh tuzi, vodorod oksid, vodorod sulfid

B) natriy nitrat, fosfat kislota, vodorod oksid, ammoniy gidroksid

C) natriy sulfat, natriy ishqor, nitrat kislota, vodorod peroksid

D) litiy gidroksid, natriy karbonat, alyuminiy xlorid, nitrat kislota

22. Quyidagilardan qaysi biri nordon tuz hosil qila olmaydi

A) sulfat kislota B) fosfat kislota

C) sulfid kislota D) perxlorat kislota

23. Konsentrlangan sulfat kislota quyida berilgan qaysi guruhdagi moddalar bilan reaksiyaga kirisha oladi?

A) oltingugurt, oltin, uglerod, kaliy nitrat (kristall)

B) uglerod(IV)oksid, xlor, natriy ishqor, oltingugurt

C) natriy gidroksid, kalsiy oksid, osh tuzi (kristall)

D) kaliy ishqor, rux, platina

24. Temir(II) va temir(III) ionlari uchun sifat reaksiyasini bajarish uchun qaysi moddalardan foydalanish mumkin?

A) xlor ioni B) gidroksid ioni

C) sulfat ioni D) atsetat ioni

25. Quyida keltirilgan kislotalarning qaysilari nordon tuz hosil qila oladi?

1. xlorid 2. sirka 3. sulfid 4. fosfat

5. yodid 6. karbonat 7. sulfit kislotalar

A) 3,4,6,7 B) 2,3,5,6 C) 2,3,4,5 D) 3,4,5,6

26. Qaysi kislota metallar bilan reaksiyaga kirishganda, vodorod ajralib chiqmaydi?

A) H3PO4 B) H2SO4 C) HNO3 D) HCI

27. Nitrat kislota qaysi metall bilan ta’sirlashganda, NO2 gazi ajralib chiqadi?

A) Ba B) Fe C) AI D) Cu

28. Mis-kumush qotishmasini eritish uchun qanday kislotadan foydalanish kerak?

A) xlorid B) nitrat C) bromid D) fosfat

29. Ushbu H-O-C(O)-O-H struktur formulaga ega bo‘lgan moddani aniqlang.

A) karbonat kislota B) chumoli kislota

C) oksalat kislota D) etilenglikol

30. Uchta probirkada nomlari yozilmagan HCI, H2SO4, HNO3 kislotalar eritmalari berilgan. Xlorid kislotani qaysi reaktiv yordamida aniqlash mumkin?

A) bariy xlorid B) natriy gidroksid

C) kumush nitrat D) kalsiy gidroksid

31. Qaysi kislota kuchli ftorid kislotami yoki xlorid kislotami? Nima uchun?

A) xlorid kislota kuchli. Chunki xlor atomining radiusi ftor atominikidan katta. Shu sababli manfiy zaryadga ega bo‘lgan xlorid ionlari o‘ziga vodorod ionlarini ftorid ionlariga nisbatan kuchliroq tortadi.

B) xlorid kislota kuchli. Chunki ftor atomining radiusi xlor atominikidan ancha kichik. SHu sababli manfiy zaryadga ega bo‘lgan ftorid ionlari o‘ziga vodorod ionlarini xlorid ionlariga qaraganda kuchliroq tortadi.

C) ftorid kislota kuchli. CHunki ftor atomining radiusi xlor atominikidan kichik. SHu sababli manfiy zaryadli ftorid ionlari o‘ziga vodorod ionlarini xlorid ionlariga qaraganda kuchsizroq tortadi.

D) ftorid kislota kuchli. CHunki ftorid ionining radiusi xlorid ionikidan ancha katta. SHu sababli ftorid ionlari o‘ziga vodorod ionlarini xlorid ionlariga nisbatan kuchliroq tortadi.

32. Quyidagi HF→HCI→HBr→HI qator bo‘yicha kislotalarning kuchi qanday tartibda o‘zgaradi?

A) kamayadi B) o‘zgarmaydi C) o‘zgaradi

D) ortadi

33. Ortofosfat kislotaga qanday tavsif to‘g‘ri keladi?

A) kuchli elektrolit B) o‘rtacha kuchli elektrolit

C) kuchsiz elektrolit D) suvda erimaydi

34. Suyultirilgan sulfat kislota tayyorlash uchun konsentrlangan kislota suvga quyiladi. Bunda teskari amalni bajarish ruxsat etilmaydi, chunki...

A) yong‘in sodir bo‘lishi mumkin

B) zaharli gaz mahsulotlar hosil bo‘lishi mumkin

C) suv parchalanishi mumkin

D) katta miqdorda issiqlik ajralib chiqishi natijasida eritma sachrab ketishi mumkin

35. HCIO→HCIO2→HCIO3→HCIO4 qatorida kislotalar kuchi qanday o‘zgaradi?

A) kuchayadi B) kamayadi C) o‘zgarmaydi

D) kislotalar konsentratsiyasiga bog‘liq

36. Quyida keltirilganlardan metafosfat kislotani ko‘rsating.

A) H3PO4 B) HPO3 C) H2P2O6 D) H4P2O7

37. Qaysi kislota indikatorlarning rangini o‘zgartira olmaydi?

A) vodorod ftorid B) silikat kislota

C) karbonat kislota D) sirka kislota

38. HOCI—HCIO2---HCIO3---HCIO4 qatorida birikmalarning barqarorligi, oksidlovchi xossalari va kislotali xossalari qanday o‘zgaradi?

A) ortadi, kamayadi, kuchayadi

B) o‘zgarmaydi, ortadi, kamayadi

C) kamayadi, o‘zgarmaydi, o‘zgarmaydi

D) ortadi, ortadi, kuchayadi

39. Quyidagi moddalarning qaysilari suvda eriganda, kislota hosil bo‘ladi?

1) natriy xlorid 2) kalsiy oksid 3) ammiak

4) vodorod xlorid 5) etanol 6) vodorod sulfid

A) 4 va 6 B) 1 va 3 C) 2 va 6 D) 3 va 5

40. Sulfat va perxlorat kislotalarning tegishli angidridlarininig formulalarini ko‘rsating.

A) oltingugurt(IV) oksid va xlor(I) oksid

B) oltingugurt(VI) oksid va xlor(VII) oksid

C) oltingugurt(VI) oksid va xlor(VI) oksid

D) oltingugurt(IV) oksid va xlor(VII) oksid

41. Xrom(VI) oksid va xlor(VII) oksidga muvofiq keladigan kislotalarni aniqlang.

A) xromat va xlorat kislotalar

B) bixromat kislota va xlorit kislota

C) xromat kislota va perxlorat kislota

D) xromit va perxlorat kislotalar

42. Raqamlangan probirkalarga: 1) natriy nitrat

2) soda 3) kaliy xlorid 4) potash 5) natriy sulfit 6) kaliy sulfat eritmalari solingan. Ularning har biriga xlorid kislota eritmasi tomizilsa, qaysi probirkalarda gaz ajralib chiqadi?

A) 2 va 5 B) 2,5 va 6 C) 1,2 va 3 D) 2,4,5

43. O‘ta suyultirilgan HNO3 magniy metalli bilan reaksiyaga kirishganda, azotning oksidlanish darajasi nechagacha qaytariladi?

A) +4 B) +3 C) +2 D) +1

44. Ushbu qatorda H2SO3-H2SeO3-H2TeO3 kislotalarning kuchi qanday o‘zgaradi?

A) kamayadi B) ortadi C) o‘zgarmaydi

D) maksimumdan o‘tadi

45. Qaysi konsentrlangan kislota qizdirilganda HCI ishtirokida oltinni eritadi?

1) HNO3 2) HCI 3) H2SO4 4) H2SeO4 5) H2TeO4

A) 1 B) 2,4 C) 1,3 D) 3

46. Oksidlovchilik xossasi yuqori bo‘lgan kislotani aniqlang.

A) xlorit kislota B) xlorat kislota

C) perxlorat kislota D) gipoxlorit kislota

47. Quyida keltirilgan moddalarda sanab o‘tilgan xususiyatlarning qanday o‘zgarishini ko‘rsating.

HCIO, HCIO2, HCIO3, HCIO4

1) kislota kuchi 2) turg‘unligi

3) oksidlovchilik aktivligi

A) kuchayadi, pasayadi, pasayadi

B) kuchayadi, ortadi, pasayadi

C) pasayadi, pasayadi, ortadi

D) kuchayadi, o‘zgarmaydi, pasayadi

48. Taklif etilgan moddalarni kislotali xossasi ortib borish tartibida joylashtiring.

1) perxlorat kislota 2) xlorit ki slota

3) xlorat kislota 4) gipoxlorit kislota

A) 1,3,2,4 B) 2,1,4,3 C) 1,2,3,4 D) 4,2,3,1

49. Xlorid va sulfat kislotalarni bir-biridan farqlash imkonini beradigan moddani tanlang.

A) kumush B) bariy nitrat C) kalsiy xlorid D) rux

50. Konsentrlangan sulfat kislota bilan temir(II) xloridning 12,7 g miqdori o‘rtasidagi reaksiya natijasida hosil bo‘lgan gaz mahsulotining hajmini (l) hisoblang.



A) 2,24 B) 4,48 C) 5,6 D) 11,2


Download 104 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish