K islorodsiz kislotalarning kuchi davriy sistemadan aniqlanadi: HF kislotalilik ortadi
Kislotalarning tarkibidagi kislorod (O) atomi oshib borishida tartibida ularning nomi ham o’zgaradi.
5. Kislota + Metall => reaksiyasi qanday tartibda borishi bu metallarning aktivlik ( Beketov) qatoriga bog’liq. Agar reaksiyaga kirishuvchi metall H dan chapda turgan bo’lsa metall H ni kislota tarkibidan siqib chiqaradi.
1. Quyidagilarning qaysilari neytrallanish reaksiyalari hisoblanadi?
1) NaOH+HCI= 2) NaHCO3+NaOH=
3) NaHCO3+HCI=
A) 1 B) 2 C) 3 D) 2 va 3
2. Konsentrlangan sulfat kislota oltingugurt bilan reaksiyaga kirishganda qanday moddalar hosil bo‘ladi?
A) SO2, H2O B) H2O, H2S
C) S, SO2, H2O D) SO3, H2O
3. Qaysi kislotalar faqat oksidlovchi xossasini namoyon qiladi?
1. H2SO3 2. HCIO4 3. H2SO4 4. H3PO3 5. HNO3
A) 1,2,3 B) 1,2,5 C) 2,3,4 D) 2,3,5
4. Magniy suyuq nitrat kislota bilan reaksiyasida N2O hosil bo‘lgan. Unda 1 mol magniy necha mol HNO3 bilan reaksiyada qatnashadi?
A) 2,0 B) 2,5 C) 4 D) 8
5. Sulfat kislota eritmasi quyidagi moddalarning qaysilari bilan reaksiyaga kirishadi?
1. LiOH 2. HNO3 3.CH3COOH 4. FeO
5. Na2SO4 6. K2CO3 7. SO3 8. Au
A) 1,4,6 B) 1,2,3 C) 4,5,6 D) 5,7,8
6. Suyultirilgan nitrat kislotada magniy erishi natijasida 5,6 l azot(II) oksidi ajralib chiqqan bo‘lsa, necha gramm magniy reaksiyaga kirishgan?
A) 24 B) 9 С) 6 D) 18
7. Qaysi kislota yoki kislota aralashmasida oltin eriydi?
A) kons HCI B) kons HNO3 C) kons H2SO4
D) kons 3 hajm HCI+ kons 1 hajm HNO3
8. Quyidagi kislotalardan qaysi biri eng kuchli?
A) H2CO3 B) H2SO3 C) HNO2 D) H2SO4
9. Kislotalarning qaysi biri eng kuchli?
A) HCIO B) HCIO3 C) HCIO2 D) HCIO4
10. Kislotalarning umumiy xossalari qaysi xususiyatlari bilan bog‘liq?
A) suvda oson erishi B) dissotsilanish xususiyati
C) molekulasida vodorod atomi mavjudligi
D) molekulasida kislota qoldig‘i mavjudligi
11. Konsentrlangan xlorid kislota qaysi moddalar bilan reaksiyaga kirishganda gaz holdagi modda hosil bo‘ladi?
1. mis 2. malaxit 3. kaliy permanganat 4. osh tuzi
A) 1,2 B) 2,3 C) 1,3 D) 3,4
12. Kislotalarning qaysi biri kuchsizroqdir?
A) H2CO3 B) H2SiO3 C) H2GeO3 D) H2SnO3
13. Suyultirilgan nitrat kislota quyidagi moddalarning qaysilari bilan reaksiyaga kirishadi?
1) NaOH 2) H2SO4 3) Fe(NO3)2 4) ZnO
5) Ca(NO3)2 6) NO2 7) ZnCO3 8) Pt
A) 1,4,7 B) 1,2,3 C) 4,5,6 D) 6,7,8
14. Quyidagi kislotalarning dissotsilanishi darajasi qanday tartibda ortib boradi?
A) HCIO, HCIO2, HCIO3, HCIO4
B) HCIO4, HCIO3, HCIO2, HCIO
C) HCIO, HCIO3, HCIO2, HCIO4
D) HCIO2, HCIO4, HCIO, HCIO3
15. Quyidagi kislotalarning qaysi biri eng kuchli?
A) HF B) HOCI C) H3PO4 D) HNO3
16. Qaysi reaksiya uchun konsentrlangan kislota qo‘llanilgan?
1. Zn+H2SO4=ZnSO4+H2
2. Zn+HNO3=Zn(NO3)2+NH4NO3+H2O
3. Zn+H2SO4=ZnSO4+H2S+H2O
4. Zn+HNO3=Zn(NO3)2+NO2+H2O
A) 1 B) 1,3 C)3, 4 D) 2,3
17. Qaysi reaksiyada konsentrlangan nitrat kislota qo‘llanilgan?
A) Cu+HNO3→Cu(NO3)2+NO+H2O
B) Mg+HNO3→Mg(NO3)2+NO+H2O
C) Pb+HNO3→Pb(NO3)2+NO2+H2O
D) Zn+HNO3→Zn(NO3)2+NH4NO3+H2O
18. Konsentrlangan nitrat kislota bilan qaysi moddalar reaksiyaga kirishmaydi?
1) Mg 2) Cu 3) AI 4) SiO2
A) 1,2 B) 3,4 C) 1,4 D) 2,3
19. Vodorod xlorid qaysi oksid bilan reaksiyaga kirishadi?
A) SiO2 B) CO2 C) MgO D) CO
20. Xlorid kislota eritmasi xona haroratida quyidagi moddalarning qaysilari bilan reaksiyaga kirisha oladi?
1. mis 2. natriy gidrokarbonat 3. kremniy(IV) oksid 4. natriy nitrat 5. rux gidroksoxlorid
A) 1,2 B) 2,3 C) 3,4 D) 2,5
21. Lakmusning binafsha rangi qaysi qatordagi moddalar ta’sirida o‘zgaradi?
A) sulfat kislota, osh tuzi, vodorod oksid, vodorod sulfid
B) natriy nitrat, fosfat kislota, vodorod oksid, ammoniy gidroksid
C) natriy sulfat, natriy ishqor, nitrat kislota, vodorod peroksid
D) litiy gidroksid, natriy karbonat, alyuminiy xlorid, nitrat kislota
22. Quyidagilardan qaysi biri nordon tuz hosil qila olmaydi
A) sulfat kislota B) fosfat kislota
C) sulfid kislota D) perxlorat kislota
23. Konsentrlangan sulfat kislota quyida berilgan qaysi guruhdagi moddalar bilan reaksiyaga kirisha oladi?
A) oltingugurt, oltin, uglerod, kaliy nitrat (kristall)
B) uglerod(IV)oksid, xlor, natriy ishqor, oltingugurt
C) natriy gidroksid, kalsiy oksid, osh tuzi (kristall)
D) kaliy ishqor, rux, platina
24. Temir(II) va temir(III) ionlari uchun sifat reaksiyasini bajarish uchun qaysi moddalardan foydalanish mumkin?
A) xlor ioni B) gidroksid ioni
C) sulfat ioni D) atsetat ioni
25. Quyida keltirilgan kislotalarning qaysilari nordon tuz hosil qila oladi?
1. xlorid 2. sirka 3. sulfid 4. fosfat
5. yodid 6. karbonat 7. sulfit kislotalar
A) 3,4,6,7 B) 2,3,5,6 C) 2,3,4,5 D) 3,4,5,6
26. Qaysi kislota metallar bilan reaksiyaga kirishganda, vodorod ajralib chiqmaydi?
A) H3PO4 B) H2SO4 C) HNO3 D) HCI
27. Nitrat kislota qaysi metall bilan ta’sirlashganda, NO2 gazi ajralib chiqadi?
A) Ba B) Fe C) AI D) Cu
28. Mis-kumush qotishmasini eritish uchun qanday kislotadan foydalanish kerak?
A) xlorid B) nitrat C) bromid D) fosfat
29. Ushbu H-O-C(O)-O-H struktur formulaga ega bo‘lgan moddani aniqlang.
A) karbonat kislota B) chumoli kislota
C) oksalat kislota D) etilenglikol
30. Uchta probirkada nomlari yozilmagan HCI, H2SO4, HNO3 kislotalar eritmalari berilgan. Xlorid kislotani qaysi reaktiv yordamida aniqlash mumkin?
A) bariy xlorid B) natriy gidroksid
C) kumush nitrat D) kalsiy gidroksid
31. Qaysi kislota kuchli ftorid kislotami yoki xlorid kislotami? Nima uchun?
A) xlorid kislota kuchli. Chunki xlor atomining radiusi ftor atominikidan katta. Shu sababli manfiy zaryadga ega bo‘lgan xlorid ionlari o‘ziga vodorod ionlarini ftorid ionlariga nisbatan kuchliroq tortadi.
B) xlorid kislota kuchli. Chunki ftor atomining radiusi xlor atominikidan ancha kichik. SHu sababli manfiy zaryadga ega bo‘lgan ftorid ionlari o‘ziga vodorod ionlarini xlorid ionlariga qaraganda kuchliroq tortadi.
C) ftorid kislota kuchli. CHunki ftor atomining radiusi xlor atominikidan kichik. SHu sababli manfiy zaryadli ftorid ionlari o‘ziga vodorod ionlarini xlorid ionlariga qaraganda kuchsizroq tortadi.
D) ftorid kislota kuchli. CHunki ftorid ionining radiusi xlorid ionikidan ancha katta. SHu sababli ftorid ionlari o‘ziga vodorod ionlarini xlorid ionlariga nisbatan kuchliroq tortadi.
32. Quyidagi HF→HCI→HBr→HI qator bo‘yicha kislotalarning kuchi qanday tartibda o‘zgaradi?
A) kamayadi B) o‘zgarmaydi C) o‘zgaradi
D) ortadi
33. Ortofosfat kislotaga qanday tavsif to‘g‘ri keladi?
A) kuchli elektrolit B) o‘rtacha kuchli elektrolit
C) kuchsiz elektrolit D) suvda erimaydi
34. Suyultirilgan sulfat kislota tayyorlash uchun konsentrlangan kislota suvga quyiladi. Bunda teskari amalni bajarish ruxsat etilmaydi, chunki...
A) yong‘in sodir bo‘lishi mumkin
B) zaharli gaz mahsulotlar hosil bo‘lishi mumkin
C) suv parchalanishi mumkin
D) katta miqdorda issiqlik ajralib chiqishi natijasida eritma sachrab ketishi mumkin
35. HCIO→HCIO2→HCIO3→HCIO4 qatorida kislotalar kuchi qanday o‘zgaradi?
A) kuchayadi B) kamayadi C) o‘zgarmaydi
D) kislotalar konsentratsiyasiga bog‘liq
36. Quyida keltirilganlardan metafosfat kislotani ko‘rsating.
A) H3PO4 B) HPO3 C) H2P2O6 D) H4P2O7
37. Qaysi kislota indikatorlarning rangini o‘zgartira olmaydi?
A) vodorod ftorid B) silikat kislota
C) karbonat kislota D) sirka kislota
38. HOCI—HCIO2---HCIO3---HCIO4 qatorida birikmalarning barqarorligi, oksidlovchi xossalari va kislotali xossalari qanday o‘zgaradi?
A) ortadi, kamayadi, kuchayadi
B) o‘zgarmaydi, ortadi, kamayadi
C) kamayadi, o‘zgarmaydi, o‘zgarmaydi
D) ortadi, ortadi, kuchayadi
39. Quyidagi moddalarning qaysilari suvda eriganda, kislota hosil bo‘ladi?
1) natriy xlorid 2) kalsiy oksid 3) ammiak
4) vodorod xlorid 5) etanol 6) vodorod sulfid
A) 4 va 6 B) 1 va 3 C) 2 va 6 D) 3 va 5
40. Sulfat va perxlorat kislotalarning tegishli angidridlarininig formulalarini ko‘rsating.
A) oltingugurt(IV) oksid va xlor(I) oksid
B) oltingugurt(VI) oksid va xlor(VII) oksid
C) oltingugurt(VI) oksid va xlor(VI) oksid
D) oltingugurt(IV) oksid va xlor(VII) oksid
41. Xrom(VI) oksid va xlor(VII) oksidga muvofiq keladigan kislotalarni aniqlang.
A) xromat va xlorat kislotalar
B) bixromat kislota va xlorit kislota
C) xromat kislota va perxlorat kislota
D) xromit va perxlorat kislotalar
42. Raqamlangan probirkalarga: 1) natriy nitrat
2) soda 3) kaliy xlorid 4) potash 5) natriy sulfit 6) kaliy sulfat eritmalari solingan. Ularning har biriga xlorid kislota eritmasi tomizilsa, qaysi probirkalarda gaz ajralib chiqadi?
A) 2 va 5 B) 2,5 va 6 C) 1,2 va 3 D) 2,4,5
43. O‘ta suyultirilgan HNO3 magniy metalli bilan reaksiyaga kirishganda, azotning oksidlanish darajasi nechagacha qaytariladi?
A) +4 B) +3 C) +2 D) +1
44. Ushbu qatorda H2SO3-H2SeO3-H2TeO3 kislotalarning kuchi qanday o‘zgaradi?
A) kamayadi B) ortadi C) o‘zgarmaydi
D) maksimumdan o‘tadi
45. Qaysi konsentrlangan kislota qizdirilganda HCI ishtirokida oltinni eritadi?
1) HNO3 2) HCI 3) H2SO4 4) H2SeO4 5) H2TeO4
A) 1 B) 2,4 C) 1,3 D) 3
46. Oksidlovchilik xossasi yuqori bo‘lgan kislotani aniqlang.
A) xlorit kislota B) xlorat kislota
C) perxlorat kislota D) gipoxlorit kislota
47. Quyida keltirilgan moddalarda sanab o‘tilgan xususiyatlarning qanday o‘zgarishini ko‘rsating.
HCIO, HCIO2, HCIO3, HCIO4
1) kislota kuchi 2) turg‘unligi
3) oksidlovchilik aktivligi
A) kuchayadi, pasayadi, pasayadi
B) kuchayadi, ortadi, pasayadi
C) pasayadi, pasayadi, ortadi
D) kuchayadi, o‘zgarmaydi, pasayadi
48. Taklif etilgan moddalarni kislotali xossasi ortib borish tartibida joylashtiring.
1) perxlorat kislota 2) xlorit ki slota
3) xlorat kislota 4) gipoxlorit kislota
A) 1,3,2,4 B) 2,1,4,3 C) 1,2,3,4 D) 4,2,3,1
49. Xlorid va sulfat kislotalarni bir-biridan farqlash imkonini beradigan moddani tanlang.
A) kumush B) bariy nitrat C) kalsiy xlorid D) rux
50. Konsentrlangan sulfat kislota bilan temir(II) xloridning 12,7 g miqdori o‘rtasidagi reaksiya natijasida hosil bo‘lgan gaz mahsulotining hajmini (l) hisoblang.
A) 2,24 B) 4,48 C) 5,6 D) 11,2