Qizlar: Hissiyotli, ko’ngli bo’sh, kayfiyati o’zgaruvchan, mehnatkash, orasta, o’ychan, oqko’ngil, Siz bilan gaplashib tursa ham bir ko’zlariga boqsangiz hayollari qayoqlardadir uchib yurganini ko’rasiz, mehribon, boshqalar uchun g’alati tuyilgan narsa ular uchun oddiy narsa, yoki boshqalar uchun oddiy ko’ringan narsa u uchun chuqur ma’noli sirli tuyiladi. Maslahatlarni eshitib turadida borib baribir o’zi bilganini qiladi. Lekin ko’pincha ularning qarorlari to’g’ri chiqadi. yaqinlarini haqida qayg’uradi, ularni asraydi, tadbir, kechalarni yoqtiradi, sadoqatli, to’g’riso’zlikni qadrlaydi, erkinlik istaydi. 6 Umumiy ta’rif:
Bu raqamdagi shaxslar ishonchli, ochiq, samimiy, to’g’riso’z. Atrofdagilarda o’zlariga nisbatan hurmat qozonishni, nom orttirishni, e’tibor qaratishni juda istashadi. Do’stlari orasida bir-birini tushunish, qadrlashni saqlab ularning hayotini yaxshilashga harakat qilishadi. Optimist, o’jar, romantik shaxslar, ularning qiziqishi ko’pincha oila va uy bilan bog’liq. Yaxshi did sohiblari, odamlar bilan tez chiqishib,kelishib ketishadi. Unchalik harakatchan emaslar, oilaviy sokinlikni istashadi. Ba’zi yomon tarafi dangasalik bo’lishi mumkin. Hislaringizni kamroq yashiring. Bu omadli raqam.
Ularga maslahat:
Sizga berilgan vazifani bajarasiz, ishonchni oqlaysiz, bu ajoyib. Biroq, bu bilan to’xtab qolmang. Sizni yanayam yuqori cho’qqilar, yuksak martabalar kutmoqda. Olg’a! Yigitlar: Ishonchli, mehnatkash, barqaror munosabatlarga intiladi. Ko’ngli nozik, olishdan ko’ra berishni ma’qul ko’radi. Qalbi ochiq, sadoqatli, hurmat qiladi va hurmat istaydi, Oyijonisiga juda bog’langan, oila va uy u uchun eng asosiysi, salga arazlaydi, tanqidni esa ko’tarolmay qattiq xafa bo’ladi, atrofdagilarga ham o’ziga ham juda talabchan, boshqalarni kamchiligini kechirib, yaxshi tomonini qadrlang, bunday insonlar sevsa ham borlig’i bilan butun vujudi bilan mantiqni surib sevishadi. Qizlar: Hayotning har qanday sinovini boshini mag’rur tutib yenga oladi. Yuzaki qaraganingizda juda sovuq, og’ir-bosiq, ajralib yurishni ma’qul ko’radigandek ko’rinsada, aslida, bu qattiq qobiq ostida ko’ngli nozik, hissiyotli inson yashiringan. Ular yoshligida soda, samimiy, tortinchoq bo’lishadi. Yoshi ulg’aygan sari ko’p fikrlaydigan, faqat aql bilan ish tutadigan bo’lishadi. Orzumand, fantaziyasi boy. Tortinchoq, yumshoq fe’lli, samimiy bo’lishi mumkin. Tushunish, mehr, himoya istaydi. Achchig’i burni ustida turadi. Yaqinlari va oilasini asrab-avaylaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |