Ularga maslahat:
Sizga hamfikrli shaxslar, do’stlar kerak. Ammo bunday insonlarni tanlashingizda hissiyot bilan emas balki ko’proq aql bilan ish yuriting. Biroq hislaringizni yashirmang! Tinchliksevarlik hislatingizni sira yo’qotmang. Kelajagingiz porloq, omad!
Yigitlar: Ular davrani , suhbatlashishni juda yaxshi ko’rishadi. Ishonuvchan, boshqalarni ham ishontira olishadi. Boshqalarni hislari uchun qalblari ochiq, aqllari esa atrofdagilarni qabul qilish tayyor. Boshqalarni muammolari bilan yashashadi, atrofdagi o’zgarishlarga tez ko’nikishadi. Go’zallik va iffatni qadrlashadi. Hislari bilan yashashadi. Mehribon, sadoqatli bo’lishi mumkin, ammo talabchan, o’jar, humkronlik qilishga intilishi, rashkchi ham bo’lishi mumkin. Ular bilan munosabatda eng asosiysi shoshilmaslik. Munosabatlar og’ir, tashvishli, chalkash bo’la boshlasa, ular o’zlariga ketib qolishadi ya’ni o’z hayoliy dunyosiga yopinib olishadi. E’tiborni torta oladigan, chuqur his qiladigan, ishontira oladigan shaxs bo’lishi mumkin. O’zlariga o’xshagan ya’ni aynan qiziqishlari bir xil, sadoqatli, aql bilan ish yuritadigan va doim yonida bo’la oladigan insonlarni izlashadi.
Qizlar: Ajoyib suhbatdosh, go’zal, ularni aslida qanaqa ekanligini yanada yaqinroq tanishib bilish mumkin. Muammolarni va oradagi munosabatlarni aniqlashtirishni yomon ko’rishadi. Ular o’zgaruvchandir. Munosabatlar qancha ochiq, orada ishonch qancha kuchli bo’lsa, o’zlarini shunchalik baxtiyor his etishadi. O’ziga nisbatan o’jarlikni ko’tarmaydi. Hissiyotlari ham yuzaki ham chuqur bo’lishi, bir xil va birdan o’zgarib qolish hislatiga ega. Ular bilan munosabatda eng asosiysi shoshilmaslik. Boshqalarning
his-tuyg’uоророрa ojizlar. Ba’zan uzoq falsafiy suhbatlardan ko’ra sovg’alar va qulaylikni afzal bilishadi. Ko’rsatilayotgan e’tiborlarni, gullarni, sovg’alarni qabul qilib yurishi, keyin birdan fikrini o’zgartirib oradagi munosabatlarni to’xtatishi mumkin.
3 Umumiy ta’rif:
Bu raqamdagi shaxslar boshqalardan tezroq o’z xarakterlarini namoyon etishadi. Ular yangi bilimlarni tez o’zlashtirishadi, ba’zan juda yoshligida. Siz o’tkir va sezgir aql sohibisiz. Talantli insonsiz ammo, o’zingizni oldingizga qo’ygan maqsadga erishish yo’lda faqat oson yo’l va foydani izlasangiz yuqori cho’qqilarga erisholmay qolishingiz mumkin. Harakatchan, hayotga o’ta jiddiy qaramaydigan, qobiliyatli, o’ziga talabchan insonlar. Har qanday sohani gullatishadi. Ular g’ururli, erkin insondirlar. Buyruq berishni, atrofdagi hosidalarni boshqarib turishni yaxshi ko’rishadi. Sizga ishonish mumkin, Siz yaxshi ishchi, do’st , insonsiz. Qiziqishlaringiz, intilishlaringiz o’xshash bo’lgan insonlarni izlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |