Yodda tuting
Shahar – hunarmandchilik va savdo-sotiq markazi bo 'Igan yirik aholi manzilgohi.
Shaharlarning vujudga kelishi qishloqning ham keng koiamda bozor bilan bogianishiga olib keldi. Bu esa natural xo`jalikka katta zarba berdi.
Shahar mudofaasi. o`rta asrlarda Yevropada Strasburg, Augsburg, Gamburg, Brandenburg, Sen-Jermen, Oksford, Kembridj, Frankfurt, Bryugge kabi ko`plab shaharlar vujudga keldi.
Shaharliklar va qaroqchilarning hujumlaridan himoyalanish uchun o`zlari yashayotgan hududlar atrofida zovurlar qazib, ko`tarma qilib o`rab olar, ustiga qator qoziqlar qoqardilar. Keyinchalik bu istehkomlar g`isht devorlar bilan almashtirilgan. Shaharga kelayotgan yoiovchiga uzoqdanoq shaharning devorlari va minoralari yaqqol ko`rinardi. Shaharga osma ko`prikdan o`tib, soqchilar doim hushyorlik bilan qo`riqlab turadigan mustahkam darvozalardangina kirish mumkin edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |