Xalifalikning parchalanishi. IX asr oxiri - X asr boshlaridan boshlab Arab xalifaligining zaiflashish jarayoni tobora kuchaygan. Buning asosiy sababi qaram xalqlarning mustaqillik uchun kurashining avj olgani edi. Bu kurashga mahalliy hukmron tabaqalar boshchilik qilgan. Ulardan eng nufuzlilari o`zlarining sulolalarini vujudga keltira boshlaganlar. Oqibatda xalifalik parchalanib, birin-ketin mustaqil davlatlar qaror topgan. Shulardan biri Mova-rounnahrdagi Somoniylar davlati edi.
1055- yilda saljuqiy turklar xalifalik poytaxti Bag`dod shahrini bosib oldi. Shu tariqa Arab xalifaligi amalda barham topdi.
Abbosiy xalifa qo`lida diniy hokimiyatgina qoldirildi, xolos. 1258-yilda mo`g`ullar istilosi oqibatida xalifaning diniy hokimiyati ham inqirozga yuz tutdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |